Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
Ki, ikki yonidin ayrilmish ikki axzar shox. 
Qading xiromida ilging jafosi o‘ksumadi,
G‘arib naxlki, doyim anga berur bar shox. 
Labingki, bodayi la’l andin oqti mast o‘lg‘ach
Erur mushobihi marjonu anda ahmar shox. 
Qadi hayotim erur, ursa toshu tortsa tiyg‘,
Bu naxldin xush erur gar samardurur, gar shox. 
Chu yog‘di toshi Navoiyg‘a ko‘p shikast o‘ldi,
Quruq yig‘ochqa yog‘ib jola sindi aksar shox. 
DOL HARFINING DILOROMLARINING DAVRONI «G‘AROYIB»DIN 
114 
Odamki, bashar nasli silkiga erur payvand,
Suvratda sanga volid, ma’noda sanga farzand. 
Yusufki, jamol ichra ma’dum edi monandi,
Topmadi malohatda husnini sanga monand. 
Iso damidin o‘lgankim, ruh topar erdi,
Bilgachki, topar dining, jon topti bo‘lub xursand. 
Davron chamanidin sen ul lahzaki, chiqding, gul
Tirnog‘lar ila qildi ruxsorini yuz parkand. 
Shahlarg‘a gado andoqkim keldi bukun muhtoj,
Tongla bo‘lubon shahlar ehsoniga hojatmand. 
Gesu sanga bo‘lmishdur chun silsilayi maqsud,
Majnunung erur jonlar, qil silsila birlan band. 
Shakkarga uzubatda nutqung ne ajab kulsa 
Kim, erninga esh bo‘lmish axloq aro shakkarxand. 
Yo‘q bo‘ldi kalomingdin asfori samo barcha
Asfori samoviydin bo‘lg‘an kebi yo‘q pojand. 
Ne kelsa Navoiyg‘a sendin yuz evurmaskim, 
Ul zarra durur, sen mehr, ul bandavu sen xovand. 
115 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
Sen o‘z xulqungni tuzgil, bo‘lma el axloqidin xursand,
Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo‘lmadi farzand. 
Zamon ahlidin o‘z payvand, agar desang birov birla
Qilay payvand bore, qilmag‘il noahl ila payvand. 
Qo‘ngul komini qo‘y, gar xud mening devona ko‘nglumni
Toparsen uyla yuz parkandu sol har itga bir parkand. 
Eshitmay xalq pandin, turfakim pand elga ham dersen,
Qila olsang, eshitgil pand, sen kim, elga bermak pand. 
Bu foniy dayr aro gar shohlig‘ istar esang, bo‘lg‘il
G‘adolig‘ nonig‘a xursandu bo‘lma shahg‘a hojatmand. 
Bo‘lub nafsingg‘a tobi’, band etarsen tushsa dushmanni,
Senga yo‘q nafsdek dushman qila olsang ani qil band. 
Shakarlablar tabassum qilg‘anin ko‘rgach ko‘ngul berma
Ki, bedillarni achchig‘ yig‘latur oxir bu shakkarxand. 
Jahon lazzotini shirin ko‘rarsen, lek bandingdur,
Giriftor o‘lma, voqif bo‘lki, qaydu qand erur monand. 
Ko‘nguldin jahl ranji dofii gar istasang bordur,
Navoiy bog‘i nazmi shakkaristonida ul gulqand. 
116 
Yop ul yuz oyinasin cheksam ohi dardolud,
Bu vajhdinki, qilur mayl xo‘blar sari dud. 
Jahonki, ohim ila tiyradur emas mumkin,
Bu shom daf’i yuzung subhi bo‘lmayin mavjud. 
Yuzungda har saridin egma qosh erur yoxud
But ollida iki hindug‘a voqi’ o‘ldi sujud. 
May ichti deb meni yozg‘urmang, ey musulmonlar
Ki, rahmatidin emas noumid gabru juhud. 
Qadahki, dayrda istarmen ushbu ko‘zgudin,
Bilingki, mug‘bacha aksi erur manga maqsud. 
Qovarlar itlari ul ko‘y aro fig‘onimdin,
Ne itki, ko‘p ulusa, el aro bo‘lur mardud. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling