Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
Xatting andoq sabzakim, bo‘lg‘ay anga hamdam bahor. 
Yuz uza terdin xating gar bosh chekar, ey gul, ne tong,
Sabzag‘a boisdurur, chun bo‘ldi ersa nam bahor. 
Shodlig‘din gulshani vaslingda yig‘lab cheksam oh,
Yopma, yuzkim, gulga bo‘lmas yel yog‘indin g‘am bahor. 
Orazim aksi yuzung oyina tushkan turfadur
Kim ko‘ruptur ham xazon bir oyda bo‘lmoq, ham bahor. 
Voykim, bir gul xazong‘a soldi ayshim gulbunin,
Ushbu fasl ichraki topmish jumlayi olam bahor. 
Ra’du sayl ermas, fig‘onu ashk erur bukim, har el
Gul yuzung ko‘rgach tutar o‘z holig‘a motam bahor. 
Qasdi bulbul ko‘ngli qaydi bo‘lmasa, nevchun solur
Bog‘ sho‘xi sunbuli zulfig‘a pechu xam bahor. 
Gul emas, bu bog‘ torojig‘a iynak la’ldin
Ayladi oviza mehri davrig‘a xotam bahor. 
Ey Navoiy, chin bahor erkin bu, yoxud ko‘rguzur
Bog‘i xulqidin ulusqa dovari a’zam bahor. 
156 
Vahki, ko‘nglum g‘ussasi har lahza qasdi jon qilur,
Hajrim anduhi buzug‘ sabrim uyin vayron qilur. 
Ko‘p madaddur hajr anduhida sovug‘ ohlar, 
Kim singursa men kebi o‘ziga qasdi jon qilur. 
Necha yilliq mehnatim ishq ichra bilgay oshiqe
Kim, hadisin yor ila ag‘yordin pinhon qilur. 
Jonni istarmen chiqarsam, uyidin ko‘zlarni ham
Ko‘nglum ul damkim, xayolin lahzae mehmon qilur. 
Asradim jon ichra mehrin, bilmadim oxir nafas
Ul Masiho o‘lmagim anglab o‘zin nodon qilur. 
Faqr yo‘linda irik pashminadin or etmakim,
Har taharrukdin taayyun bandini suhon qilur. 
Soqiyo, holimni bilding, emdi tutqil bodakim,
Bu suubatlarni bexudlug‘ manga oson qilur. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
Rostlarg‘a charx agar har lahza qilmas sarzanish
Sham’ bas har tun nedin yig‘lab kuyub afg‘on qilur. 
Daf’ etar dardin Navoiyning o‘shul maykim mudom
Xusravi xusravnishon soqiylari ehson qilur. 
157 
Tararda uqdalig‘ zulfin musalsal ayladi chinlar,
Girih «mim», ikki zulfi ikki «lom», iynak tarog‘ «sin»lar. 
Girihlar zulfida go‘yo hisob aylaptur ul kofir
Olurda zuhdu taqvo ahlidin toroj etib dinlar. 
Osib nevchun fig‘ona soldi zulfidin ko‘ngullarni,
Qaroru sabr naqdin olg‘ali gar aylamas qinlar. 
Ne yuzdur, Olloh-Olloh, boda tobidinki, har soat,
Ochar nasrinlar uzra gul, sochar gul uzra nasrinlar. 
Kelur ul sarvkim gullar mulavvan qildi gulshanni,
Kirarda shah nechukkim mulk eli bog‘larlar oyinlar. 
Desam husn ahlini ko‘rmangki, zolimdurlaru qotil,
Ko‘ngul aytur ko‘ray, shoyadki mundoq ermas erkinlar. 
Erur mahzun ko‘ngullar zulmati zulfida zor andoq
Ki, shomi hajrida ishq ahlidin har sari g‘amginlar. 
Ne yellanmaqdur, ey shah, mo‘r xaylidek cherigdinkim,
Sulaymondek bu vodiy ichra barbod o‘ldi chandinlar. 
Navoiy, bo‘lmayin zoru zaif o‘lmas navo topmoq
Bu ermish piri chang avtoridin dayr ichra talqinlar. 
158 
Ollim ul oy sajdasidin resh erur holim budur,
Toati maqbulum uldur, dag‘i iqbolim budur. 
O‘qlaridin qushdek o‘ldum jong‘a ul ko‘y orzu
Uchmoq istarmen, vale ko‘rkim, paru bolim budur. 
Bas, g‘aniymen ko‘hi g‘am birla junun toshi aro,
Iynak-iynak taxti johim ulduru molim budur. 
Yor shavqidin o‘lar holatdadurmen, ey tabib, 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling