Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
- Bu sahifa navigatsiya:
- XYe HARFINING XO‘BLARINING XIROMI «G‘AROYIB»DIN 107
www.ziyouz.com kutubxonasi
71 Ruhi mahz ul tozavu tar sarvi ra’nodek qading, Ne ajab bo‘lsa ravon bo‘lg‘anda elga toza ruh. Ko‘yi gardidin o‘lug jon topsa tong yo‘q, negakim Tufrog‘ o‘ldi ko‘yida behaddu beandoza ruh. Bo‘lg‘usi jonon kebi bo‘lsa mujassam suvrati, Hulla kiysa surtubon jannat gulidin g‘oza ruh. Chiqti jondin paykar aylab nozu husn izhor etib, Zor ul paykarga jon, vola bu husnu noza ruh. Shavq tiyg‘i birla solik aylasa ko‘nglini chok, Fayz shahristoni sayrig‘a topar darvoza ruh. Ey Navoiy, shukrkim, yo‘l topti jonon ko‘yiga Hajr shomi zulmatida yo‘lni oza-oza ruh. XYe HARFINING XO‘BLARINING XIROMI «G‘AROYIB»DIN 107 Gadoyi faqr ila so‘z ayta olmas podsho gustox, Shah ollinda nechukkim, dam ura olmas gado gustox. Ne quvvat birla shah gustox so‘zlashgay aning birla Ki, vahm etgay boshig‘a soya solmoqtin humo gustox. Uruj istar esang bu dayr ichinda foniy o‘lg‘ilkim, Malak uzra qadam bosib o‘tar ahli fano gustox. Balo ichra dalir urma qadam to oshiq o‘lmay sen, Samandar bo‘lmag‘uncha kirsa bo‘lmas o‘t aro gustox. Ne muhriq vodiy ermish ishq ko‘yi dashtikim, ul yon O‘ta olmas samum o‘lmoq harosidin sabo gustox. Shujoat birla kirmak kulbayi faqr ichra bo‘lmaskim, Bu vayronni qila olmas vatan har ajdaho gustox. Chu topmas har nekim, taqdirdur, bu dayr aro tag‘yir, Adab ermasdurur qilmoq har ishni muddao gustox. Ne nozuk xo‘yi bor ul dilraboningkim, niyoz ahli, Shikoyatqa ne yetgaykim, de olmaslar duo gustox. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 72 Navoiy ishq istig‘nosini to angladi vahkim, Qila olmas fig‘on forig‘, cheka olmas navo gustox. 108 Bahor sensiz o‘luptur manga ajab do‘zax, Qizil gul anda o‘tu oq shukufalardur yax. Bahor sensiz agar do‘zax o‘lsa tong ermas, Bihisht ichinda liqo bo‘lmasa erur do‘zax. Xayoli xayli ko‘zumga kelurgadur go‘yo, Yuzumki yo‘l-yo‘l o‘luptur sirishkdin rax-rax. G‘arib kelmadi shirin labingg‘a achchig‘ so‘z, Emas g‘arib chuchuk meva bo‘lsa xasta talx. Ko‘ngul fano kunjidin zo‘r bozu istarkim, Vujud panjasini anglamish bag‘oyat shax. Navoiy egni yalangdur demangki, bordur anga Fano hasiri, balo xorasi nasij ila nax. Magar shah ashhabi ollinda payk bo‘ldi sipehr Ki, qilmish o‘n kechalik oyni egnida nochax. 109 Tong emastur, bo‘lsa har sarvi pariyruxsor sho‘x, Lek erur sarvi pariyro‘yum mening bisyor sho‘x. Gar mening sho‘xi sitamkorim pariyzod o‘lmasa, Mumkin ermas odamiy bo‘lmog‘lig‘ ul miqdor sho‘x. Turmasa qon bu kecha ko‘ksum shikofidin ne tong Kim, erur ko‘nglumga kirgan chobuki ayyor sho‘x. Vah, ne tong har lahza betoqatlig‘imkim, dilbarim Bovujudi husn, ham shirin erur, ham bor sho‘x. To yetishgay jong‘a yetkurgan ko‘ngulga yuz balo, Shukr etarmenkim, nasib o‘lmish manga dildor sho‘x. Sho‘xlardin tuz qadam qo‘ymoq chu kelmas, voqif o‘l Kim, sitamgar chobukedur charxi kajraftor sho‘x. Gar desangkim jong‘a yetmay har zamon bir javrdin, Ey Navoiy, pand eshit, yor istama bisyor sho‘x. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling