Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
141 Ey Navoiy, ul pariydin odamiylig‘ ko‘rmasang, Ayb emas, ul hurdur yoxud malak, inson emas. 240 Xo‘blarg‘a meng ul oyning toza qulluq dog‘i bas, Ko‘zlariga surma ko‘yining qaro tufrog‘i bas. Besutun sayrini naylaykim, manga egnimdagi Ko‘k ravoqig‘a sutun bo‘lg‘an malomat tog‘i bas. Chun tanim zog‘u zag‘ang‘a tu’ma bo‘ldi, ey sipehr, Yuz balo qullobin olg‘ilkim, alar tirnog‘i bas. Shohu toju xil’atikim, men tamosho qilg‘ali O‘zbagim boshida qalpoq, egnida shirdog‘i bas. Go‘shayi mayxonadin gulshang‘a bormankim, manga Gul uza nasrin — mayi gulrang uza kup yog‘i, bas. Yoshing ellik bo‘ldi, yuz qo‘yg‘il fano tufrog‘ig‘a Kim, shabob ayyomi ayshu beadablig‘ chog‘i bas. Gar Navoiy holig‘a ul sho‘x boqmas rahm ila, Goh ibrat birla ham ul yon nazar solmog‘i bas. 241 Sendegu kiygan shabandarro‘z hullangdek emas, Kechavu kunduz libosin kiysalar oyu kunas. Ishq sargardonlari boshimg‘a evrulmak ne tong Kim, bu vodiyda quyunmen, ul jamoat xoru xas. Ishq eli ko‘nglum fig‘onidin topar maqsadg‘a yo‘l, Dasht aro har yon oziqqanlarni charlar bu jaras. Zulf aro xoling ko‘ngullar xaylini toroj etar Qalb shabravlar libosin kecha olg‘andek asas. Oq uyidin hech jonib ul pariy qilmas havo, Ne ajoyib, qushqa, ko‘rkim, ne munosibdur qafas. Sidq ahli ohidin, ey husn sham’i, vahm qil Kim, kavokib sham’in etti tiyra subh urg‘ach nafas. Dayr piri mast etib, ko‘nglumni oldi mug‘bacha, Qilmang, ey ahbob, mug‘ dayri tamoshosin havas. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 142 Bosh oqarib yuz qoralig‘dur yana tarki adab, Do‘st g‘ayrat aylamasdin burna qil isyonni bas. Taq Navoiy bo‘ynig‘a desam tanobi zulf, der: Ko‘y iti bo‘ynig‘a kim taqqandurur mushkin maras. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling