Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
Oshkor aylab yuzin ko‘zumni hayron ayladi,
Yoshurun oldi ko‘ngul ko‘zumni hayron aylagach. 
Jong‘a qo‘yg‘ach naqdi ishqing qildi ko‘nglumni halok,
O‘lturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach. 
Ey Navoiy, ishq agar ko‘nglungni majruh etmadi,
Bas nedurkim, qon kelur og‘zingdin afg‘on aylagach?! 
99 
Yetishsa ishq aro yuz mehnatu balo, qadah ich,
Nafas-nafas quyubon may to‘la-to‘la qadah ich. 
Mukaddar o‘lsa zamiring zamona mehnatidin,
Agar desang, beray ul ko‘zguga jilo, qadah ich. 
Nishot bazmida soqiyi mohvash sarxush
Bosh ursa dag‘i ayog‘ tutsa, qo‘l sola qadah ich. 
Jahon ishida boqib xalq ibtilolarig‘a,
Alardek istamasang o‘zni mubtalo, qadah ich. 
Desang xalou-maloda bo‘lay nishot bila, 
Agar malo, qadah ichqil, vagar xalo, qadah ich. 
Riyo ichinda nekim hosil etting, ey zohid,
Desang xalos o‘lay, et rahnu hosilo, qadah ich. 
Sangaki dayr elining shohisen, Navoiy, agar
Yo‘luqsa dayrda maxmur, urub salo, qadah ich. 
100 
Faqr ahlig‘a podsho muhtoj,
O‘ylakim shohg‘a gado muhtoj. 
Yorg‘a bilgach ehtiyojimni,
Bo‘lmadim kimsaga yana muhtoj. 
Ishtiyoqim ko‘p, ehtiyojim ham,
Anga mushtoqmen va yo muhtoj. 
Yo‘q gadolig‘da ixtiyorimkim,
Tengri qilmish meni sanga muhtoj. 
Ko‘yiga kirganimda tavsan edim,
Lek bo‘ldum tura-tura muhtoj. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
Tengri razzoq keldi ro‘ziy uchun
Aylama o‘zni xalq aro muhtoj. 
Benavodur Navoiy ollingda,
Tong emas, bo‘lsa benavo muhtoj. 
HYe HARFINING HAROMIYLARI HUSNOROYLIG‘I «G‘AROYIB»DIN 
101 
Zihe tiling ana afsah takallumida fasih,
Sen amlah o‘ldung, agar dilrabolar o‘ldi malih. 
Tulu’i subhi saodat yuzung sabohatidin,
Zihe kamoli sabohat, zihe jamoli sabih. 
Xamiri moyayi jismingdin ortqanni qazo, 
Iki badanda qilib ruh atadi Xizru Masih. 
Falakni chok qilib o‘tganingda gar ba’zi
Tavahhum ayladi, shaqqul-qamarda bo‘ldi sarih. 
Qadam quyosh uza qo‘ydung uruj shomi ne tong,
Kafingni gar yadi bayzog‘a qilsalar tarjih. 
Erur kalomekim, anda hurufi illat yo‘q,
Qayu hadiski, sendin bayong‘a keldi sahih. 
Emas Navoiyu madhing demakka had, basdur
Anga bu qadrki, modihlaringg‘a bo‘lsa madih. 
102 
Badang‘a kelmadi to azmi ko‘yung ayladi ruh
Ki, ruh shaxsini ul g‘amza ayladi majruh. 
Hayotbaxsh esa ul hur aksidin boda,
Mahalli hayrat emas, hur aksidindur ruh. 
Qizardi lolavu sarg‘ardi subh xijlatdin,
Bu lolalarki, uzoringda ochti jomi sabuh. 
Vafog‘a va’da qiliptur deb o‘tma, ey qosid,
Xudoy uchun manga kayfiyatin degil mashruh. 
Hayot yor visolidur, ey ko‘ngul, yo‘q esa,
Seni firoqda farz aylayinki, bo‘ldung Ruh. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling