Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
Kim, xayoli maskani ko‘zum ravoqidur hanuz. 
Ishq ila may tarkin, ey nosih, ne nav’ aylay qabul
Kim, ko‘ngulga orzu ul turfa soqiydur hanuz. 
Furqat o‘ti dofii dog‘ o‘rtamakdur demakim,
O‘rtagan jonim ul oy dog‘i firoqidur hanuz. 
Charx yolg‘iz qilmadi Farhod qonin lolazor,
Lola qonin to‘kkuchi aning nifoqidur hanuz. 
Ey Navoiy, garchi meni mehrsiz der erdi yor,
O‘zga bo‘ldi yoru mehri menda boqiydur hanuz. 
206 
Xurram o‘ldi bog‘u bir guldin ichimda g‘am hanuz,
Kuldi har yon g‘unchavu ko‘nglum ishi motam hanuz. 
Bulbul o‘ldi gul harimi hirmanining mahrami,
Gul uzorim ko‘yida men telba nomahram hanuz. 
Chiqti tuz har naxl uza bir ishqpechon chirmashib,
Vahki, bir qad ishqidin jismimda pechu xam hanuz, 
Ochti savdo daf’ig‘a sunbul musalsal turrasin,
Ohkim, bo‘ynumda zanjiri junun muhkam hanuz. 
Soqiyo, rahmiki tortib lola sog‘ar dam-badam,
Lolagun sog‘arg‘a men bo‘lmay dame hamdam hanuz. 
Faqr naxlidin guli maqsud uzmak istama, 
Yetmay anda ohu ashkingdin havovu nam hanuz. 
Bir so‘zin istab Navoiy o‘ldi, vahkim, yetmamish
Huqqayi yoqutidin ko‘nglumga ul marham hanuz. 
207 
Sayl un chektiyu savdo menda bepoyon hanuz,
Dasht sarsabz o‘ldiyu men telba sargardon hanuz. 
Gunbadin qildi imorat g‘unchaning yoz yomg‘uri,
Telba ko‘nglum uyi savdo saylidin vayron hanuz. 
Har qurug‘ shox o‘ldi dasht uzra sabodin hullapo‘sh,
Tinmag‘ur jismim junun vodiysida uryon hanuz. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
Tong nasimi birla nayson yomg‘uri ne sudkim,
Ohu ashkim dahr aro har dam solur to‘fon hanuz. 
Yong‘il, ey Isodamim, husnung bahori haqqikim,
Bordurur muhlik jununumg‘a davo imkon hanuz. 
Ne osig‘ har oq gul o‘lsa marham uchun bir momuq,
Chunki chiqmaydur yaramdin g‘unchadek paykon hanuz. 
Dasht hayvoni qocharlar suhbatimdin ram qilib,
Aqli yo‘q nosih gumon aylar meni inson hanuz. 
Kom yetkurmak g‘animat angla hojat ahlig‘a, 
Ey g‘aniy, bu damki koming birladur davron hanuz. 
Shayx man’ aylar junun har dam Navoiyg‘a, ko‘rung
Kim, bahor ayyomida oqildur ul nodon hanuz. 
208 
Ko‘yung borida qilman jannatqa guzar hargiz,
Qadding qoshida solman tubiyg‘a nazar hargiz. 
O‘qungg‘a ko‘ngul moyil, mujib nedur, ey qotil
Kim, o‘tkanidin bo‘lmas ko‘nglumga xabar hargiz. 
Bu jismi nizor ichra ko‘nglumni gumon qilmang,
Shoxeki, qurur, anda kim ko‘rdi samar hargiz?! 
La’lingda malohatdin jon komidadur lazzat,
Bu ta’m qachon bergay tuz birla shakar hargiz. 
Ko‘ngliga fig‘onimdin rahm o‘lmasa, ey bulbul,
Gul g‘unchasig‘a bormu nolangdin asar hargiz. 
Pil o‘lsa sening xasming, desangki zarar topmay,
Bir pashshag‘a olamda yetkurma zarar hargiz. 
Maxlas tilasang g‘amdin dahr ichra Navoiydek,
Qo‘ymag‘asen ilgingdin sog‘arni magar hargiz. 
209 
Zamone garchi yodim qilmas ul nomehribon hargiz,
Fig‘onkim, yodi chiqmas xotirimdin bir zamon hargiz. 
Oti og‘zim aro mazkur, o‘larmen ohkim, bo‘lmay
Otim og‘zig‘a bir mazkur o‘lurg‘a komron hargiz. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling