Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
Ko‘zni ul yon gah-gahe nazzoralig‘ ko‘nglum tilar. 
Ey Navoiy, nechakim ko‘nglumga tushkan dard uchun
Chora istarmen, vale bechoralig‘ ko‘nglum tilar. 
178 
Har o‘qi ul qoshi yoning jonnikim, qurbon qilur,
Rost bir o‘qdurki, qurbon ko‘nglum ichra sanchilur. 
Istasa vaslin ko‘ngul ko‘z rashkdin qon yosh to‘kar,
Ko‘z yuzin ko‘rgach, ko‘ngul yuz nola g‘ayratdin qilur. 
Tiyg‘i ko‘ksum chok etib, ko‘nglumni ochsa ne ajab
Kim, ravon sudin hamesha xalq ko‘ngli ochilur. 
Garm o‘lub har yon ul otash porakim novak otar
Rost o‘tdekdurki, girdidin shararlar ayrilur. 
Yuzni o‘n tirnoq ilakim g‘ussadin qildim shiyor,
Dona erkin ko‘z yoshimkim, har dam anda sochilur. 
Boda ichkim, charx jomi sirrini Jam bilmadi,
Garchi ul yuz Jam kebi mayxoraning davrin bilur. 
Oh o‘tidin shikva gar aylar Navoiy ayb emas,
Telbalarning har nekim, og‘zig‘a kelsa, aytilur. 
179 
Ey sabo, sharh ayla avval dilsitonimdin xabar,
So‘ngra degil ko‘ngul otlig‘ notavonimdin xabar. 
Chun manga berding xabar, lutf aylab ul yon dag‘i elt
Xotiri majruh ila ozurda jonimdin xabar. 
Gar bular ko‘ngliga ta’sir aylamasdek bo‘lsa, ayt
Yer yuzin g‘arq aylagan ashki ravonimdin xabar. 
V-ar munga ham qilmasa parvo, degil aflok elin
Kecha-kunduz jong‘a yetkurgan fig‘onimdin xabar. 
Qilsa istig‘no kerakkim, aylagay, albatta, rahm,
Gar desang jonim aro dog‘i nihonimdin xabar. 
Aytkim, tutqil xabar mendin yo‘q ersa, topmag‘ung
Olam ichra istabon nomu nishonimdin xabar. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
Arz qil tadrij ilakim, shodlig‘din o‘lmayin,
Ey Navoiy, kelsa nogah dilsitonimdin xabar.
180 
Yo rab, bu ne guldurkim, boshig‘a chechak sanchar,
Gah egri qo‘yar bo‘rkin, gah belga etak sanchar. 
Ko‘nglumga chekib novak, oj ayladi payvandin,
Har zaxmki ul teshti el anga so‘ngak sanchar. 
Boshimda havas la’ling, olamg‘a vido ettim,
Chiqsa kishi majlisdin, boshig‘a gazak sanchar. 
G‘am kulbasida, jono, ul xastag‘a rahm etkim,
Tebransa bag‘ir og‘rir, dam ursa yurak sanchar. 
Qullobi muhabbatdur sargashta ko‘ngullarga,
Chun qush solib ul chobuk, boshig‘a kajak sanchar. 
Har kavkab uchin gardun nish etti shuoidin,
G‘am shomi vafo ahlin har nav’ kerak sanchar. 
Sanchilg‘an ajal xori ishq uchrasa bilgaysen
Kim, jong‘a balo nishin hajr o‘zgacharak sanchar. 
Jismin chu Navoiyning paykoni temur qildi,
Bilmanki, sinon emdi bag‘rig‘a netak sanchar?! 
181 
G‘aming o‘qiki ko‘ngullar uyin nishona qilur, 
Mening chu xokiy tanim ichra yetti, xona qilur. 
Labing bahonasiz el qonini to‘kar har dam,
Manga chu yetti ish, albatta, bir bahona qilur. 
Ko‘ngul berurda fusunlug‘ ko‘ziga bilmas edim
Ki, el ichinda meni oqibat fasona qilur. 
Qo‘ngulda javhari paykoniniki yig‘mish jon
Ajab emaski, bu vayronani xizona qilur. 
Desaki, mehr giyohin ko‘kartayin gardun,
Zamona ahli vafo ko‘z yoshini dona qilur. 
Halok domi yoyar subhxez qushlar uchun
Sahar yeliki, chaman sunbulini shona qilur. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling