Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
45 Jism bog‘ida ravonshakle tasavvur qildi aql, Bo‘stoni husn aro sarvi xiromonin ko‘rub. Shabnam ermas nargis ashkidur nedin qon yig‘lamas, Ko‘z yumub ochquncha gulshan umri poyonin ko‘rub. Charxdin sidq ahli motam ichradur, fahm aylagil, Har sahargah subhning choki giribonin ko‘rub. Nomasindakim ochib solmoq nazar mumkin emas, Chun Navoiy hushi zoyil bo‘ldi unvonin ko‘rub. 58 Ko‘z yoshim bo‘ldi ravon bir nargisi jodu ko‘rub, Tifl yanglig‘kim yugurgay har taraf ohu ko‘rub. Qoldi hayron zohid ashkimda ko‘rub har yon hubob Ro‘stoyiydekki, hayrat aylagay o‘rdu ko‘rub. Jon aro tiyg‘ing ko‘rub ko‘nglum qushi tuzdi navo, To‘tiyodekkim, takallum aylagay ko‘zgu ko‘rub. Vodiyi ishqing makon qildi ko‘ngul ko‘rgach yuzung, El biyobon ichra manzil aylagandek su ko‘rub. Jonda o‘z dog‘in ko‘rub oshiqlig‘imni angladi Ul kishidekkim, tanig‘ay o‘z qulin belgu ko‘rub, Boda tutqach, dema bexud bo‘ldikim ul ko‘zgudin, Bordi hushum yor husni jilvasin o‘tru ko‘rub. Ey Navoiy, daf’ o‘lur holin ko‘rub ko‘hi g‘amim Fil yanglig‘kim, hazimat aylagay hindu ko‘rub. 59 O‘lukni tirguzur la’ling Masihoso kalom aylab Takallum choshniysin sharbati yuhyil-izom aylab. Azalda la’linga sayd etkali ko‘nglum qushin go‘yo Qazo sayyodi jonlar rishtasidin yoydi dom aylab. Chamanda tozalig‘din har quruq shoxe erur Xizriy Magarkim andin o‘tmish obi hayvonim xirom aylab. Agar harf o‘lsa mudg‘am, vahki, xoling nuqta idg‘omin Ayon qildi ko‘zumning mardumi ichra maqom aylab. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 46 Ne bo‘lg‘ay tiyra bo‘lmay ro‘zgorimkim, ochib gesu Qaro shomimni muhlik aylading subhumni shom aylab. G‘araz ul yuzni mastur asramoqdurkim, hakimi sun’ Ulusqa oh etar qismat ani oyinafom aylab. Chu haq dargohidin mardud etar naylarsen, ey zohid, Qabuli xalq uchun ortuqsi toat iltizom aylab. Yoshingni dona, bag‘ringni su qilkim, tutti faqr ahli Hidoyat qushlarin bu donavu su birla rom aylab. Navoiy kunda chun bir qursi maqsum ortmas, ne sud Falakdek bo‘lmog‘ing sargashta tun-kun ehtimom aylab. 60 Qon yoshim yo‘lungda tommaydur ko‘zum giryon bo‘lub, Kim, oyog‘ingg‘a tushubtur ko‘z qorasi qon bo‘lub. G‘unchadek ko‘nglum chekar un, g‘arq o‘lub xunob aro So‘z deganda og‘zing ikki la’l aro pinhon bo‘lub. So‘rsa Majnun ishq dashtida meni, ayt, ey rafiq Kim, quyundek itti bu vodiyda sargardon bo‘lub. Hajri ko‘nglumni buzub, g‘am sayli hamvor etti, voy Kim, asar ham yo‘qtur ul ma’muradin vayron bo‘lub. Tig‘i xud o‘tti suubat ko‘rki muhlik yarasi, Bu zamon boshimg‘a qoliptur baloyi jon bo‘lub. Har zamon og‘zing xayoli sanchilur ko‘nglum aro, Go‘yiyo bu g‘uncha ani zaxm etar paykon bo‘lub. Charx ushshoq ohi o‘qidin magar vahm etdikim, Qubba qildi mehrini o‘z hay’ati qalqon bo‘lub. Hashr xurshidig‘a moni fikr qilmassen, ne sud, Atlasi gardun saropardangg‘a shodurvon bo‘lub. Ey Navoiy, foniy ul yor istasangkim, xo‘b emas, Jonni sevmaklik bahona o‘rtada jonon bo‘lub. 61 Kimsa yori birla xushtur g‘am deyishib mungrashib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling