Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
139 236 Bizga olam bog‘idin ul sarvi gulruxsor bas, Goh andin jilva, gohe davlati diydor bas. Yog‘lig‘in zaxmimg‘a bog‘larg‘a ne haddim istamak, Qilsa lutf andin muni tikmak uchun bir tor bas. Men kimu zulfung tamannosi, agar kufr istasam, Itlaring bo‘yni tanobidin manga zunnor bas. Hajr o‘tidin sindi ko‘nglum istaman qasring panoh, Soya bir ko‘ngli buzulg‘ang‘a buzug‘ devor bas. Ko‘zda bir uyquni ko‘rsam, uyquda ko‘rsam seni, To ajal uyqusi ushbu davlati diydor bas. Voizo, men osiy erman huru jannat loyiqi Mug‘bacha soqiy, maqomim kulbayi xammor bas. O‘zlugungdin o‘zni salb etsang g‘araz bir gomdur, Ey Navoiy, qilmag‘il bu shevani zinhor bas. 237 Manzilekim, ul pariypaykarni ko‘rdum bir nafas. Gar ani topman hamul manzilni qilsam tavf, bas. Rangsiz xoli yuzining zebidur, vahkim, degay: Husni xonig‘a keraklik muncha bo‘lg‘ay bir adas. Bandi zulfung bo‘ynuma tushkach halok etti meni, Itka, jono, hech kim o‘lturgali taqmas maras. Ishqing ichra bulhavas gar desalar, yo‘qtur g‘amim, Bok yo‘q bu ta’ndin bo‘lsa manga vasling havas. Ashk bahrinda agar jismim g‘ariq ermas, ne tong, Yo‘q anga ul vaznkim cho‘mg‘ay tengizga tushsa xas. Bu chamanning gullariga yo‘qtur, ey bulbul, vafo, Avlo ulkim, aylasang gulbong chekmaklikni bas. Chora ne bo‘lg‘ay Navoiyg‘a firoqing shomida, Gar xayoling bo‘lmasa bechoralarg‘a choraras. 238 Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 140 Fig‘onkim, ko‘nglum olg‘an dilbarim dildorlig‘ bilmas, Bilur oshiqni g‘amgin qilmoqu g‘amxorlig‘ bilmas. Nechuk dey yor emas, dushman demak bo‘lmas, xud aytaykim, Erur xud yor ul, ammo tariqi yorlig‘ bilmas. Ko‘ngulda zorlig‘ birla fig‘on ko‘yungda ayb etma, Gadoyi xastaedur juz fig‘onu zorlig‘ bilmas. Og‘irroqdur firoqim tog‘idin baxtimning uyqusi Ki, nolam bo‘ldi rustoxezu ul bedorlig‘ bilmas. Bo‘lub majnun pariydek itmisham, nevchunki yorim ham Pariypaykardur, ammo g‘ayri majnunvorlig‘ bilmas. Ketur, ey soqiyi mahvash, manga bir sog‘ari dilkash, Ki, davron yorlig‘, aflok juz g‘addorlig‘ bilmas. Qazo ilgi tilarmen yer bila hamvor qilg‘aykim, Zamon ahli zamondek g‘ayri nohamvorlig‘ bilmas. Mening yorimda anedurki, andin o‘rtanur jonim, Ki, ani har quyosh yuzlug shakarguftorlig‘ bilmas. Navoiy ko‘zlarining mardumidin javri qon to‘kti, Darig‘ ul sho‘xi mardumkushki, mardumdorlig‘ bilmas. 239 Chok etib ko‘nglumni ochilsun demak imkon emas, G‘unchani amdon ochib, gul aylamak oson emas. Dema zohidkim, nedin hayronsen ul ruxsorg‘a, Olam ichra bir kishi topkim anga hayron emas. Qatra sulardur ko‘ngul o‘tig‘a taskin bergali Kim, ul oy yog‘durdi qoshi qavsidin paykon emas. Hajr dashtida quyundekmen, vale ul men kebi Xoksoru bodapaymo dag‘i sargardon emas. Garchi husnung ko‘zgudin kirdi temur qo‘rg‘on aro, Mehrdek oyinagun, aflokdin pinhon emas. Gul vafosizlig‘larini sharh etar ming daston, El gumon qilg‘an kebi bulbulda ming daston emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling