Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
Ishq aro ko‘nglumni ul yuz mehridin man’ aylamang
Kim, emas mumkin samandar o‘tdin etmak ehtiroz. 
Bir kun ohimdin o‘shul badmehr ko‘ngli yumshag‘ay,
Nechakim po‘lod erur qattiq topar o‘tdin gudoz. 
Yo rab, oxir netgamen ul sho‘xi badxo‘ birlakim,
Zulm etar, qilsam tazallum, noz etar, qilsam niyoz. 
Charxi minoyiy xati sirrig‘a hamroz istama 
Kim, bu xat mazmunidin dam urmay o‘tmish ahli roz. 
Ey Navoiy, sen base oludadomansen, magar
Ishq ul pok ila o‘ynarsenki derlar pokboz. 
 
202 
Ramida ko‘nglum erur ishq mubtalosi hanuz,
Boshimda bordurur ul sarvqad havosi hanuz. 
Yuzung firoqida har bir ko‘zum mening bir dog‘
Qo‘yupturur, vale tushmaydurur qarosi hanuz. 
Faqih qildi duo «Ishqdin qutulg‘il» deb,
Qabul qurbida ermas emish duosi hanuz. 
Nechuk tama’ qilayin mehr ila vafosinkim,
Haqir jonima darxo‘rd emas jafosi hanuz. 
Halok o‘qi ko‘zung urmish ko‘ngulga tonmaki, bor
Yonida kirpiku qoshingdin o‘qu yosi hanuz. 
Haloking o‘lg‘ali jon ko‘z qorardi, vah, yuz ochib,
Qoradin ani chiqarg‘ilki, bor azosi hanuz. 
Sipehr zulmidin ul nav’ motamidur subh.
Ki, umrlar o‘tubon chok erur yaqosi hanuz. 
Navoiy jon berur, ul muddaiyni mahram etar,
Bu ishcha yuz ming emastur aning sazosi hanuz. 
203 
Jamoateki, junun man’ini manga qilasiz,
Tosh otibon ne uchun telbalarga qotilasiz? 
Keting, ko‘ngul bila jonkim, vidoingiz qildim,
Firoq agar budurur, erta kunni kech qilasiz. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
Firoq vaqtidur, ey ko‘zlar, emdi qon yig‘lang,
Bilurmusizki, bukun ne kishidin ayrilasiz? 
Ko‘zum haqini bihil qildim, ey javohiri ashk
Ki, bore ham aning-o‘q maqdamig‘a sochilasiz. 
Firoq nishlari, vahki, yana rahm etmay,
Nafas-nafas nega majruh ichimga sog‘ilasiz? 
Ko‘ngul fasonalari, sizni, vah, netib yashuray,
Bu nav’kim, yuz uza qon yosh ila yozilasiz. 
Navoiy hajrg‘a qoldi, qiling visolda shukr
Jamoateki, sevar yoringiz bila bilasiz. 
204 
Navbahor ayyomi bo‘lmish, men diyoru yorsiz,
Bulbul o‘lg‘andek xazon fasli gulu gulzorsiz. 
Goh sarv uzra, gahe gul uzra bulbul nag‘masoz,
Vahki, menmen gungu lol, ul sarvi gulruxsorsiz. 
Tong emastur gar diyoru yorsiz ozurdamen
Kim, emas bulbul gulu gulzorsiz ozorsiz. 
Ravza ashjori o‘tundur, gullari jonimg‘a o‘t,
Mumkin o‘lsa anda bo‘lmog‘lig‘ dame dildorsiz. 
May chu berding zulf ila band et meni, ey mug‘bacha
Kim, xush ermas mug‘ bila ichmak qadah zunnorsiz. 
Topmaduq gulrang jome bexumor, ey bog‘bon,
Vahki, bu gulshan aro gul butmas ermish xorsiz. 
Ahli zuhd ichra Navoiy topmadi maqsadqa yo‘l,
Vaqtingizni xush tutung, ey jam’kim, xammorsiz. 
205 
O‘zga bo‘ldi yoru mehri menda boqiydur hanuz,
Notavon ko‘nglumda ul oy ishtiyoqidur hanuz. 
Garchi o‘zga yor istar xotirim, bordur valek
Jon anga manzil, ko‘ngul aning visoqidur hanuz. 
G‘ayr ishqi ko‘nglum uyinda nechuk qilg‘ay nuzul


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling