Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
Navoiy, dema foniy bo‘lub visolg‘a yet,
Mangaki, hajr chekibmen, fano ne bo‘lg‘usidur? 
143 
Jafo qilur bari gulchehralar, vafo qilako‘r,
Vafo ham elga qilursen, vale mango qilako‘r. 
Ne telbaniki, muqayyad tilarsen, ey gardun,
Aning salosili zulfig‘a mubtalo qilako‘r. 
Desang hijobni olg‘aylar, ey ko‘z, ollingdin,
Ne gard aning yo‘lidin qo‘psa to‘tiyo qilako‘r. 
Tajalliy istasang ul yuzdin o‘rtabon jisming,
Kuli bila ko‘ngul oyinasin jilo qilako‘r. 
Umidi vasl ila ko‘yungga bordi xasta ko‘ngul,
Yigitliging haqi, ul hojatin ravo qilako‘r. 
Biyik nishiman erur, ey ko‘ngul, visol avji,
Talab qanoti bila ul taraf havo qilako‘r. 
Navoiyo, chu alamsiz murod mumkin emas,
Desangki, vasl topay, hajr o‘tig‘a yoqilako‘r. 
144 
Jonim oromi uchun qosidki jonondin kelur,
Go‘yiyo jonparvar nasime obi hayvondin kelur. 
Noma qosid ilgidin, qosid habibim ollidin,
Mujdayi jon yeldinu yel mohi Kan’ondin kelur. 
Va’dai vasliki jonondin kelur hijron kuni,
Tindurur ko‘nglumni so‘z yang‘lig‘kim, ul jondin kelur. 
Gavharedekdurki, chiqmish xomasining no‘gidin
Noma uzra shodlig‘ ashkimki, mujgondin kelur. 
Shodlig‘din jon nisor etsam, ne tongkim, bu xabar 
Ham ko‘nguldin, filmasal, ham ko‘nglum olg‘andin kelur. 
Vahki, mazmunidur ahli dard sargardonlig‘i,
Har balo maktubikim, bu charxi gardondin kelur. 
Deb emish nomamg‘a qilmaydur Navoiy jon nisor,
Anda jon bo‘lsa qachon bu nav’ ish andin kelur. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
145 
Tutulmish erdi g‘azabdin ulusni qildi asir,
Quyosh tutulsa, bale, fitnadur anga ta’sir. 
Agarchi yoda girih bo‘lsa, o‘qi tuz chiqmas,
Qoshi girih bila zulm o‘qin etmadi taqsir. 
Ko‘ngulni ko‘zlaring oldi, ne tong, iki bo‘lmak
Bir ahli dinni iki mast kofir etsa asir. 
Ko‘rub yuzida g‘azab zulfi sari qochti ko‘ngul,
Ko‘ngulga soya kerak itik o‘lsa mehri munir. 
Xadangging o‘tti ko‘ngul pardasig‘a yetmas ekach,
Ne haddi man’ xususan qazo o‘qig‘a harir. 
G‘am o‘lsa, solma girihlar qoshingg‘akim, qilmas
G‘aliz o‘lub bu qora man’i xomayi taqdir. 
Navoiyo, sanga bu so‘zda shubhae bo‘lsa,
Qadah keturki, xututida ko‘rguzay bir-bir. 
146 
Pariyvashim qora bo‘rkinki, bir yon egri qilibdur,
Magarki sham’i jamoli fatilasi egilibdur. 
Xat ermas ulki, chiqarib suyini mehrgiyahning
Quyosh sahifasida rahmat oyati bitilibdur. 
Ne nav’ singramayin hajr aroki, bag‘rimu ko‘nglum
Firoq ignalaridin o‘ta-o‘ta teshilibdur. 
Dalil erurki, ko‘ngullarni qilmish o‘lg‘asen ozod,
Bukim salosali zulfung tugunlari yeshilibdur. 
Masih ignasi Maryam igirgon ip bila go‘yo
Chigilib, egniga jonbaxshlig‘ to‘ni tikilibdur. 
Agar Masih duosi o‘lugni tirgizur erdi, 
Ne nutq erurki, so‘kunchung bila o‘lug tirilibdur. 
To‘la qadah kerak ichsam ko‘ngulni qilg‘ali xoliy
Ki, anda davr elidin dardu g‘ussa ko‘p yig‘ilibdur. 
Falak daqoyiqidin kimsa bosh chiqarmadi hargiz
Kim, ushbu rishtaning asru tugunlari chigilibdur. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling