Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


RYe HARFINING RA’NOLARINING RUSTOXYeZI «G‘AROYIB»DIN


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

RYe HARFINING RA’NOLARINING RUSTOXYeZI «G‘AROYIB»DIN 
132 
Ey zotinga har necha qilib aql tafakkur,
Ul fikrga bo‘lmay samare g‘ayri tahayyur. 
Yuz mehrga netsun chu erur mujibi hayrat
Har zarraki, tahqiqida aql etsa tafakkur. 
Idroki kamolingni xirad haddi sog‘ingan
Bir qatra aro ayladi yuz bahri tasavvur. 
Kavnayn adam bo‘lsa, vujudungg‘a ne tag‘yir,
Gar mavj sukun topsa, tengizga ne tag‘ayyur. 
Qahring yo‘q etar xalqnikim turg‘ali bo‘lmas,
Sarsar yo‘lida pashsha guruhig‘a tahavvur. 
Bu turfaki, daf’ini yarim pashshag‘a qo‘ydung,
Har pil nihodeki sanga qildi takabbur. 
Hajring tunida sham’ kebi qoldi Navoiy,
Har tun ne ajab kuysa to‘kub ashki tahassur. 
133 
Parim bo‘lsa, uchub qochsam ulustin to qanotim bor,
Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor. 
Chiqib bu dayrdin Isog‘a nevchun hamnafas bo‘lmay,
Bihamdillah tajarrud birla himmatdin- qanotim bor. 
Xaloyiq suhbatidin ming g‘amim bordurki, muft o‘lg‘ay,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
Agar ming jon berib bilsamki, bir g‘amdin najotim bor. 
Chekib ag‘yordin yuz javru tortib yordin ming g‘am,
Ne o‘zga xalqdin g‘ayrat, ne o‘zumdin uyotim bor. 
Kechib ko‘zdin yozay bir xatki, dahr ahlig‘a ko‘z solmay
Bu damkim, ko‘z savodidin qora, ko‘zdin davotim bor, 
Tilar ko‘nglum qushi anqodin o‘tsam nari yuz vodiy,
Munungdek sayr etarga qofdin ortuq sabotim bor. 
Navoiy, bilki shah ko‘ngli manga qayd o‘lmasa, billah,
Agar, kavnayng‘a xoshok chog‘lig‘ iltifotim bor. 
134 
Kema og‘zi demakim, ishqingda ko‘ksum chokidur,
Bahr mavji yo‘qki, ashkim saylining ko‘lokidur. 
Suda ermas mehr aksi, balki daryo jonig‘a
Solg‘an o‘tlar xasta jonim ohi otashnokidur. 
Xas emas girdob arokim boshinga evrulgali
Su uza sargashta oshiq jismining xoshokidur. 
Vahki, ul kashtiyda daryokush, manga xud yo‘q hayot
El degandinkim, falonning kofiri bebokidur. 
Ul balig‘ tutqanda solib shastu aning rashkidin,
Sudin ayrilg‘an balig‘ yanglig‘ ko‘ngul topokidur. 
Ko‘rma faqr ahli sirishki bahrida har yon hubob
Kim, fano kavkablari, balkim balo aflokidur. 
Ey Navoiy, kema tiyri ko‘ksum ichra hajr o‘qi, 
Kema og‘zi go‘yiyo ishqida ko‘ksum chokidur. 
135 
Og‘zim achitqon dam-badam ul la’li shakkarxand erur,
Vah-vah, tuz ermish ulki, men qildim gumonkim, qand erur. 
O‘tsang g‘amim sahrosidin, qonlig‘ ko‘ngul ajzosidin,
Har lola bargin anglakim, bir dog‘lig‘ parkand erur. 
Ko‘yungda mun lug‘ jong‘a tan, yuz zaxm iladur xirqae
Marham bila qo‘yg‘an mamuq har yon anga payvand erur. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling