Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
Mungrayib andoq sinuq ko‘nglum buzulurkim, sipehr
Bul’ajab holimg‘a yuz ming ko‘z bila hayron bo‘lur. 
Gah yurub, gah o‘lturub, bir lahza tutmasmen qaror,
G‘ussa bandidin bari olam manga zindon bo‘lur. 
Gah ko‘ngul o‘ti urar ko‘ksum shikofidin alam,
Gah bag‘ir pargolasi ko‘z yo‘lidin g‘alton bo‘lur. 
O‘lturur uy saqfig‘a ohim tafidin qatralar
Yo mening holimg‘adurkim, tomu tosh giryon bo‘lur. 
Eyki, istarsen salomat, ishq ko‘yin so‘rmag‘il 
Kim, bu yo‘lg‘a har kishikim, tushti, sargardon bo‘lur. 
Istaganga do‘st komin istabon kuymak ne tong,
Gar tutun sunbul, o‘tun ashjoru o‘t rayhon bo‘lur. 
Ichni uryon qilki toshing zebi man’i faqr emas,
Faqr emastur, gar iching mamlu, toshing uryon bo‘lur. 
Ey Navoiy, ishq man’in elga irshod aylading,
Olloh-Olloh, bu ne makru hiylavu daston bo‘lur. 
163 
Vahki, maydon azmig‘a sekretti ul chobuksuvor,
Kimdururkim, asrag‘ay emdi inoni ixtiyor. 
Qoshu yuzungdin agar ortar jununum ne ajab,
Telbalikka ham yangi oydur madad, ham navbahor. 
Chok eting ko‘ksumki, chiqsun o‘tlug‘ ohim shu’lasi,
Bir nafas bo‘lg‘ayki, bu anduh o‘ti topqay qaror. 
Aqlu fahm oshuftahol o‘ldi yigit joning uchun
Kim, yana uydin munungdek chiqmag‘il oliftavor. 
Soqiyo, chun ichkumizdur oqibat jomi ajal, 
Boda tut andin burunkim, bizni o‘lturgay xumor. 
Bir zamonlig‘ hajr chun ming yilcha bor, o‘lsam ne tong,
Chunki bo‘lmas hech kishining umri ming yil poydor. 
Ey Navoiy, shukrkim, maydong‘a ul shah qo‘ydi yuz
Kim, yo‘lida qolmadi navmid joni xoksor. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
164 
Vahy nozil bo‘ldi yoxud yorning payg‘omidur
Kim, g‘amim taskini g‘amgin xotirim oromidur. 
Safhayi kofur uza mushkin raqamkim aylamish,
Go‘yiyo subhi saodat uzra davlat shomidur. 
Hajridin jonim arosig‘a agar xud kirmadi,
Nega shakli jon aro kirgan alif andomidur. 
Kirdi jon jismimg‘a xatti safhasin ko‘rgach, magar
Elga jon bermakka mehr uzra Masih arqomidur. 
Va’dayi vasl erdi mazmun, gah o‘lugmen, gah tirig,
Anglaman qotilmudur bu mujda, ruhafzomidur. 
Vodiyi hayratda qolg‘anlarg‘a jon hirzi uchun
Ruq’ayi maqsud komil nutqi yo i’lomidur. 
Ey Navoiy, nega surtub ko‘zga solmay jong‘akim,
Ham ko‘zumning nuri, ham ozurda jonim komidur. 
165 
Barmog‘i hayrat bilakim la’li xandon ichradur,
Ul alif yanglig‘dururkim, filmasal jon ichradur. 
Xoni husni zavqini bilmakka yoxud barmog‘i
La’li xandon ichra ermaskim, namakdon ichradur. 
La’li bir so‘z birla yuz yilliq o‘lugni Xizr etar,
Go‘yiyo Ruhullah ushbu obi hayvon ichradur. 
Munfaildur yuzu zulfidinki tebrangay nasim,
Jilvagar tovuskim, firdavsi rizvon ichradur. 
Orazing hajrinda har qonlig‘ ko‘zumdur lolae,
Dog‘lar ko‘zning qorasin anglakim, qon ichradur. 
Tutma ulfat bog‘ arokim sarsari daydin durur,
Emin ul qushkim, aning ma’vosi vayron ichradur. 
Ey Navoiy, birga yuz jomi balo turmish to‘la,
Har nechakim sog‘ari ishrat bu davron ichradur. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling