Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
84
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 59 Ey nasimi subh, ahvolim diloromimg‘a ayt. Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandomimg‘a ayt. Buki la’li hasratidin qon yutarmen dam-badam, Bazmi aysh ichra labolab bodaoshomimg‘a ayt. Kom talxu boda zahru ashk rangin bo‘lg‘anin, La’li shirin, lafzi rangin, sho‘xi xudkomimg‘a ayt. Shomi hijron ro‘zgoring tiyra nevchun qildi deb, So‘rmag‘il mendin bu so‘zni, subhi yo‘q shomimg‘a ayt, Ul pariy hajrida nangu nomkim, tark ayladim, Ko‘ngul otlig‘ hajr vodiysida badnomimg‘a ayt. Ey karomatgo‘y, ishim og‘ozi xud isyon edi, Sham’i rahmat partavi yetkaymu anjomimg‘a, ayt. Yo‘q Navoiy bedil oromi g‘am ichra, ey rafiq, Holini zinhorkim, ko‘rsang diloromimg‘a ayt. 85 Xirmani ruxsorig‘a solmish mayi gulnori o‘t, Uylakim, gul xirmanig‘a otashin ruxsori o‘t. Hajr shomi g‘am sipohin, ko‘rki, ko‘nglum dashtida Ne yoqibdurlar cherig tushgan kebi har sori o‘t. O‘t agar itsa jahondin, ohim o‘lsa, g‘am emas, Yetkuray bir damda yuz avvalg‘i o‘t miqdori o‘t. Gar harorat mujibi ermas chuchukluk, bas nedur Har zamon jonimg‘a solmoq la’li shirinkori o‘t. Fo‘tayi zarbaft emas ul sho‘xi ra’no boshida Kim, ayon qildi uzori tobidin dastori o‘t. May batining ko‘r nishotafzolig‘in huzn ahlig‘a Kim, sochar suhbatni garm aylar uchun minqori o‘t. Gar Navoiy o‘xshatur ko‘kni tutunga, ayb emas, Chun bulutqa urmish aning ohi otashbori o‘t. 86 Lolazor ermaski, ohimdin jahong‘a tushti o‘t, Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 60 Yo‘q shafaqkim, bir qiroqdin osmong‘a tushti o‘t. Dedilar: el xonumonin o‘rtar ul ruxsor o‘ti, Bu so‘z eshitkach, meni bexonumong‘a tushti o‘t. Orazingning lam’asi kuydurdi sabrim xaylini, Barqi ofat chaqilib ul korvong‘a tushti o‘t. O‘qlaring ko‘nglumga tushkach kuydi ham ko‘z, ham badan Kim, kuyar o‘lu qurug‘ chun naysitong‘a tushti o‘t. Sovurub gul xonumoninmu quyun rangin ekin, Yo falak bedodidin sarvi ravong‘a tushti o‘t. Kuydum ul damkim, yuz ochding xalqni kuydurgali, Elga o‘t solding vale, men notavong‘a tushti o‘t. Ey Navoiy, bilki ohe chekmisham beixtiyor, Desalarkim, beshayi Mozandarong‘a tushti o‘t. 87 Voykim, dushmandek o‘ldi ahdidin begona do‘st, Dushmanim o‘ltursa, ahd ettimki, tutmay yona do‘st. Sog‘arimda zahru sahro uzra po‘yam shiddatin Bilmas ulkim, bor anga hamkosavu hamxona do‘st. Jon qushi o‘rtandi sevgach yorning o‘tlug‘ yuzin, Naylagay kuymay, chu bo‘lg‘ay sham’ ila parvona do‘st. Vodiyi hijronda ag‘yorig‘a yor o‘ldum, ne tong Gar bo‘lur g‘uli biyoboniy bila devona do‘st. Do‘stluq jonondin istarmen, manga olam eli Dushmani jon bo‘lsa bo‘lsun, bor esa jonona do‘st. Ahli din paymonshikandur, qilsa bo‘lmas do‘stluq, Bas manga mug‘ dayrida ulkim, tutar paymona, do‘st. Zulfig‘a tushsa Navoiy xoli shavqidin ne tong, Domdin yo‘q chorasi har qushki, bo‘lg‘ay dona do‘st. 88 Bosh qo‘yarmen kup ayog‘inda may ichsam payvast, Qani mug‘ dayrida mendek yana bir bodaparast. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling