Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZOL HARFINING ZAVIYu-L-HAYoTLARINING ZUFUNUNLUG‘I «G‘AROYIB»DIN 129
www.ziyouz.com kutubxonasi
83 Ey Navoiy, shah xayolin asra ko‘z mulki aro Kim, erur ham Bog‘i Zog‘on anda ham Bog‘i Safid. 128 Ish manga qilmoqdurur ul sho‘xi beparvoni yod, Ul unutmish anikim, qilg‘ay meni shaydoni yod. Xuld aro bo‘lsam aning ko‘yin sog‘ing‘um, vah, ne tong G‘urbat ichra aylamak el manzilu ma’voni yod. Buylakim la’ling mayining shavqidin mast o‘lmisham, Bodadek qonim to‘k, etsam bodayi hamroni yod. La’li elni tirguzurda o‘zgalarni yod etar, O‘ltururda g‘amzasi aylar meni rasvoni yod. Rashkdin bexud tilarmen xalqnikim, qilmag‘ay Jinsi odam ul pariypaykar malaksiymoni yod. Ko‘r munikim andin o‘zga kimsa bormu yodima, Eyki dersen, qilmag‘il ul chobuki zeboni yod. Dayr piri ilgidin zunnor etarmen orzu, Har qachonkim, aylasam ul dilbari tarsoni yod. Do‘st yodidin ko‘ngulni uyla istarmen to‘la Kim, ul aylay olmag‘ay dunyovu mo fihoni yod. Chunki tufrog‘ o‘ldi yodingdin Navoiy sen dag‘i, Netti qo‘ysang jur’ae tufroqqa, aylab ani yod. ZOL HARFINING ZAVIYu-L-HAYoTLARINING ZUFUNUNLUG‘I «G‘AROYIB»DIN 129 Zuhdu toat shahdini ahli zamon ko‘rmas laziz, Har ne nofi’dur, marizi notavon ko‘rmas laziz. Zulmat ahli g‘aflat istarlarki olam komini Uyqucha shabgir qilg‘an korvon ko‘rmas laziz. Quti botin istakim, zohir g‘izosi birla tab’ Bir zamon gar topsa lazzat, bir zamon ko‘rmas laziz. Or etar pashminadin ablah tilab zarrishtani Kim, eshak halvoni andoqkim somon ko‘rmas laziz. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 84 Har ne eldin qutqarur lazzatlig‘ uldurkim, faqir Mehr qursin uylakim bir pora non ko‘rmas laziz. Yutmayin xunoba yetmas vasli aning, ahli ishq Topsa kavsar sharbati, andog‘ki qon ko‘rmas laziz. Topmayin lazzat Navoiy soldi ko‘zdin ashkdek Bodani to xusravi sohibqiron ko‘rmas laziz. 130 Emas g‘amimni yozar xatqa zarfishon kog‘az Ki, shu’la chekti damimdin bitir zamon kog‘az. Sipehr davri bu sargashta ohidin bo‘lmish, Magar bu oh tutun bo‘lmish, osmon kog‘az. Tirilmisham bitigingdin qilurda muhr, magar Labingg‘a tegdiyu kelturdi tuhfa jon kog‘az. Uzoru la’li labing vasfini qachon yozdim, Oqib ko‘zum yoshi gulrang bo‘ldi qon kog‘az. Ochildi xasta ko‘ngul ruq’asin yaramg‘a yopib, Yorug‘ bo‘lur emish uy, bo‘lsa tobdon kog‘az. Yozar farishta quyosh safhasig‘a vasfingni, Magarkim ul falakiy topmas obdon kog‘az. Ko‘ngul shikofig‘a kog‘az aro erur marham, G‘amim so‘rarg‘a raqam qilsa dilsiton kog‘az. Ko‘ngul sahifasin asra xutur bahridin Ki, sug‘a zoyi’ o‘lur tushsa nogahon kog‘az. Xumor daf’ig‘a qulluq xatin tilar soqiy, Navoiyo, dema hujjat ketur ravon kog‘az. 131 Demagil ko‘yini benomu nishonlarg‘a maloz Kim, erur tojdehu, mulksitonlarg‘a maloz. Ochsalar la’li mayi shavqi bila mayxona, Sohati bo‘lg‘ay alam daf’ig‘a jonlarg‘a maloz. El yog‘indin panah istar kebi ko‘yung yodi Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 85 Vodiyi furqat aro ashkfishonlarg‘a maloz. Dayr piri qulidurmenkim, aning dargohi Yaxshilarg‘a panoh o‘ldiyu yomonlarg‘a maloz. Habbazo, ishqki kiryosi fazosidur aning Barcha bemanzilu ma’vovu makonlarg‘a maloz. Kir fano mulkiga forig‘ki, erur ul kishvar Ohi so‘zonlar ila ashki ravonlarg‘a maloz. Shohi G‘oziy eshigin tengri base tutsunkim, Notavonlarg‘a panoh o‘ldiyu xonlarg‘a maloz. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling