Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
Chunki usrukrak bo‘lur har mayki, labshirin erur. 
Raz qizi to pardadarliq aylagay talbis uchun,
Shisha mi’jardur angavu mavji aning chin erur. 
Qon yoshim ta’siridin sarig‘ yuzumning safhasi
Qog‘azedurkim, hino suyi bila rangin erur. 
Muhlik o‘tumni damingdin tez qilma, ey Masih
Kim, bu o‘tqa motam ashki suyidin taskin erur. 
Ul pariy ishqida ashkim lahv tuxmidur demang
Kim, malak tasbihig‘a bu donadin tazyin erur. 
Olmayin yerdin qadam sayri maqomot aylamak
Chang piridin bu bazm ahlig‘a ko‘p talqin erur. 
Sizu vasl, ey aysh ahlikim, Navoiy jonig‘a
Anda hijroni azal devonidin ta’yin erur. 
140 
To labing shavqida jismim g‘arqayi xunob erur
Har junun toshi angakim, tegdi la’li nob erur. 
Gar asir o‘ldum, tong ermaskim, ko‘ngulning lomidek,
Mubtalo ko‘nglumda zulfi toridin qullob erur. 
Qaddi yodeklarni zor etmish- hiloli jom uchun
Egma qoshingkim, o‘zi roki’, o‘zi mehrob erur. 
Ko‘z qarosin yub, sarig‘ orazni beqadr etti ashk,
Go‘yiyo har vajh ila ayn ofati simob erur. 
G‘am tuni gar tobsiz jismim kuyar, vah ne ajab,
Kuydururlar kecha ko‘prak rishtakim, betob erur. 
Har taraf-na’lu alif jismimda, go‘yo ishq aro
Xatti idborimni vozih qilg‘ali i’rob erur. 
Sendadur maqsud ganji, lek jismingdur tilsim,
Vahki, bu ganj ul tilsim ichra ajab noyob erur. 
Ey Navoiy, jism aro jon rishtasin tutqil aziz
Kim, bori lo‘liyvashim la’bi uchun asbob erur. 
141 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
Ul pariy ko‘ngli uchun ruhum asiru zor erur,
Bul’ajab toshi qanotsiz qushqa badraftor erur. 
Har kecha qon birla jismim safhayi taqvimdek,
Go‘yiyanjum tirnog‘idin sarbasar afgor erur. 
Kofiri mastedur ul ko‘zkim, kamandi zulf anga
Yeshibon yonida qo‘yg‘an rishtayi zunnor erur. 
Baxtim uyqusidin afg‘onlar chekardin go‘yiyo,
Har kecha ko‘z yummay anjum to sahar bedor erur. 
Yangla ko‘nglum vasl topti rahm qil, ey ohkim,
Tund yeldin yangi butkan yorag‘a ozor erur. 
Qatlima ul ko‘z savodi hay’atidin bag‘rig‘a 
Bir qora tosh bog‘lag‘an qon qilg‘uchi xunxor erur. 
O‘qusam nomangni pechu toblig‘ bexud tanim
Go‘yiyokim nomani chirmab yuborgan tor zrur. 
Chun quyoshdek yerga kirgung, ne osig‘, gar yuz quyosh,
Masnading toqida har yon shamsayi devor erur. 
Tirguzub, debsen, Navoiy jonig‘a minnat qo‘yay, 
Gar sen o‘ltursangki ul jon birla minnatdor erur. 
142 
Ko‘ngulki, ishqida dersen balo ne bo‘lg‘usidur?
Nekim, bo‘lur, sanga bo‘lg‘ay, manga ne bo‘lg‘usidur?! 
Ul oy jamolig‘a ishqim xud ortadur har dam,
Bu ishta oqibatim, vahki, to ne bo‘lg‘usidur? 
Dema ne bo‘lg‘usi ul zulf qaydida, ko‘nglung
Asiru volavu shaydo yana ne bo‘lg‘usidur? 
Firoq dardig‘a dersen davo ne bo‘lg‘ay ekin?
Bu dardg‘a ham o‘zung de, davo ne bo‘lg‘usidur? 
Behisht, mehnat emas, bo‘lsa va’dayi diydor,
Visol umidi bor ersa, jafo ne bo‘lg‘usidur? 
Bu yo‘l musofirining holi, ohkim, mutlaq,
Bilinmadiki, ne nav’ o‘ldi yo ne bo‘lg‘usidur? 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling