Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
- Bu sahifa navigatsiya:
- SYe HARFINING SAMIN GAVHARLARINING SAMARASI «G‘AROYIB»DIN 89
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 Hajridin toki ko‘ngul sindi oqar turmay qon, Shishadekkim, to‘kulur bodasi chun topti shikast. Din havas aylasam, o‘lturmangiz, ey mug‘bachalar Kim, burun tavba ushatqan kuni bo‘lmishmen mast. Menu mayxonaki soqiyu mug‘anniy qilmish Chang zulfiyu tarab, sog‘ariy birla pobast. Joh bazmi aro sarkashlik ila topma g‘urur Kim, bo‘lur buyla biyiklar yana bir jom ila past. Yo‘q harifeki, fano dashtida qo‘llar tutushib, Bo‘lsa yo‘l qat’ida hampoy mangavu hamdast. Meni usruk ko‘rubon jomim ushatma, ey shayx Kim, bu yanglig‘ meni mast etgan erur jomi alast. Sayldin tomg‘a nishast o‘lg‘anidek, dayr ichra Boda saylobidin o‘ldi meni vayrong‘a nishast. G‘arqi may bo‘ldi Navoiyu erur uyla zaif Kim, surohiy qilidin solsa bo‘lur bo‘g‘zig‘a shast. SYe HARFINING SAMIN GAVHARLARINING SAMARASI «G‘AROYIB»DIN 89 Qachonki ul buti shirin kalom qildi hadis, Xavose sharbati yuhyil-izom qildi hadis. Masih dam ura olmas anga uruj tuni, Magar bizing mahi ulviy xirom qildi hadis. Qayonki yozdi hadis, o‘ldi sayd el go‘yo Nuqtani dona, xututini dom qildi hadis. Labidin ayru tushub so‘g uchun kitobatdin, Ne tong, libosin agar mushkfom qildi hadis. Chibinni shahd nechukkim yig‘ar, takallumdin Ramidalarni nafas ichra rom qildi hadis. Zihe takallumi mu’jiznizomkim, kelgach, Arab fasihlarig‘a harom qildi hadis. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 62 Ulusni tutti Navoiy so‘zi aning birla, Magar Rasuli alayhissalom qildi hadis. 90 Nutqi jon bermak qilur ul la’li xandon birla bahs, Rost Isodekki qilg‘ay obi hayvon birla bahs. Yor derkim, bahs qil ernim bilakim, ne uchun Ko‘nglung olib qasdi jon etti qilay jon birla bahs. Ey ko‘ngul, gar aql etar man’i jununim ne jadal, Ayb erurkim, ahli donish qilsa nodon birla bahs. Jonni jonon gar tilar, billahki, minnat jong‘adur, Har nechuk hukm etsa, tegmas jong‘a jonon birla bahs. Nosiho, qilma jadal, ayril kiyiklardin debon, Olimi shahr etmagay g‘uli biyobon birla bahs. Faqr ko‘yida musallam tut ne qilsang istimo’, Orif ermas har kishikim qilsa irfon birla bahs. Ey Navoiy, har nechuk zulm etsa, chek, dam urmag‘il Kim, gado haddi emas hech ishda sulton birla bahs. 91 Mening jununuma gar ul pariy erur bois, Halokima qad ila paykari erur bois. Dema nedin kuyasenkim, aning yuzu labidin Bu ishga shu’la bila ahgari erur bois. Ko‘ngul qushi tunu kun mulki boxtar sari Havo qilurg‘a mahi xovariy erur bois. Mangaki, g‘amzasidin o‘lmisham, hayoti abad Xayolig‘a labi jonparvari erur bois. Chamanda bulbul etar shavq nuktasin takror Ki, gul varaqlarining daftari erur bois. Ul oy firoqida ashkim oqarg‘a shomu sahar, Tulu’i Zuhra bila Mushtariy erur bois. Ko‘ngulni choku bag‘irni shikof istarima Aning qilichi bila xanjari erur bois. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 63 Hamesha dayr ichida bo‘lmog‘img‘a mug‘bachalar Karashmasiyu fano sog‘ari erur bois. Navoiy o‘lmasig‘a ozimi Iroqu Hijoz Magar nazohati mulki Hiriy erur bois. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling