Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
Solik ersang tashla ma’lumungniyu osuda bor. 
Yuzin istarsen, Navoiy, qochma zulfi fikridin
Kim, sen istar ayshning ummidi bu qayg‘uda bor. 
198 
Yuzungda zarvaraq har yonki lutfi benihoyatdur,
Jamoling mushafida har biri go‘yo bir oyatdur. 
Sochingda zarfishon chehrang zalolat shomida har yon
Tajalliy mash’alidin yorug‘an sham’i hidoyatdur. 
Yuzungda nil xoli ravza ichra nilufar shibhi, 
Binafsha gulshan ichra yuzda nilingdin kinoyatdur. 
Ko‘ngul saydig‘a ochma sunbulung domin yuz ochqilkim,
Gul o‘q ochilsa qayd etmakka bulbulni kifoyatdur. 
El ichra ko‘pturur afsona Laylo husnidin, lekin
Sening husnungg‘a tashbih etmak ani ne hikoyatdur. 
Ko‘ngul qonin ko‘p ul xunxora ko‘z ichti, emas go‘yyo
Yuzung gulgunadin gulgunkim, ul qondin siroyatdur. 
Dema tush vaqti ul yuz kundin ortuqtur, muni ko‘rgil
Kim, ul yondin nihoyat bo‘lsa, bu yondin bidoyatdur. 
Erur bedod, borinda tarahhum, do‘stdin yuz hayf
Angakim, shukr borinda ishi doim shikoyatdur. 
Navoiyg‘a ko‘ngul berdingki, jonin olg‘asen bir kun,
Erur o‘z naf’i, shahdin gar raiyatqa rioyatdur. 
ZYe HARFINING ZYeBOLARINING ZIYNATI «G‘AROYIB»DIN 
 
199 
Jahoni buqalamun ichra tushmish elga gudoz,
Magarki tosig‘a o‘t yoqti charxi shu’badaboz. 
Bu turfaroqki, munungdek tamug‘ aro tushmish,
Samuru qoqum uchun olam ahlig‘a taku toz. 
Ne ko‘kka chiqmoq erur dolboyu o‘tag‘a bila 
Ki, bolu par bu esa, mumkin ermas ul parvoz. 
Ne garmlig‘ni qo‘yar, ne fusurdalig‘ni bashar


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
Nechaki kuyub erir o‘tu muz kebi qishu yoz. 
Falak arusida yo‘q mehru dilrabolig‘ ko‘p
Nechukki husnu jamol ahlig‘a vafo bila noz. 
Egilib o‘psa yer ahli g‘urur hurmat uchun,
Shabih erur anga mutlaqki mast qilsa namoz. 
Xush ul jaridaki, bir nav’ qilsa sayru suluk
Ki, soya hamqadam o‘lsa anga, kamar hamroz. 
Navo agar tilasang, tut qiroqki, igri bami
Ne ko‘p taponcha yeru ne biyik chekar ovoz. 
Navoiy, yor ila bo‘lkim, budur haram vasli,
Maqoming o‘lsa Ajam yo Iroq yoki Hijoz. 
200 
Rafiqlar, meni mahzun nechuk bo‘lay g‘amsiz
Ki, ko‘nglum ermas alamsiz, ko‘zum emas namsiz. 
Sinuq ko‘ngulda chu yo‘q shodlig‘, sog‘inurmen
Ki, yo‘qturur bori olamda bir ko‘ngul g‘amsiz. 
Demangki, hajrda may hamdam o‘lsa g‘am kam o‘lur
Ki, samdurur, dam emas, boda yoru hamdamsiz. 
Xush ulki, yor firoqiyu yo ko‘ngul g‘amidin
Tamom umrida bir lahza erdi motamsiz. 
Ko‘ngul g‘amini deb ahbob, rahm qildi habib,
Mening jarohatim erdiki, qoldi marhamsiz. 
Ko‘zumdin etmagil, ey sarv, hech jonib mayl
Ki, yaxshiroq ko‘runur sarvkim, bo‘lur xamsiz. 
Navoiyni vara’u zuhd qaydi o‘zlugidin
Xalos qilmadi, ey ishqu may, magar ham siz. 
201 
Tirguzur har xastani bir noz ila ul dilnavoz
Chun yetar men xastag‘a navbat, qilur yuz nav’ noz. 
Zohido, har dam demakim mazhabingda bor qusur, 
Qaysi masjidda qilib erdim sening birla namoz?! 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling