Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
Turfaroq budurkim, ulkim jon anga qildim fido,
Bovar aylab holima har neki, deb ahli hasad. 
Dahr elidin go‘sha tutmoq bo‘ldi avlo uylakim,
Tutmag‘ay ul qavm otin, topsa kishi umri abad. 
Soqiyo, behush doru ez, dag‘i tut bodakim,
Andin o‘lsun hush, doru ila zoyilkim xirad. 
Rindlar sarxayli mendurmen bugun dayr ahlig‘a,
Maykada tufrog‘idin masnad manga basdur sanad. 
Ishq vodiysinda maqsad ichradur avval qadam,
O‘zlugung ko‘hi balosi bo‘lmasa olingg‘a sad. 
Ey Navoiy, qil fano hosilki, istar chog‘da do‘st
Belga rust aylab etak tebrarga bo‘lg‘aysen muad. 
125 
Yo‘qki ohimdin qilibdur tiyra bu vayronni dud
Kim, qorong‘u aylamish vayronayi davronni dud. 
Dudi ohimkim, chiqar uy tunglukidin butrabon,
Doshxona aylamish bu kulbayi ahzonni dud. 
Oh dudimu ekin, yo ishq uyumga soldi o‘t, 
Buki tutmish hujravu gunbadni dud, ayvonni dud. 
Hajr zindoni siyahchol o‘ldi ohim dudidin,
Emdi zindon etti ishq ahlig‘a bu zindonni dud. 
Oh vaqti chun oqar ashkim qaro hijron tuni
Muhrae aylar shaba har bir duri g‘altonni dud. 
Tiyra ohim har dam andoq to‘lg‘ashur bo‘g‘zumg‘akim,
Chiqqali qo‘ymas ko‘nguldin nolavu afg‘onni dud. 
Kecha ul oy ko‘yi davrida chekibmen o‘tlug‘ oh,
Xayli anjumni sharar bil, gunbadi gardonni dud. 
Charx motam kisvati bermish manga yo ohdin
Pardaiy shabgun bila yopmish meni uryonni dud. 
Boda sham’i birla, ey soqiy, yorut ko‘nglumnikim,
Ohdin qilmish qora bu kulbayi vayronni dud. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
Olam ahlining vafosizlig‘laridin cheksam oh,
Sunbuliston aylagay yuz gulshanu bo‘stonni dud. 
Ey Navoiy, asru ravshan erdi hajrim shomikim,
Tiyra ohimdin qoraroq ham qilur hijronni dud. 
126 
Unutmag‘ilki to hajr etti bedod,
Meni bir noma birla qilmading yod. 
Ko‘ngul yod etmasingdin bo‘lsa g‘amgin,
Vale ruhum erur yoding bila shod. 
Buzug‘ jismim uyin yiqti firoqing,
Bu uyda ko‘p buzug‘lug‘ qildi bunyod. 
Qul o‘ldi sarv to gulgasht etarga
Qading bazmi tarabdin ko‘pti ozod. 
Meni gah dashtu gah tog‘ uzra ko‘rgan
Tirilmish sog‘inur Majnunu Farhod. 
Ko‘ngulni may bila ma’mur qilkim,
Xumori davr ani qo‘ymas obod. 
Navoiy telba bo‘lg‘an chog‘da ko‘rdi,
Pariy birla ani sog‘indi hamzod. 
127 
Vahki, har soat bo‘lurmen vaslidin yetkach navid,
Yordin ummidvor, ammo o‘zumdin noumid. 
Dedi, mehmoning bo‘lub yuz javr ila aylay halok,
Vahki, bor ul sho‘xning har va’dasinda yuz vaid. 
Qatlim etting, aylasunlar eltibon ko‘yungda dafn
Kim, borur jannatqa zulmung tiyg‘idin bo‘lg‘an shahid. 
Tikti ko‘ksum chokinu tiyg‘in tanimda qildi gum,
El eshikni qufl etib tufroqqa ko‘mgandek kalid. 
Islaram ko‘yung itining nechasin, ne ishkakim
Oncha osoyish dimog‘img‘a yeturmas mushkbid. 
Do‘st chun jon ichradur qo‘y, «naxnu aqrab» so‘zini
Tut bo‘yun baskim, yaqinroq keldi «min hablil-varid». 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling