Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
Buyurma tavba yana, nosihoki, mug‘bachalar
Havosi qildi meni tavba tavbasida nasuh. 
Fig‘onki, tiyra ko‘ngul kunjida nihon rozim
Piyola sha’sha’sidin el ichra topti vuzuh. 
Baso kishiki, ishi masjid ichra band o‘ldi,
Chu ochti dayri fano eshigin yetishti futuh. 
Navoiyo, nedin ul g‘amza tiyg‘ tortibdur,
Gar istamaski, ko‘ngul saydin aylagay mazbuh. 
103 
Ko‘ngulni mug‘bacha oldi mug‘ona tut aqdoh
Ki, yo‘q saloh ila bo‘lmog‘liq emdi bizga saloh. 
Bir oy firoqida bexudlug‘ istaram to‘la tut,
Agar qilib esang aflok jirmidin aqdoh. 
Halol bo‘ldi xaroboti ishq ahlig‘a may,
Tutarbiz ahli vara’, kimki ani tutsa muboh. 
Hayotbaxsh labing ruh emishtuk, ey soqiy, 
Magarki vovini i’lol etib qilibsen roh. 
Yo‘q ersa jismda ul hosil aylagan qondin,
Hakim ne uchun ajzosini dedi arvoh. 
Saboh maykada bog‘lig‘duru xumorim tund,
Taajjub etmang, agar zikrim o‘lsa, yo fattoh. 
Ne erdi maykada g‘avg‘osi, raz qizin go‘yo
Bu shom qildi Navoiyg‘a piri dayr nikoh. 
104 
Nega ko‘rguzdi sovug‘ ohu sarig‘ ruxsor subh,
Gar nihoniy mehridin mendek emas bemor subh. 
Gar havoyiy bo‘lmasa men telba yanglig‘, bas nedur,
Ko‘nglakin chok aylabon tog‘ uzra majnunvor subh. 
Mehridin mendek nihoniy toza dog‘i bo‘lmasa,
Yuzda nevchun kavkabi ashkin qilur izhor subh. 
Dema shingarfiy bulut har yon erur qonlig‘ momuq,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
Toza dog‘idin erur mendek magar xunbor subh. 
G‘am tuni ohim sharoridin tutashti ko‘kka o‘t
Kim, aning otin qo‘yuptur gunbadi davvor subh. 
Kun shuoiy xatlari ermaski tutmish motamim,
Yuzni anjum tirnog‘i birla qilib afgor subh. 
Soqiyo, tutqil sabuhiy bodakim, bu dayrdin,
Biz ketib bu nav’ toli’ bo‘lg‘usi bisyor subh. 
Ey Navoiy, istasang bargu navo bu bog‘ aro,
Guldek o‘l roki’ kecha, bulbul kebi bedor subh. 
105 
Ro‘zavu gul yettiyu ichmas ul oy gulgun qadah
Ne ko‘ngul xushluq bila tortay meni mahzun qadah. 
Yo meni mahrumg‘a xunobayi hijron berib, 
O‘zga mahramlar bila ul oy chekar gulgun qadah. 
Bore har taqdir ilakim, bor meni labtashnag‘a
Tutmas ermish zahri g‘amdin o‘zga dahri dun qadah. 
Soqiyo, bu g‘ussa daf’i mastu bexudlug‘durur, 
Tut shafaqgun may to‘la gar xud erur gardun qadah. 
Ro‘za oyin ko‘rmay ilgingdin qadahni solmag‘il,
Lek ol bayram hiloli ham ko‘rungan tun qadah. 
Jom erur men telbaga qonlig‘ ko‘zumning kosasi,
Lolalar sahroda bas, gar istasa Majnun qadah. 
Chun fano dayrig‘a kirdim boda tut, ey piri dayr,
Zarf xoh eski safol o‘lsun, vagar oltun qadah. 
Yuz qadah qilg‘il murassa’kim chekarsen jomi marg,
Hech kim xud topmadi Jamshiddin afzun qadah. 
Ey Navoiy, bizni yod etkaymu barqandon kuni
Ichsa jomi Jam tilab soniyi Afridun qadah. 
106 
Ey manga jonbaxsh gulbargi taringdin toza ruh,
Toza-toza har biri shavqin solib ovoza ruh. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling