Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


BYe HARFINING BALOLARINING BIDOYaTI «G‘AROYIB»DIN


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

BYe HARFINING BALOLARINING BIDOYaTI «G‘AROYIB»DIN 
40 
Zihe visolingga tolib tutub o‘zin matlub,
Muhabbatidin otingni habib atab mahbub. 
Urujung aqshomi bo‘lmay to‘quz sipehr hijob,
Yuzung xijolatidin mehr o‘lub vale mahjub. 
O‘t ichra tushsa bo‘lur nisbati samandardek 
Kishiki, ishqing o‘tig‘a o‘zin qilib mansub. 
Iting hisobig‘a kirgan hisob vaqtida, 
Agarchi jurmi erur behisob, emas mahsub. 
Kitobat etmaganingdin qalamda nol ermas
Ki, tushti ko‘ngli aro tob uylakim maktub. 
Libosi motam aro qoldi to abad soya 
Ki, mehridin nega yoningda bo‘lmadi mashub. 
Muti’i amring agar podishoh, agar soyil,
Gadoyi xoning agar hushmand, agar majzub. 
Ajab yo‘q olsa ko‘ngul hushin ul iki gesu, 
Bu bo‘lsa silsila, ko‘p telbani qilur mag‘lub. 
Tilasa ravzani zohid, Navoiyyu ko‘yung 
Ki, har kishi ani istarki, bor anga marg‘ub. 
41 
Ikki o‘tlug‘ nargisingkim, qildilar bag‘rim kabob 
Biridur ayni xumor ichinda, biri masti xob. 
Tiyg‘ tortib dam ola olmay yetishting boshima,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
Go‘yiyo xurshid yanglig‘ yo‘lda ko‘rguzdung shitob. 
Ofarinish baski ahvolimg‘a yig‘lar har kecha,
Ashk daryosi erur gardunu kavkablar hubob. 
Tolpinurmen ashk aro har damki tishlar la’lini,
Kim tengizga tushsa, jon vahmidin aylar iztirob. 
Ranju za’fim bo‘lmish andoqkim so‘rar kelgan ulus,
Holim aylarlar suvol, ammo eshitmaslar javob. 
Necha tasbihing hisobi, zohido, ich bodakim, 
Senu mendeklarga xud bu korgahda ne hisob. 
Gar karam daryosining mavji budurkim, chog‘ladim,
Qoni o‘z bo‘ynig‘a, kim ishratdin etsa ijtinob. 
Ich, Navoiy, mayki fahm ettuk tabibi ishqdin,
G‘ussavu g‘am zahrig‘a taryok emish yoquti nob. 
Xossa bazmikim quyosh jomin shafaq rohi bila
Elga tutqay xusravi anjumsipohi Jamjanob. 
42 
Qoshu yuzungni munajjim chunki ko‘rdi beniqob, 
Dedi: ko‘rkim qavs burjidin tug‘uptur oftob. 
Bir labing jon oldi andoqkim, birisi bilmadi,
Emdikim bildi arolarida bordur shakkarob. 
Gar falak qoshing bila bahse hilolidin qilur, 
Bir desa payvasta, jono, eshitur ikki javob. 
Gul kebi yuzungda ter fard etti hushumdin meni,
Garchi behush elga hush uchun muqavviydur gulob. 
Kim sirishkim ko‘rdi ma’lum etti ishqim hosilin,
Dona birla uylakim el naqdini aylar hisob. 
Ne chamandur buki hasrat suyiyu dard o‘tidin 
Parvarish topmish qayu bir guldakim, bor obu tob. 
Gar Navoiyning kuyuk bag‘rida qondur, ne ajab,
Xomso‘z o‘lur yolin uzra tushub kuygan kabob. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling