Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
Xo‘blug‘ tug‘rosini zangor ila qildi savod. 
Xattining vasfin yozarmen kirpiku xoli bila,
Xat yozarda chun zaruratdur qalam birla midod. 
Ta’n qilmangkim, bo‘lub oshiq murode topmading
Kim, erur bizga bu ishtin nomurod o‘lmoq murod. 
Kirdi gar shaydo ko‘ngul, ey ishq, nosih pandig‘a,
G‘am yema devonalar xo‘yig‘a bo‘lmas e’timod. 
Bu nafaskim o‘lgali yetmishbiz aning yodidin
Masiho bir iyodat birla qilmas bizni yod. 
Ey Navoiy, g‘am yema boshingg‘a bo‘lsun mustadom
Ulki, bordur vorisi taxtu Jamu toji Qubod. 
121 
Orazing mushtoqidur bu ko‘zki, bo‘lmish dardmand,
Garchi bordur dardlig‘ ko‘zga yorug‘luqtin gazand. 
Dard o‘tin yoqti ko‘zumga hajr, chun ko‘rdum yuzin,
Kuydurur albatta har doruki, bo‘lg‘ay sudmand. 
Bu qizarg‘an ko‘z aro mardum emaskim el ko‘zi,
Tegmasun husnungg‘a deb o‘t uzra solibmen sipand. 
Tokim ul bemor ko‘z oshuftasi bo‘lmish ko‘zum,
Istabon jinsiyat og‘riq shevasin qilmish pisand, 
Qo‘zlarim la’lig‘a hamrang o‘ldi, vah, ne hol ekin
Kim, bu achchig‘ yig‘lag‘an soyi ul aylar no‘shxand. 
Ko‘zni bir iz tufrog‘idin ravshan etkim sud emas
Shofi kofuriy chekib osmoq anga mushkin parand, 
Ul quyosh hajrinda bilmankim, Navoiy ko‘ziga
Barcha olam tiyradur yo bog‘lamishdur chashmband. 
122 
Chekar un ko‘nglum ursang tiyg‘i bedod,
Ne tong, su qo‘yg‘ach etmak shu’la faryod. 
Ko‘ngul sensiz topar g‘am shodlig‘din,
G‘aming yetgach vale aylar ani shod. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
Ne tong majnunlug‘umkim, jilva aylar
Ko‘zumga lahza-lahza bir pariyzod. 
Ko‘ngulni, soqiyo maydin qilib xush,
Buzug‘ni sayl ila aylarsen obod. 
Meni shod aylagil bir jur’a birla
Ki, g‘amdin jong‘a yetti joni noshod. 
Sanam ollida maydin bosh ko‘tarman
Ki, qildi dayr piri mundoq irshod. 
Sening yoding bila o‘ldi Navoiy, 
Tirig bo‘l, garchi ani qilmading yod. 
123 
Jilvada husn ahli ichra ko‘rmisham bisyor qad,
Qomatingdek zohir etkan ko‘rmadim raftor qad. 
Ko‘yiga borurg‘a yo‘l berdi alifdek fol aro
Chunki men qildim tafa’ul, zohir etti yor qad. 
Ne sanavbar qoldi o‘z holida, ne gul bog‘ aro, 
Gul kebi yuz birla ko‘rguzdung sanavbarvor qad. 
Yuz ko‘ngul birla sanavbar bedil o‘lg‘ay qaddig‘a,
Jilva bersa, zorlar ko‘nglin olib dildor qad. 
Sun’ qilki bir alif chekmish qadinkim, o‘xshamas
Bir anga husn ahli tortib mashq uchun bisyor qad. 
Ozimi mayxonamenkim, nogah ul jonib manga
Ko‘rguzub qildi nihon ul mahvashi xammor qad. 
Ey Navoiy, ul quyosh vaslin gadolig‘ qilg‘ali
Zohir aylabmen sarig‘lig‘ dalqu gardunvor qad. 
124 
Mendin el har so‘z desa, bovar qilur ul sarvqad,
Yo‘q manga so‘z derga had, har ne desam ham barcha rad. 
Chun desa maqbullar ko‘p nukta, men mardudmen,
Menki qavlum barcha rad, so‘z derga topqaymenmu had. 
Bevafo ahbobdin bir ham manga bo‘lmay mumid,
Turfa ko‘rkim, barcha aylar muddaiy sori madad. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling