Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
Yig‘lashib g‘am shomi zohir aylasunlar dard o‘tin, 
Kimgakim baytu-l-hazanda sham’dek topildi yor. 
Ey Navoiy, yor uchun tortar eding g‘urbatda ranj,
Yo‘lg‘a tush, emdi ravonroq bo‘l, azimat qildi yor 
186 
Har qayon boqsam ko‘zumga ul quyoshdin nur erur,
Har sari qilsam nazar, ul oy manga manzur erur. 
Chun masal bo‘ldi soching zulm ichra, yoshurmoq ne sud
Mushk isin yashursa bo‘lmas, bu masal mashhur erur. 
Telbarabmen to ani ko‘rman, ajoyibdur bukim,
Ul pariy devona ko‘zidin dag‘i mastur erur. 
Chun mudom erning mayi qoshindadur kofir ko‘zung,
Nedin erkinkim, dame usruk, dame maxmur erur. 
Dilrabolar dog‘i jonim safhasida go‘yiyo 
Dard eli ishqim uchun muhr aylagan manshur erur. 
Par urub boshingg‘a tutma avjkim, har necha mo‘r 
Kim, qanotlang‘ay qachon uchmoq anga maqdur erur. 
Gar Navoiy siymbarlar vasfin aylab ko‘rsa ranj,
Yo‘q ajab nevchunki xom etkan tama’ ranjur erur. 
187 
Yor bordiyu ko‘nglumda aning nozi qoliptur, 
Andoqki qulog‘im to‘la ovozi qoliptur. 
Ko‘z xonasini qildi barandoxta bu ashk,
Ko‘z bordi vale xonabarandozi qoliptur. 
Ko‘nglum qushi to sunbulunguz domig‘a tushti,
Bulbul kebi har gul sori parvozi qoliptur. 
Ul qush safar aylab ne tarab gulbunin ochqay
Kim, bog‘ aro bir sarvi sarafrozi qoliptur. 
Men ishq rumuzin demay o‘ldum, safar etkim,
Farhod ila Majnunning o‘kush rozi qoliptur. 
Taqlid qilib ko‘ngluma ishq ahli chekar oh,
Ul bordiyu el ichra sarovozi qoliptur. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
114
Hijronu visolin ko‘pu oz dema Navoiy,
Yuz shukr dekim, ko‘pi borib, ozi qoliptur. 
188 
Ul malaksiymo pariykim, xalq aning hayronidur,
Jonlar oshubi vale oshufta jonim jonidur. 
Tifl avroq ichra bir-bir bargi gul tergan kebi,
Nomayi hijron aro tim-tim sirishkim qonidur. 
Ko‘rsa jon zaxmida qonlig‘ marhamin aylar gumon
Kim, buzulg‘an ko‘nglum o‘tidin qiziq paykonidur. 
Yuzunga may gullari yuz fitna qildi go‘yiyo
Fitna har gulkim, ochar, yuzung aning bo‘stonidur. 
Bormudur ko‘nglumda keskan ham alif, ham na’lu dog‘,
Yo bu mir’ot ichra solg‘an aks husnung onidur. 
Dahr toroji qilur uryon chaman ra’nolarin
Yeldin un chekmas yig‘ochlarkim, chaman afg‘onidur. 
Ey Navoiy, bilki tong otquncha yig‘lar har kecha
Charxdek har kimki, bir badmehr sargardonidur. 
189 
Shahsuvorim har qachon javlon qilur,
Mahv o‘lub bilman o‘zumni, haq bilur. 
Anga har ko‘zkim tushar, kirpiklari
Xasta ko‘nglumga tikandek sanchilur. 
Ochilur ko‘nglum samandi sayridin,
G‘uncha yanglig‘kim sabodin ochilur. 
Ayrilur go‘yo quyoshdin bir shihob
Oti na’lidin har o‘tkim, ayrilur. 
Oh tortarda magar jon pech urar,
O‘q otarda har qachonkim qayrilur. 
Tavsani gardunni markab qilmakim,
Yer bila rokibni oxir teng qilur. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling