Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
Zahra yo‘q, mujib so‘rarg‘a bo‘lmasun, yo rab, kishi
Muflisu oshiq, sevar dildori mustag‘niyu mast. 
Soqiyo, bu ishga bexudlug‘din o‘zga yo‘q iloj,
Mujda mug‘ ko‘yiga yetkurgilki, bo‘ldum mayparast. 
G‘arq o‘lay may bahri ichra rost o‘l g‘oyatqacha, 
Kim solib bo‘g‘zum aro chekkay ajal qullobi shast. 
Ey Navoiy, jurm uzri dashtida qil po‘yakim,
Yaxshi ermas zuhd zanjirig‘a bo‘lmoq poybast. 
77 
Subh erur soqiyu men maxmurmen, sen mayparast,
Tut quyoshdek jomni, moni’ nedur bo‘lmoqqa mast. 
Tiyra shomi hajr aro, vah, asru ko‘p chektuk xumor,
Mast o‘lali bu nafaskim, vasl subhi berdi dast. 
Kun biyik chiqquncha ho‘yu nolani past etmali
Ko‘p biyik chiqqay bugunkim bo‘lg‘abiz biz yerga past. 
Anjuman ahli yuzin gulgul qilali may bila,
Mehrdin topquncha anjum gullari bir-bir shikast. 
Charx motam yetkurur, biz dag‘i oncha yig‘lali,
Kim, kuhan g‘amxonasi ul sayldin qilsun nishast. 
Gar shafoatqa maloyik kelsa, nomahram debon,
Mehr shaklidin falak yo‘lin qilali xorbast. 
Tong emas bo‘lsa Navoiy mast to shomi abad,
Kim, azal subhida bo‘lmish qismati jomi alast. 
78 
Junun toshi urub har yon yangi dog‘imni afgor et,
Ichimdin loladek, ishq ichra toshimni namudor et. 
Chu majnun qilding emdi, ey mug‘anniy, go‘shatobingni,
Ko‘ngul savdosi taskini uchun bo‘ynumg‘a tumor et. 
Desang, ko‘nglum qushi aylab, havo chekkay navoyi ishq,
Xadanggingning parin aylab qanot, paykonni minqor et. 
Soching kufrida o‘lsam qabrim uzra qo‘yma xirqamni,
Chekib har torini bir barhaman beliga zunnor et. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
Ko‘ngul ayvonida ohim yelidin pardayi ishqing
Desangkim, uchmasun mujgondin atrofig‘a mismor et. 
Desang og‘zin ko‘ray, ey aql, markaz nuqtasin ista,
Vale shart ushbukim, avval quyosh davrini pargor et. 
Imorat tarhidur na’lu alifdin har taraf ko‘ksum,
Vafo qasrin qo‘parsang, bu binolar uzra devor et. 
Erur maqsad yiroq, vodiy uzun, tun tiyra, yo‘l burtoq,
Bu yo‘lda salb etib o‘zluk yukin, o‘zni sabukbor et. 
Navoiy o‘lsa tirguzgil, yuziga yuz qo‘yub, ya’ni
Yuziga su urib ul uyqusidin ani bedor et. 
79 
Vujudum o‘rtading, ey ishq, emdi tarkim tut,
Xudoy uchunki, meni qayda ko‘rdung anda unut. 
Ko‘ngulni vasl charog‘i bila, deding, yorutay,
Tutashti chun bizning uy emdi o‘zga uyni yorut. 
Chu vasl kuymak ila hosil o‘lmadi, ey ko‘z,
Tahassur ashki bila shu’lalig‘ ko‘ngulni sovut. 
Jununi daf’ig‘a ko‘nglumni dog‘ etay debsen,
Bu dog‘ sahldurur, hajr dog‘idin qo‘rqut. 
Buxori ohim erur loyiq, anglagil, ey ashk,
Bahori husnig‘a nogah keraklik o‘lsa bulut. 
Ne voqi’ o‘lsa chu taqdirdin emas xorij,
Bas o‘ktadur qiluridin kishiga bermak o‘gut. 
Navoiyyo, bu o‘tar olam ichra besh kun qil
O‘zungni may bila mashg‘ulu ishq birla ovut. 
80 
Ko‘nglum oldi bir pariypaykar malaksiymo yigit
Kim, bani odamda andoq bo‘lmamish paydo yigit. 
Oti sarkash, to‘ni zarkash, husni dilkash, nutqi xush,
Ko‘rmaduk bu nav’ mahvash chobuku ra’no yigit. 
Ishqida ko‘zu ko‘ngulning bir-biridin rashki bor,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling