Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
Dedimki: sud qilay jon berib visoli uchun,
Navoiyo, chu firoqida umr kechti, ne sud. 
117 
Qoshing mehrobini vasl ahli etmish qiblayi maqsud,
Boshim yuz qatla ursam yerga hajringdin manga ne sud. 
Ichimda ishqdin yuz barqu dam urmoqqa zahram yo‘q,
Uy ichra o‘t solib, vah, mushkil ermish asramog‘lig‘ dud. 
Yada toshig‘a qon yetgach yog‘in yog‘qondek, ey soqiy, 
Yog‘ar yomg‘urdek ashkim chun bo‘lur la’ling sharobolud. 
Chu qo‘ydung dog‘ tindurdung ko‘ngulni darding istardin,
Diram birla gadoni uylakim, qilg‘ay kishi xushnud. 
Junun bu bo‘lsakim yog‘di pariyvash tifllar toshi,
Munosibdur bu toshlar aql eshigin qilg‘ali masdud. 
To‘kuldi gul, fig‘on bas qildi bulbul, shukrkim, bore
Sening husnung, mening ishqimda nuqson bo‘lmadi mavjud. 
Tunu anjum dema davrong‘a rohat qilmasun deb mayl
Qazo gulmixlar qoqti qilib gardunni qiyrandud. 
Xarobotu munojot ahlining matlubi sendursen,
Manga ko‘rsatmasang yo‘l, naylayin qay saridur behbud. 
Navoiy, Ka’ba zikrin qo‘yki, biz dayri fano istab
Zahabno vodiyal-maqsad, vajadno mo huval-maqsud. 
118 
Ey orazi nasrin, sochi sunbul, qadi shamshod,
Bulbul kebi hajringda ishim nolavu faryod
Sayd o‘ldi ko‘ngul ko‘zlaringa, vah, qutulurmu
Bir qushki, aning qasdida bo‘lg‘ay iki sayyod. 
Ul maktab arokim o‘qudung noz rumuzin,
Go‘iyoki, vafo ilmin unutmish edi ustod. 
Ashkimni ko‘rub tez bo‘lur ko‘ngli jafog‘a 
Ore, itimas chunki suyi bo‘lmasa fo‘lod. 
Mingdin bir emas o‘z yuragi zaxmlaridin,
Har nechaki tog‘ bag‘rini zaxm ayladi Farhod. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
O‘lugni kishi dafn eta olmas vale har kun
Yuz tiyg‘ qilur dafn ko‘zung bo‘lg‘ali jallod. 
Gul yafrog‘i tirnog‘lar erur bu chaman ichra,
Bulbul paru bolini yulub bergali barbod. 
Ne ayb, Navoiy kebi devonalig‘ etsa, 
Har odamiykim, bo‘lsa aning yori pariyzod. 
119 
Aylamas har nav’ bo‘lsam ul buti ra’no pisand,
Bo‘lmag‘an ko‘p yaxshiroq olamda mendek nopisand. 
Umr o‘tub bir xidmatim ul oy pisandi tushmadi,
Vah ne umr erkin, ne qilsam aylagay oyo pisand. 
Yor agar mushkilpisand o‘lmish ko‘rung mushkilki, bor
Menda yuz mushkil ish, ul qilmas birin ammo pisand. 
Ishqida qildim jahondin qat’u jondin ham, ne sud,
Chunki ul jonu jahonim aylamas qat’o pisand. 
Ey ko‘ngul, kuydur tama’ tuxmin, tamanno mazrain,
Bu ekinni chunki hargiz qilmadi dono pisand. 
Davlati faqr istagil, nechunki bor, ul ko‘y aro
Sidq ila kirgach, agar a’lovu gar adno pisand. 
Chun fano sholini kiydim atlasing yig‘, ey sipehr
Kim, bu bozor ichra ermas hargiz ul kolo pisand. 
Soqiyo, ber o‘tki, kul qilg‘ay vujudum xirmanin,
Aylaman hayvon suyinkim, aylagay ihyo, pisand. 
Bu ne aqlu zuhd bo‘lg‘ay, zohidokim qilmag‘ay,
Men kebi olamda bir devonayi rasvo pisand. 
Kech bu bog‘u gullaridin ham Navoiykim, emas
Ahli tahqiq oldida dunyovu mofiho pisand. 
120 
Topqali hokiy tanimg‘a novaki ishqing kushod,
Ko‘nglum aytur xayri maqdam, jonim aytur xayrbod. 
Xatmudur yoxud bayozida yuzining kilki sun’,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling