Dars sanasi


Download 52.5 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi52.5 Kb.
#1146213
Bog'liq
Izofa


Dars sanasi: 20.12.2022y
Dars turi: Amaliy
Fan nomi: Arab tili
Guruh: 2-kurs
Darsga ajratilgan vaqt: 80 daqiqa
Mavzu: Arab tilida izofa birikmasi

Kirish qismi

10 daqiqa

Dars boshlanishi bilan o’quvchilar sinfdan o’z joylarini egalladilar. Yo’qlamadan so’ng o’tgan dars mavzusi bo’yicha o’quvchilar bilimi tekshirildi. O’quvchilar bilan «BBB (bilmas edim, bilib oldim, bilib olaman» metodidan foydalanib, faol suhbat qurildi. Topshiriq bo’yicha faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirildi.

Asosiy qism

60 daqiqa

Yuqorida o’tgan qoidalar aniqlovchi bo’lib keladigan ko’rsatish olmoshlariga ham tegishlidir. Kesim agar ismiy bo’lsa ham unga, ham tegishli bo’ladi. Faqat bunda kesim umumiy qoidaga binoan noaniq holatda bo’ladi.
هؤلاءِ الرجالُ عقلاءُ - Bu kishilar aqllidirlar.
هؤلاءِ النساءُ عاقلاتٌ - Bu ayollar aqllidirlar.
هذه البيوتُ جديدةٌ - Bu uylar yangidir.
هذه المقالاتُ مفيدةٌ - Bu maqolalar foydalidir.
Arab tilida moslashgan aniqlovchi birikmasidan tashqari moslashmagan aniqlovchi ham bor. Bunda ikki ism bir-birini aniqlab keladi. Ammo ular bir-biri bilan moslashmaydi. Uning birinchi ismi ikkinchi ismini kasrali bo’lishini talab qiladi. Bunday birikmani izofa birikmasi deyiladi, u ikki qismdan tashkil topadi. Buning birinchisi muzof, ikkinchisi muzof ilayhi deyiladi. Izofa birikmasi ikki hil bo’ladi.
1) Ma’naviy izofa,
2) Lafziy izofa.
Ekanligi haqida o’quvchilarga ma’lumot berildi. Bundam tashqari, ma’naviy izofa lafziy izofadan 5 ta narsa bilan farq qiladi:
Ma’naviy izofada muzof doimo ism bo’lib keladi.
Muzof ilayhi (al) artiklini olgan bo’lsa, muzofni aniqlab keladi.
Muzof ilayhi olgan bo’lsa.
Ma’naviy izofa va predloglari ma’nosida bo’ladi.
Ma’naviy izofaning muzofi tanvin olmaydi. Izofaning luqaviy ma’nosi إضافة ya’ni «tayanish».
Masalan: , ya’ni bir narsani boshqa narsaga tayantirdik deganimiz kabi, Nahv olimlarining islohiga esa, bir kalimaning ikkinchi kalimaga tayanishi, ammo bunda ikkinchi ism birinchi ism tanvinining o’rinini egallaydi. Mana shuning uchun izofadagi ismlar tanvinsiz bo’ladi. Izofaga kirgan ikkilik va ko’plik nunlari hazf qilinadi, hamda tanvin tushirib qoldiriladi. Tanvinning tushib qolishini misoli quyidagicha هذا صاحبُكَ (haza sohibuka) asli esa, صاحبٌ لَكَ (sahibun laka), izofaga kirgani uchun tanvin hazf qilinganligi ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, Ikkilik nunining hazf qilinishi misoli quyidagicha: هذان غلاما زيدٍ va هذان إبناهُ . Buning misoli qur’onda ham kelgan: تَبَّتْ يَدَا أبِي لَهَبٍ وتَبْ . Asli esa غلامان ، إبنان va يدان edi, ikkilik nunlari izofaga kirgani sababli hazf qilingan. Ko’plik nunining misoli esa quyidagicha: حمى الله محرِّرِي الوَطَنِ . Asli esa, محررين edi. Nunlar izofaga kirgani uchun hazf qilingan.
Agar ismning ohiridagi nun ikkilik yoki ko’plik nuni bo’lmasa, ular hazf qilinmaydi.
Masalan:

مأمونُ العاقبةِ va بساتينُ الشامِ


Izofaning ikkinchi qismi doimo majrur (kasrali) bo’ladi. Uning nimaning ta’sirida kasrali bo’lgani haqida ikki hil fikr bor. 1. Muzofning ta’sirida va bu to’qri fikrdir. 2. Taqdiridagi من ، لِ va في harflari ta’sirida.
Izofaning ma’nolari.
Agar muzof ilayhi muzofning jinsidan bo’lsa, izofa مِنْ ma’nosida bo’ladi.
Masalan:
خاتمُ فِضَّةٍ va ثوبُ حريرٍ
خاتمٌ مِنْ فِضَّةٍ va ثوبٌ مِنْ حريرٍ
Agar muzof ilayhi iuzof ifoda qilayotgan ishning bajarilishi vaqtini bildirsa, izofa فِي ma’nosida bo’ladi.
Masalan:
قِيامُ اللَّيْلِ va صِيامُ نَهارٍ
قِيامٌ في اللَّيْلِ va صِيامٌ في نَهارٍ
Agar izofa مِنْ (min) va فِي (fi) ma’nolarida bo’lmasa, لِ (li) ma’nosida bo’ladi.
Masalan:
كتابُ محمدٍ va لجامُ الفرسِ
كتابٌ لمحمدٍ va لجامٌ للفرسِ
Bu turdagi izofa egalik yoki tegishlilik ma’nolarini bildiradi.
Masalan:
مالُ زيدٍ va حصيرُ المجدِ
Izofaning lafziy va ma’naviyga bo’linishi:
Lafziy izofa.
orqali hosil qilinadi. Mazkur 4 morfologik ko‘rsatkichlar ikkilik son kategoriyasini ifodalaydi. Ma’no jihatdan ikkilikni ifodalaydi. So‘z oxiri qanday tugashiga qarab 4ta qo‘shimchadan biri qo‘shiladi. كِتَابَانِ - كِتَابٌ kitob – ikkita kitob, قَلَمٌ قَلَمَانِ - qalam – ikkita qalam علي كل إنسانٍ أن يحترم الوالدين في كل حال و خين. Har bir inson ota-onasini har qanday holatda va har qanday vaqtda ham hurmat qilishi kerak. تَانِ - oxirgi morfologik ko‘rsatkichi ةٌ tanvin damma bo‘lgan muannas jinsli so‘zlardan ikkilik ma’nosini ifodalaydi. مَرْأتَانِ - مَرْأةٌ ayol – ikkita ayol, كُلِّيَّتَانِ - كُلِّيَّةٌ fakultet – ikkita fakultet. رقب الرجل ما اشترت المرأتان البسة الجميلة لبنتيهما في الدكان. (bir) kishi ikki qizlariga chiroyli kiyimlarni sotib olgan ikki ayolni kuzatib turdi.

Yakuniy qism

10 daqiqa

Dars yakunida o’qituvchi o’quvchilar bilimini qisqa savol-javoblar orqali baholadi. Uyga vazifa qilib, keyingi dars bilan tanishish hamda mavzuni o’qib kelish topshirildi.





Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling