Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
115
Tez etar tiyg‘ing Navoiy ishqini,
Garchi o‘t o‘char, agar su sochilur. 
190 
Qaysi bir ko‘kning yuzingdek mehri olam tobi bor?!
Qaysi gulshanning shamolingdek guli serobi bor?! 
Zulfidin, ey zaxmliq ko‘nglum, qutulg‘ung yo‘qturur
Kim, sening har halqayi zulfungda bir qullobi bor. 
Zulfu yuzidin dam urmang, tun bila kun chashmasi
Kim, bu sunbul birla gulning o‘zga obu tobi bor. 
Ne uchun har dam sarig‘raqtur yuzumning oltuni,
Bovujudikim yuzida ashkdin siymobi bor. 
Sajda gar aylar malak, ne tongkim ul oy qasrining
Kungire shaklidin atrofida ko‘p mehrobi bor. 
Davlati zohirki, mahbub aylading, tark aylakim,
Qaydinga zulfini «dol»u «lom»idin asbobi bor. 
Yuzu la’lingdin Navoiy bexud o‘lsa so‘rmag‘il,
Bir itingdurkim, sahar vaqtida shakkarxobi bor. 
191 
Ulki yuz mendek jahonda volavu shaydosi bor,
Nechakim bordur niyozim, nozu istig‘nosi bor. 
Dam-badam ko‘nglum berib jon naqdi istar vaslini,
Olloh-Olloh, telba ko‘nglumning ajab savdosi bor. 
Ko‘nglakim qonlig‘ tuganlar o‘rnidin gul-gul erur,
Ul katondekkim, yuzida har taraf tamg‘osi bor. 
To o‘qung yomg‘ur kebi keldi, ko‘zum bo‘lmish sadaf,
Bovujudi ulki durdin yuz sari daryosi bor. 
Jon berib, darding olib ko‘ksumda asrarmen, ne ayb,
Asrasa sanduq aro ulkim samin kolosi bor. 
Bo‘lma emin charx davridin muraqqa’po‘sh deb
Kim, quyoshdin bu muraqqa’ ichra o‘tlug‘ tosi bor. 
Itlaring bo‘lmish Navoiy ko‘ngli uchun mehmon,
Bu kecha ul ko‘y aro ko‘rkim, ajab g‘avg‘osi bor. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
192 
Yana g‘arib gule jonima jafo qiladur,
Yana ajab tikane ko‘nglum ichra sanchiladur. 
Yana bir o‘zgacha ishq ikki ilgi zo‘ridin
Bag‘ir bila yuragim bir-biridin ayriladur 
Qaladi, vahki, o‘tundek so‘ngaklarimni sipehr,
Bu yangi o‘tqaki tan kulbasida yoqiladur. 
Firoq kojlari birla, vahki, ne o‘tlar
Bulutdek ashkfishon ko‘zlarimga choqiladur. 
Sirishk ayladi xokiy tanimni andog‘kim,
Qadam qo‘yay desa uyqu ko‘zumga, toyiladur. 
Qochar bu telba ko‘ngul, yana voqif o‘l, ey aql
Ki, tolpinur ko‘pu ko‘ksum shikofi ochiladur. 
G‘arib qissa erur ishqkim tuganmadi hech,
Agarchi bo‘lg‘ali olam binosi aytiladur. 
Navoiy, ahli junun qaydi yor zulfi emish,
Xirad tanobini uz, band agar bu silsiladur. 
193 
Maydin ayru gul emas go‘yyo erur gulgun harir
Kim, kesib gul hay’ati birla sepipturlar abir. 
Bazm emas bog‘ ichra maysizkim, hunarvar ilgidin
Bo‘ldi rangin mum har qolab bila hay’atpazir. 
To qizitmaydur qulog‘ni may guli yakson erur
Bulbul og‘zidin safiru bog‘ eshigidin sarir. 
Soqiyo, jonimg‘a yettim tavbadin, joning uchun
Bo‘l manga bir lab-balab paymona birla dastgir. 
Bodaekim, yetgach og‘zimg‘a, chiqarg‘ay nash’asi
Taqvoyu islomu aqlu zuhd jonidin nafir. 
To bo‘lub rasvo yana bir jom uchun mug‘ ko‘yida
Har zamon o‘zumni kofirlarg‘a qilg‘aymen asir. 
Ey Navoiy, ma’siyat uzrida o‘lsang yaxshiroq,
Zuhd ujbidin mukaddar bo‘lg‘ucha lavhi zamir. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling