Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
39 Har kishi bo‘ldi qulung, ul kishidur olam aro shah, Qullaring qurbini kim topsa erur shahg‘a muqarrab. Yuzi vasfida kerak safha vale lavhayi xurshid, Sochi vasfini yozar vaqtda tun dudi murakkab. Yor chun barcha zamon nozir erur holinga, bo‘lg‘il Bori holatda mushohid, bori el birla muaddab. Telbarab ko‘ngli Navoiyning agar arbada aylar, Daf’ig‘a silsilayi zulf ila basdur chahi g‘abg‘ab. 47 Necha bo‘lg‘ay manga hajr ichra tazallum, yo rab? Ayla bu zulm aro holimg‘a tarahhum, yo rab. Va’dayi qatl qilib va’dag‘a qilg‘uncha vafo, Nega men xastani o‘lturdi tavahhum, yo rab? Lablarining kalimotiki, berur jismg‘a ruh, Obi hayvon unidur, yo‘qsa takallum, yo rab. Xoni vaslida o‘kush ne’mat arodur ag‘yor, Ro‘ziy et bizga ham ul nav’ tana’’um, yo rab. Vahki, ko‘nglumni shikof etti kulumsub og‘zi, G‘unchalarni netib ochti bu tabassum, yo rab. Umr chun foniy emish, gar kishi olam shahidur, Chun o‘lar, nevchun etar muncha taazzum, yo rab. Yor qatl etkali ushshoqini yig‘durg‘an emish, Ber bu bazm ichra Navoiyg‘a taqaddum, yo rab. 48 Ey, sanga yuz xo‘bu lab xo‘bu labingdin kulgu xo‘b, Har nekim voqe’ bo‘lur sendin, ko‘zumga asru xo‘b. Deding ul oy vasfin, ey roviy, yana so‘z demagil Xo‘blardinkim, so‘zung erdi bu yerga tegru xo‘b. Xo‘blar qul bo‘ldilar, lekin pariylar qochtilar, Olam ichra odamiy bir sencha bor erkinmu xo‘b. Xo‘blarni arz qildim, qilmadi ko‘nglum pisand, Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 40 Ani ko‘rgach ixtiyori qolmayin dedi bu xo‘b. Vaslida jonimg‘a hajridin ne kelganni deman Kim, farah bazmida zikr etmak emastur qayg‘u xo‘b, Javru lutfu kibru noz andin ko‘ngulga xo‘b erur, Haq azalda zotini oning yaratibdur chu xo‘b. Sof qil xotirki, solg‘ay aks ul yuz yaxshikim, Ko‘rguzur yuzni, qachonkim ravshan o‘ldi ko‘zgu xo‘b. Ey ko‘ngul, borsang ul oy nazzorasig‘a zinhor Ashk birla ko‘zlaringdin g‘ayrining naqshin yuv xo‘b. Xo‘blarni ko‘rmasa sensiz Navoiy qilma ayb Kim, ko‘runmaydur ko‘ziga kimsa sendin ayru xo‘b. 49 Sen labing so‘rg‘an soyi men qon yutarmen, ey habib, Sen may ichqilkim, manga xuni jigar bo‘lmish nasib, Dedilar, ahbob dardig‘a habib aylar davo, Vahki, men kuydum muhabbattin, emas voqif habib. Ko‘yungga kirgach, ko‘ngul qoshingg‘a mayl aylar bale, Go‘shaiy mehrob etar payvasta manzilgah g‘arib. Chehra sarg‘arg‘an soyi ortar ko‘ngulning nolasi, Bor ajab voqi’ xazon faslida nolon andalib. Xos, lillah, sharbatimni zahri qotil birla ez, Chun ish andin o‘ttikim, kelgay Masihim, ey tabib. Necha ul oy mehridin shaydo ko‘ngulni ovutay, Telbaga yolg‘on hikoyat birla bergandek fireb. Mayg‘a rahn o‘lmay fano dayrida tasbihu rido, Piri dayr etmas havola elga zunnoru salib. Nafsing etsa sho‘xlug‘, charx emgagidin qil adab, Tiflni andoqki zajr aylar falak birla adib. Ey Navoiy, zulmidin dermenki ishqin tark etay, To nazardin g‘oyib o‘ldi, yo‘q yana sabru shikeb. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling