Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
33 Har sori tamoshog‘akim, ul sho‘x qilur azm, Io‘q anga tamoshoki, erur elga tamosho. Davron sanga zulm etsa, qadahlar to‘la may ich, Qon yutsang ayog‘lar to‘la davrong‘a ne parvo. Ul sho‘xki maydon aro ko‘rganga solur tiyg‘, Ko‘rmasga solur, yetsa Navoiy sari amdo. 36 May birla yuzung tim-tim ahmarmu ekin oyo, Yo shu’la aro bir-bir ahgarmu ekin oyo? Har sari qulog‘ingda gavharmu ekin yoxud Har jonibida oyning axtarmu ekin oyo? Ruxsoring uza xaydin yuz qatraki ko‘rguzdung, Gul bargida shabnamdin gavharmu ekin oyo? G‘uncha ichida davron muhkam tikan urg‘andek, Ko‘nglum aro g‘amzangdin xanjarmu ekin oyo? Ko‘nglum qushikim qolmish zulfung aro sargardon, Savdo tunida soyir shapparmu ekin oyo? Zulf ichra yuzi yanglig‘ ofoqni kuydurgan, Ohim tutuni ichra ozarmu ekin oyo? Hijrondamu ul mahvash ag‘yorg‘a moyildur Ye zahri firoq ichra nishtarmu ekin oyo? Jon pardasida har yonkim, yangi tuganlardur, Qatlimg‘a falak tuzgan mahzarmu ekin oyo? El desa Navoiynikim, javr ila tark etti Ishqingni, sanga bu so‘z bovarmu ekin oyo? 37 Zor jismimg‘a hadanging zahmidin ortar navo Sozdekkim, teshsalar ani fuzun aylar sado. Qaddi hajrinda g‘amim sham’ini har devorg‘a Kim, tayabmen saru andomi bila bo‘lmish qaro. G‘unchang anfosi nasimi zavraqi jon qasdig‘a Yetkurur har dam adam daryosidin mavji fano. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 34 Orzuyi vaslidin ranjur erur munglug‘ ko‘ngul, Qut uchun tazvir ila bemor bo‘lg‘andek gado. Nega yig‘lab anbarin zulfin kesar hijron tuni, O‘lmagimni anglabon gar sham’ tutmaydur azo. Hajr dardin ko‘ngluma kam qildi xoling oqibat, Dog‘ emish dardi shaloyin xastag‘a oxir davo. Ruhparvardur Navoiy ohi ul yuz shavqidin Ul sifatkim, lolau gul yuzidin kelgay sabo. 38 Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo, Aylamas to‘tiy takallum shakkaristondin judo. Ul quyosh hajrinda qo‘rqarmen falakni o‘rtagay Har sharorekim, bo‘lur bu o‘tlug‘ afg‘ondin judo. Dema, hijronimda chekmaysen fig‘onu nola ko‘p, Jism aylarmu fig‘on bo‘lg‘an nafas jondin judo? Hajr o‘lumdin talx emish, mundin so‘ng, ey gardun, meni Aylagil jondin judo, qilg‘uncha jonondin judo. Bo‘lsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag‘il Yorni mendin judo yoxud meni andin judo. Vasl aro parvona o‘rtandi hamono bildikim, Qilg‘udekdur subh ani sham’i shabistondin judo. Bir eyasiz it bo‘lub erdi Navoiy yorsiz, Bo‘lmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo. 39 Mahvasho, sarvqado, lolaruxo, siymtano. Chorakim, qolmadi sabrim g‘ami hajringda yano. Axtari sa’d seningdekki tug‘uptur go‘yiy Kim, quyosh erdi otavu to‘lun oy erdi ono. Gar falak sayridur istar seni aylab taku dav, Var malak zikrin eshitsang sanga der madhu sano. Uyla ishqing mayi labtashnasimenkim, ichman Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 35 Oz debon, bodam uchun bo‘lsa falak jomi ino. Ishq mehnatlari tarkini buyurmang mangakim, Mujibi sihhatu quvvatdurur ul ranju ano. Xonaqoh ichra erur shayxu o‘zin ko‘rsatmak, Ey xusho, mug‘bachalar jilvasiyu dayri fano. Juz Navoiy borig‘a jomi karomat tuttung, Ayyuhas-soqiy, min-ul-ka’si fano ayna-ul-ano? Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling