Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
57 Olloh-Olloh, bo‘lur ermish muncha ham zebo yigit. Zorlig‘lar birla o‘lmay topmag‘umdur xud visol, Ne uchunkim men qari quldurmen, ul mirzo yigit. Yo‘lida yuz ming kuhanpir o‘lsa, qilmas iltifot, Kimsa ko‘rganmu ekin bu nav’ beparvo yigit. Yo‘lung uzra ham gadomen, ham qari, ham xasta hol, Bir boqib o‘t holima husnung zakoti, o yigit. Dayr piri mazhabin tutmay, musulmonlar, netay, Olg‘an o‘lsa naqdi iymonimni bir tarso yigit. Bosh oqardi, sabza xatlar tarki tutsam yaxshiroq Kim, xush ermastur yigitlar bazmida, illo yigit. Ey Navoiy, qarib o‘zni solmakim, aylar seni Bir qadah may birla ul sho‘xi qadahpaymo yigit. 81 Mast chiqti yana ul qotili bebok yigit, Chok aylarga ko‘ngullar yoqasi chok yigit. Aql pirini fano dayrida rasvo qildi, Kim ko‘rubtur bu sifat zolimu bebok yigit. Yetti iqlimda ofat yigitimcha ermas, Quyoshidin yasasa bu yetti aflok yigit. Gah qilur zulmu gahe qatl havas kim ko‘rmish Qotilu zolim aro buyla havasnok yigit. Poklik pardasida tutsun ani izidi pok Kim, erur asru yuzi poku o‘zi pok yigit. Qariding, o‘zni qarilar sari solkim, yarashur Kirsa cholok yigit bazmig‘a cholok yigit. Ey Navoiy, yigiting nazminga mayl etti, sevun Kim, nasib o‘ldi sanga sohibi idrok yigit. 82 Yana soldi hajr ham tan, ham ko‘ngul, ham jong‘a o‘t, Soldi o‘t hijron manga, yo rabki, sol hijrong‘a o‘t. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 58 Aytqay kiymish junun mulki shahi zarkash libos Ko‘rgan el, bu nav’kim tushmish meni uryong‘a o‘t. Go‘yiyo bo‘ldi quyun g‘am dashtida eskan samum, Yo‘qsa tushti men kebi majnuni sargardong‘a o‘t. Manziling erdi ko‘zu ko‘nglum, vale sen borg‘ali Muni su qildi xarobu tushti ul vayrong‘a o‘t. Men dag‘i kuymay qutulmoq, ey ko‘ngul, mumkin emas, Buylakim soldi damim g‘am dashtida har yong‘a o‘t. Dudi ohim dosh dudidekmu ravzandin chiqar, Yo solibtur furqating bu kulbayi ahzong‘a o‘t. Gar manga o‘t soldi davron hajridin, bas ayb emas, Men dag‘i solsam damodam oh ila davrong‘a o‘t. Ne uchun ashjordin yig‘mish o‘tun, ey bog‘bon, Otashin guldin agar urmas falak bo‘stong‘a o‘t. Ey Navoiy, tan qolib jonimni olib bordi yor, Soldi ul borg‘ang‘a o‘t, hijron vale qolg‘ang‘a o‘t. 83 Vahki, hajrinda jahon bo‘ldi ko‘zumga zulumot Kim, borur yayqalibu qaytmas ul obi hayot. Zulfi ollinda binafshaki, boshin soldi quyi, Ani ko‘rmakka hamono munga moni’dur uyot. Harakat qilsa labing tuz to‘kulub shahd oqar, Tuzluq el ko‘p, biri yo‘q sen kebi shirinharakot, Terlagan la’li gulob ichramudur gul bargi Yo‘qsa usruk ko‘zmu soldi araq ichra nabot. Ko‘nglum ul gulga qilib mayl, fig‘onkim, bulbul Oriyat istadimu bermadi bir lahza qanot. Bu chaman ichra xazon sarsaridin sarv kebi, G‘ami yo‘q tuzluk ila kimki shior etti sabot. Ko‘r Navoiyniki ko‘ngli uyidur butlar ila Uyla butxonaki, anda to‘ladur lotu manot. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling