Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


ChIM HARFINING ChOBUKLARINING ChYeHRAGUShOYLIG‘I «G‘AROYIB»DIN


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

 
ChIM HARFINING ChOBUKLARINING ChYeHRAGUShOYLIG‘I «G‘AROYIB»DIN 
96 
Ko‘ngullar nolasi zulfung kamandin nogahon ko‘rgach,
Erur andoqki, qushlar qichqirishqaylar yilon ko‘rgach 
Ko‘ngul chokin ko‘zumda ashki rangin elga fosh etti,
Balig‘ zaxmini fahm aylarlar el daryoda qon ko‘rgach. 
Ko‘zum qon yosh to‘kar, netib ko‘ngul zaxmin yashuraykim,
Toparlar yerda zaxmin sayd qonidin nishon ko‘rgach. 
Bo‘yolg‘an qon aro jon pardasi yetkach g‘ami hajring,
Ko‘ngul bog‘ida bargedurki, ol o‘lmish, xazon ko‘rgach. 
Xadangging zaxmi ichindin balolarni yug‘an yoshim,
Erur tifleki, olg‘ay qush bolasin oshyon ko‘rgach. 
Ko‘ngullar naqdini toroj etarga yopmog‘ing burqa’
Aningdekdurki, yuz bog‘lar qaraqchi korvon ko‘rgach. 
Yuzin zulf ichra to ko‘rdum o‘lub vaslig‘a yetmasmen,
G‘alat ermish yuz urmoq, kecha o‘tni har qayon ko‘rgach. 
Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi ot boqiy,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
Bas el komin ravo ayla o‘zungni komron ko‘rgach. 
Navoiy, xurdai nazmingni andoq aylading tahrir
Ki, sochqan xurda boshing uzra shohi xurdadon ko‘rgach. 
97 
Jamolin vasf etarmen hamdamim ul gul’uzor o‘lg‘ach,
Quruq shox uylakim zohir qilur gullar, bahor o‘lg‘ach. 
Qoshin ko‘rgach hasaddin istaram el ko‘zi bog‘lang‘ay,
Nechukkim ko‘z tutarlar el yangi oy oshkor o‘lg‘ach. 
Junun ermas kiyiklar suhbati dermen manga shoyad,
Bir o‘q tekkay g‘alat, ul qoshi yo garmshikor o‘lg‘ach. 
Havas ishq aylagan ozoda, kechqil bu xayolingdin 
Ki, chiqmas bu tikan ko‘nglungda nogah ustuvor o‘lg‘ach. 
Deyolmas dard ila ittim, vale bilgilki, chekmishmen,
Bir ohe barcha olam g‘ussa dudi birla tor o‘lg‘ach. 
Qilib man’i jununum ul pariy ko‘yiga yuzlangan
So‘zi hashv erkanin fahm aylagay, beixtiyor o‘lg‘ach. 
Qani Hotam, qani Qorun, qani Jamshidu Afridun?
Bas ehson qil sanga gardundin adno e’tibor o‘lg‘ach. 
G‘ururi jahl jomi birla mast o‘lmaki, o‘lmakdur,
Maozallah, bu mayg‘a charx davridin xumor o‘lg‘ach. 
Navoiy sham’dek yig‘lab, kuyub holimni sharh aylay,
Ul oy bazmida bir tun rost oshiqlarg‘a bor o‘lg‘ach. 
98 
Husni ortar yuzda zulfin anbar afshon aylagach,
Sham’ ravshanroq bo‘lur torin parishon aylagach. 
Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,
Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach? 
Tiyg‘ ila paykonlaring yetti ko‘ngul bo‘lg‘och xarob,
Suv quyub tuxm ekting, ul kishvarni vayron aylagach. 
Qon emaskim yopti gulgun hulla jannat xozini,
Ishq maqtulin shahid aylarda uryon aylagach. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling