Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
Nasib bulbul uchun xori g‘amdurur, ul ham
Navoiy nag‘masi birla magar tarona qilur. 
182 
To bo‘ldi ko‘ngul ul ko‘zi usrukka giriftor,
El ko‘ziga sog‘men, vale o‘z-o‘zuma bemor. 
Tongdin tanim oqshomg‘acha tosh zaxmi bila resh,
Tundin badanim tongg‘acha tish zaxmidin afgor. 
Kulbamning emas xishtlari darziki, ochmish
Holimg‘a fig‘on qilg‘ali og‘zin daru devor. 
Xalq ichra ko‘ngul ishqini fosh ayladi ohim,
Uy ichida o‘t bor ekanin dud etar izhor. 
Ul but g‘amidin kofiri ishq o‘lg‘ali ko‘nglum
Jon rishtalarin jam’ qilib bog‘ladi zunnor. 
Xush gulshan erur dahr budur aybiki, anda
Payvasta xazon yelidin ozurdadur ashjor. 
Yor ollida gar bor, yo‘q ersa ajab ermas,
Ag‘yor chu bor anda, Navoiy, sanga ne bor?! 
183 
Fig‘onki, yor vafo ahlig‘a sitam qiladur,
Niyozu ajz gunohig‘a muttaham qiladur. 
Naimi vaslig‘a xo‘y aylagan ko‘ngullarni,
Asiri hajr etibon mubtaloyi g‘am qiladur. 
Raqib behuda taqriri birla yuz taqsir,
Zaif g‘amzadalar otig‘a raqam qiladur. 
Ne hukm qilsa vafo ahli jurmida g‘am emas,
Bu zulm erurki, jafo ahlini hakam qiladur. 
O‘z ilgi birla gar o‘ltursa bok yo‘q, vahkim,
Raqib ollida aftodavu dijam qiladur. 
Muhabbat ahlini, vo hasratoki, ko‘p o‘rtab, 
Alarning ohi o‘tidin haros kam qiladur. 
Chu gul vafosiz erur, necha asrasam, vahkim,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
112
Ko‘ngul qushi bu gulistondin emdi ram qiladur. 
Zamona o‘q kebi tuzlarni sindurub, «yo»dek
Alarki egridurur shahg‘a muhtaram qiladur. 
Navoiy o‘lgay edi bo‘lmasa umidi visol, 
Bu qasdlarki, anga hajr dam-badam qiladur. 
184 
Ulki, onsiz xasta ko‘nglumning yuz ohu voyi bor,
Hajridin yuz ming meningdek o‘lsa, ne parvoyi bor. 
Charx tong otquncha yig‘lar mehrin eldin yoshurub,
Go‘yiyo ul sargashtaning ham bir musofir oyi bor. 
Ganji husnung yanglig‘ o‘lmish maxzani mehrim mening
Kim, necha isrof birla xarj qilg‘an soyi bor. 
Zahri hijronkim chekarmen, ta’mini bilgay magar
Bedilekim, bir vafosiz kofiri xudroyi bor. 
Ishq mulkidin xabarlar topsa Laylo tong emas
Kim, aning Majnun kebi payki jahonpaymoyi bor 
Mehrning ko‘rma shafaq ichra shuoiy xatlarin
Kim, sipehr osibidin mujgoni xunpoloyi bor. 
Hajr aro qildi Navoiy qoshlaring ko‘nglida naqsh, 
Razm elidek ish kuni qurbonda ikki yoyi bor. 
185 
Voy, yuz ming voykim, tarki muhabbat qildi yor,
Bilmayin qoldim menu qilmay xabar ayrildi yor. 
Bordi o‘qdek tezu «yo»dek qomatim yod etmadi,
Ishq aro go‘yo mening egriligimni bildi yor. 
Chun gadolar birla shahlar qilmas ermish yorlig‘,
Men gadoni ko‘zga bas nevchun burundin ildi yor. 
Pand eshitib, do‘stlar, hech kim bila yor o‘lmangiz
Kim, mening bag‘rimni tiyg‘i hajr birla tildi yor 
Mendin ayrilg‘an balovu dard uchunmu yig‘layin
Yo angakim, boribon ag‘yor ila qotildi yor. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling