Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Jonim labing shahidi ekanga tonug‘ durur
Har ol rishta qong‘a bo‘yalg‘an kafan aro. 
Bulbul ne kuymasunki, bir o‘t yoqti qasdig‘a
Har otashin gul ushbu vafosiz chaman aro. 
Ko‘rdung Navoiy ul sari zulf uzra yuz shikan,
Ko‘r emdi yuz shikasta ko‘ngul har shikan aro. 
22 
Ikki barmog‘ birla tuttum la’lin ul ruxsor aro,
Uylakim bulbul tutar gul yafrog‘in minqor aro. 
Xatda ruxsoring su erkinmu yoshung‘an sabzada,
Yo‘qsa ko‘zgudurki, qolmish har taraf zangor aro. 
Ko‘hi g‘am tortarg‘a xasdek jism ila bel bog‘ladim, 
Ostig‘a qolmishmen andog‘kim samon devor aro. 
May dema qushlar qanotining yelidin bo‘lg‘usi
Naxli qadding moyil o‘lmoq har taraf raftor aro. 
Shakkari la’li xayolidin sarosar mo‘rdurur.
Sochida ermas tugun uzra tugun har tor aro. 
Kofiri ishq o‘lg‘an avlo demasa iymon so‘zin,
Xo‘b emas tasbih tori rishtayi zunnor aro. 
Vusma uzra zarvaraqliq ikki qoshing yuz uza,
Jilvagar bo‘lg‘an iki tovus erur gulzor aro. 
Qomatim gullar ochilg‘an bir tikan shoxi durur,
To‘lg‘ali paykonlaring qonlig‘ tani afgor aro. 
Gulshan ichra chun butar gul, sho‘ra yerdin sho‘razor,
G‘ayri g‘adr ahli ne bo‘lg‘ay olami g‘addor aro. 
Davr eli bedodidin gar maxlas istarsen, mudom
Kup ayog‘idin bosh olma kulbayi xammor aro. 
Haq tilar bo‘lsang Navoiy silk dunyodin etak
Ishqing o‘lsa pok, o‘zni qo‘yma bu murdor aro. 
23 
Ko‘nglum o‘rtansun agar g‘ayringg‘a parvo aylasa,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
Har ko‘ngul hamkim sening shavqungni paydo aylasa. 
Har kishi vaslin tamanno aylasam navmid o‘lay,
Har kishi hamkim sening vasling tamanno aylasa. 
O‘zgalar husnin tamosho aylasam chiqsun ko‘zum,
O‘zga bir ko‘z hamki husnungni tamosho aylasa. 
G‘ayr zikrin oshkoro qilsa lol o‘lsun tilim,
Qaysi bir til hamki zikring oshkoro aylasa. 
Rashkdin jonimg‘a har nargis ko‘zi bir shu’ladur,
Bog‘ aro nogax xirom ul sarvi ra’no aylasa. 
Yo‘q og‘izdin nukta aytur mahvashimdek bo‘lmag‘ay,
Gar quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa. 
Ofiyat jonimg‘a yetti, ey xush ul mug‘kim, meni
Bir qadah birla xarobot ichra rasvo aylasa. 
Kelturung daf’i jununumg‘a pariyxon, yo‘q tabib
Kim ul ansabdur pari har kimni shaydo aylasa. 
Subhdek bir damda gardun qo‘ymag‘ay osorini,
Nogah ahli sidq ko‘ngli mehrin ifsho aylasa. 
Dahr sho‘xig‘a, Navoiy, sayd bo‘lma nechakim,
Kun uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa. 
24 
Erur ishq ahli go‘ristoniyu yuz ming mazor anda,
Fano shahriyu lavhu miyldin toqu manor anda. 
Ajab shahreki uy go‘r o‘lg‘ayu sukkoni jonsiz tan,
Muoshir motamiylar, navha ahli nag‘magor anda. 
Ko‘ngullar toza-toza dog‘ ila qon ichra aylang‘an,
Ko‘rarsen loladin gah-gah guzar qilsang bahor anda. 
Giyoh ermaski ishq ahli shahidi bag‘rig‘a qong‘on, 
Bo‘luptur barcha zahrolud nishtar oshkor anda. 
Magar tavsan minib, sanchib etak, tortib qilich har dam,
Ulus qatlig‘a javlon qilmish ul chobuksuvor anda. 
Bu o‘lganlarga umri Xizr bergay, gar yana nogah,
Masihim obi hayvon yanglig‘ etsa bir guzor anda. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling