Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
Pok lafz ayturg‘a og‘zing pok qilkim, hayfdur
Yaxshi so‘z borinda surgay nuktayi mazmum og‘iz. 
Ey Navoiy, maxlas istar bo‘lsang el til, og‘zidin
Nazmdin ham tilni tiyg‘il, nasrdin ham yum og‘iz. 
221 
Ul pariy ko‘yida men devonani band aylangiz,
Band-bandim zulfi zanjirig‘a payvand aylangiz. 
Xalq tarki ishqi aylarga meni dilxastani,
O‘lturub olam eliga mujibi pand aylangiz. 
Telba ko‘nglum topsangiz, ey yor ko‘yi itlari,
To‘sh-to‘shidin tishlabon parkand-parkand aylangiz 
Bodayi ishq asru mast etmish meni, ey do‘stlar,
Jomima afyun ezib bir dam xiradmand aylangiz. 
Yig‘lasam achchig‘ malul o‘lmoq nedur, ey xo‘blar,
Hazl uchun gohe boqib, siz ham shakarxand aylangiz. 
Ishq bahrida duri vasl istamang, ey ahli dard,
Ko‘nglunguz ul naqdi yodi birla xursand aylangiz. 
Qilsangiz tasviri Laylo husnin ul oydek sizing,
Lek Majnunni Navoiy birla monand aylangiz. 
222 
G‘am yuki qilmaydurur yolg‘uz meni mahzunni ko‘j.
Ham bu yuk qilmish edi Farhod ila Majnunni ko‘j. 
Qildi chun Farhod ila Majnun qadin xam, ne ajab
Yuz alarcha za’f ila gar qilsa bu mahzunni ko‘j. 
Yuk agar budur ne Farhodu ne Majnunu ne men,
Rost, gar dersen bu yuk aylab turur gardunni ko‘j. 
Vah, ne yukdur buki gardun qomatin ko‘j ayladi,
Uylakim gardunning ostida ko‘rarsen «nun»ni ko‘j. 
Yuzi mahtobida mushkin qoshi nevchun ko‘j erur,
O‘g‘riliq gar qilmadi ul hinduyi mavzunni ko‘j. 
Egrilikka shuhra bo‘lmoq istamassen, aylama


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
Ahli isyon xizmatida qaddi benuqsonni ko‘j. 
Gar Navoiy ko‘j erur shah xizmatida ne ajab,
Chunki qilmish qullug‘i Jamshidu Afridunni ko‘j. 
SIN HARFINING SIYMINBARLARINING SAVDOSI «G‘AROYIB»DIN 
223 
Dahr sudidin tama’ uzkim, ziyone besh emas,
Umrni tutqil g‘animatkim, zamone besh emas. 
Uy bino aylab ajabtur elni mehmon aylamak,
Ulki bu uy ichra besh kun mehmone besh emas. 
Qo‘y tavonolig‘ so‘zin, yod et ajal xorinki, bil
Pashshalar nishi qoshinda notavone besh emas. 
Kir fano dayridakim, har shayxu yuz savdo anga,
Ulki otin xonaqah qo‘ymish, do‘kone besh emas. 
Eyki, bo‘lmish xil’ating zarbaft bori bilkim, ul
Ma’no ahlin kuldururga za’farone besh emas. 
Mehr toju charx taxting bo‘lsa g‘ofil bo‘lmakim,
Mehr bemehru falak nomehribone besh emas. 
Shahg‘a ish el fikrini qilmoqdur ulkim, zeb kim?
Bir surug qo‘ydur ruoyo, ul sho‘bone besh emas. 
Gar Navoiy istadi avvoralig‘, ey ahli hush,
G‘am yemang devonayi behonumone besh emas. 
Avji davlat uzra bo‘lsun doimo Bilqisi ahd
Kim, Zuhal qasrida har tun posbone besh emas.
224 
Ne ajab gar nuql tuxmi g‘am qushin rom aylamas, 
Mast chun bir dam ovuch qoqmoqdin orom aylamas. 
Tun quyoshqa yovuy olmasdekdur ulkim, may sari
Tiyralik shaxsi azimat bir-iki gom aylamas. 
Fikru g‘am qochmoqqa maydin istasang ravshan dalil,
Shayx yo zohid nedurkim boda oshom aylamas. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling