Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
31 32 Davr el sog‘arini qildi mayi nob to‘la, Juz mening eski safolimniki, xunob to‘la. Jomi maydek to‘la qon bo‘ldi ichim bermay dast, YoYer bazmi aro ber jomi mayi nob to‘la. Vahki, har kirpigi bir nishtar erur zahrolud, Garchi bor ul iki nargisda shakarxob to‘la. Jolalar tushtimu gul bargi aro, yoxud erur, Huqqayi la’ling ichinda duri serob-to‘la. Orazing aksi durur ko‘zdagi yosh evruladur, Bog‘i jannat gulidin bo‘ldi bu girdob to‘la. Menu mug‘ dayri aro mug‘bacha boshida g‘ulu, Senu zuhd ahli bila masjidu mehrob to‘la. Ey Navoiy, necha oz-ozg‘ina may madrasada, Dayr aro kirki, ichar shayx to‘la, shob to‘la. 33 Oncha davron birla ko‘rdum ahli davrondin jafo Kim, ko‘zumga to‘tiyodek bo‘ldi jonondin jafo. Bu jafo daf’in ne yanglig‘ aylagaymenkim, yetar Aylasam kimdin jafo man’in tama’, andin jafo. Ming jafo har lahza ko‘rsam, bir taraf, ul bir taraf Kim, yetar jonon uchun jonimg‘a hijrondin jafo. Sayddekkim, chargada yuzlansa har yon kelgay-o‘q, Ahli davrondin kelur ko‘nglumga har yondin jafo. Gar ko‘ngul ul zulfdin ko‘rsa jafo, vah, ne ajab, Chun ko‘rar ushbu siyahro‘zi parishondin jafo. Angla, jonokim, jafo qilmoqqa topqung yo‘q kishi, Men jafokashga nedinkim o‘tti imkondin jafo. Kechalar ul oy jafosidinki afg‘on tortaram, Ul xud ortuqroq chekar har tun bu afg‘ondin jafo. Ne musulmonlig‘ bo‘lur ushbuki, davron boshima Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 32 Yetkurur har dam yana bir nomusulmondin jafo. Ey Navoiy, borg‘ali jonon sari jonim, yetar Jong‘a jonondin jafo, men xastag‘a jondin jafo. 34 Gul uzra xatti mushkin birla to qilding raqam paydo, Manga jon safhasida bo‘ldi yuz xatti alam paydo. Tuganlar ko‘nglum ichra lazzati dardingni bildurdi, Tana’’um dast bermas kimsaga, bo‘lmay diram paydo. Shafaqgun yuz hiloliy qosh ila to jilvagar bo‘ldung, Ko‘zumda bo‘ldi qon zohir, qadimda bo‘ldi xam paydo. Samad qilg‘ach zuhur ul nav’kim asnom o‘lur ma’dum, Bo‘lur butlar bari mabhut, bo‘lg‘ach ul sanam paydo. Chu aylar jilvayi husn ul pariy ushshoq aro, netgay Yuzin yoshurmasa bo‘lg‘an zamon men telba ham paydo. Ne muhlik vodiy ermish ishq dashtikim, kishi anda Qadam urg‘an dam-o‘q ko‘zga bo‘lur mulki adam paydo. Qo‘yung yig‘layki ko‘nglumning g‘ubori pastroq bo‘lsun Ki, man’i gard etar nogah havoda bo‘lsa nam paydo. Oqizg‘il boda selobini, ey soqiyki, hijrondin Ko‘ngul dashtida bo‘lmish korvoni dardu g‘am paydo. Navoiyni chu so‘rdung, ey pari, bir dam tavaqquf qil Ki, ul majnun bo‘lur sahro yuzidin dam-badam paydo. 35 Bo‘lsa ikimizning yuzi aksi suda paydo, Ul su ne taraf borsa, ochilg‘ay guli ra’no. Zulfung g‘ami ko‘nglumni beling fikriga soldi, Ko‘rkim, ne taxayyulg‘a soliptur ani savdo. G‘avg‘o qilur el mahvashlar ko‘yida, lekin Mahvashlar ishi qilmoq aning ko‘yida g‘avg‘o. Ahvolima Farhod ila Majnung‘a taajjub, Ishq etti xirad ahli qoshida meni rasvo. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling