Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
110 
Vahki, hijron sharbatidin bizga bo‘ldi kom talx,
Har kishi zahr ichsa bo‘lg‘ay kom anga nokom talx. 
Hajr yetsa may bila dedim ovung‘aymen, valek
Yorsiz bor ermish ichmak bodayi gulfom talx. 
Shomi hajrimdin ne ogah ulki hijron tunlari
Tongg‘a tegru to‘kmadi sho‘robani bir shom talx. 
Sharbati sabr otini tutmangki, bir oy hajridin,
Og‘zima hayvon zulolin aylamish ayyom talx. 
Og‘zidin achchig‘ so‘z aytib zohir etsa zahri chashm,
Ayb emastur pista sho‘ru tong emas bodom talx. 
Jomi hijron chekkali bildimki, javring sa’b emas, 
May necha talx o‘lsa, ko‘rmas ani zahroshom talx. 
Nosabur o‘lmas ko‘ngulga yetsa xunobi firoq,
Ne uchunkim talx may ichkandin o‘lmas jom talx. 
Umr shahdi bas chuchukdur, lekin oxir qilmasa
Marg zahri birla ani dahri nofarjom talx. 
Vasl jomidin Navoiy elga bo‘ldi bahra no‘sh,
Vahki, hijron sharbatidin bizga bo‘ldi kom talx. 
111 
Soldi bir oydin ayru meni ibtilog‘a charx,
Qoldeg o‘z oyi hajrida mendek balog‘a charx. 
Gar xonumonim istamas erdi qora, nedin
Qildi asir ul ko‘zi, qoshi qarog‘a charx. 
Farhod birla Vomiqu Majnun chiqib edi,
Soldi meni alar avazi deb arog‘a charx. 
Ul ne quyoshdururki bajuz sadqa aylamak,
Topmas anga o‘zin necha qilsa marog‘a charx. 
Ne revu makr erurki kirib ishq yo‘lidin,
Bechora qildi saltanat ahlin gadog‘a charx. 
G‘am shomi bordi ul quyosh andoqki gardini
Topmas tilab o‘kush ko‘z ila to‘tiyog‘a charx. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
May tutki, foniy o‘ldi falakdin base bino,
Hargiz xalal yeturmadi dayri fanog‘a charx. 
Ahli vafo yo‘q ersa, ne tong, charx javfida
Hargiz chu mayl qilmadi rasmi vafog‘a charx. 
Taqdirdin ne kelsa, Navoiy, itoat et
Kim, sen kebi zabun erur amri qazog‘a charx. 
112 
Xonaqahda halqayi zikr ichra g‘avg‘o qildi shayx,
Ahli dillar naqdi avqotini yag‘mo qildi shayx. 
Ul biri dom erdi, bu bir dona el saydi uchun,
Har qachonkim azmi tasbihu musallo qildi shayx. 
Yo xayoli bang yoxud xonaqah fikri edi, 
Har karomotu maqomoteki ifsho qildi shayx. 
Kaf sochib, faryod etib, sekrib, parivashlarni sayd. 
Qilg‘ali, devonalig‘lar oshkoro qildi shayx. 
To‘q chiqib xilvatdin, o‘zni ro‘za deb, juhholdin 
Asru ko‘p nodonni o‘z tavrig‘a shaydo qildi shayx. 
Bovujudi masxu nodonlig‘ murid aylar uchun
Ko‘p o‘zidin masxu nodonrog‘ni paydo qildi shayx. 
Dayr pirining muridimenki fayzi om erur,
Xonaqahda fayzi om eldin tamanno qildi shayx. 
Dayr aro tindi qulog‘im, rohibo, zikring baxayr
Kim, sahar zikr ayturida ko‘p alolo qildi shayx. 
Ey Navoiy, xirqasin berdi, karomat ayladi 
Kim, manga tartib vajhi rahni sahbo qildi shayx. 
113 
Sochingki har taraf ayirdi bir muanbar shox,
Hayot gulshanining sunbulidurur har shox. 
Boshingdin ayrilibon shox-shox kim ko‘rmish 
Bu nav’ sunbuli tar bo‘lg‘anin sarosar shox. 
Yashil to‘nu iki yeng birla qomating ul sarv


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling