Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


TYe HARFINING TOROJGARLARINING TAMOShOSI «G‘AROYIB»DIN


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

TYe HARFINING TOROJGARLARINING TAMOShOSI «G‘AROYIB»DIN 
69 
Qasri johingg‘a sipehr avjida ayvon bo‘ldi tut,
Ham sipehr osibidin yer birla yakson bo‘ldi tut. 
La’li rummonny tilarsen dam-badam ziynat uchun,
Qatra-qatra bag‘ring andin nordek qon bo‘ldi tut. 
Naf’ chun kuymaktin o‘zga ko‘rmaduk parvonadek,
Bir quyosh har tun sanga sham’i shabiston bo‘ldi tut. 
Dayr qasdi qilmag‘il har lahza oshiq bo‘lg‘ali,
Qasdi dining qilg‘uchi bir nomusulmon bo‘ldi tut. 
Istading dunyo arusin tushtagi mahbubdek,
Topmas ergach kom la’lidin pushaymon bo‘ldi tut. 
Sho‘xlar qoshin tilarsen, lek andoqkim hilol,
Jong‘a yetganda ko‘rungach ko‘zga pinhon bo‘ldi tut. 
Bir mug‘anniydin navo topmoq tilarsen, changdek
Egri qad birla ishing faryodu afg‘on bo‘ldi tut. 
Ko‘si shavkat yetti do‘zaxqa eshik qoqmoqdurur,
Bas yeti iqlim mulki uzra sulton bo‘ldi tut. 
Ey Navoiy, o‘zni jam’ et, yo‘qsa olam maxzanin
Qon yutub jam’ aylabon o‘lgach parishon bo‘ldi tut. 
70 
Ey ko‘ngul, ul ahdi yolg‘on mehr shartin qildi tut,
Ahdini poyonig‘a yetkurmayin ayrildi tut. 
Xanjari hijron bila ohir kesar chun rishtasin,
Mehr torin rishtayi joningg‘a mahkam bo‘ldi tut. 
Chun mayi vasl o‘zgalar ichmakka bois bo‘lg‘usi,
Har nafas xunobi hijron yutmog‘ingni bildi tut. 
Yo eshitmas, yo eshitkach zulmin aylar birga yuz,
Holing ul zolimg‘a yuz ming qatla bas aytildi tut. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
Dema sanchib nishi hijron yetkuray no‘shi visol,
Chun bu no‘shung o‘lturur, ul nish ham sanchildi tut. 
Motam ashki durri chun tufrog‘inga sochilg‘usi,
Gavhari anjum falakdin boshinga sochildi tut. 
Ey Navoiy, kisvati faqr ista, yo‘qsa charxning
Atlasin kiyding gumon et oqibat eskildi tut. 
71 
Kel-kel, ey qurbon ko‘ngul, ul qoshi yo mehrin unut,
Chun vafodin tortilursen ham borib bir go‘sha tut. 
Chunki ul bizni unutmog‘ni sog‘indi, yaxshi ish
Sen dag‘i kel bir nafas ani sog‘inmog‘ni unut. 
Ul quyosh har dam bo‘lur bir zarra birla garmmehr
Mehr sham’in sen dag‘i bir o‘zga oy birla yorut. 
Hayf erur har sho‘xi ra’no yuziga chun pok ishq,
Shavq o‘tin kel sen dag‘i bu ishvagarlardin sovut. 
Ey pariy, bir telba gar ovvora bo‘ldi, g‘am yema,
Odamiyvashlar bila nozuk mizojingni ovut. 
Gar ko‘zum yoshig‘a ul gul multafit bo‘lmas, ne g‘am,
Gul bulutdin tozadur, serob emas guldin bulut. 
Dahr bog‘ida giyohi mehr hargiz butmadi
Gar desangkim ko‘rmayin bemehrlik bu so‘zga but. 
Shahdi ayshing zahr etar gardun, sen ushbu jomdin,
Xoh komingni achit, xohiy mazoqingni chuchut. 
Tark qil, sen ham Navoiydek havosin, ey ko‘ngul,
Yoki har dam bir taraf maylin ko‘rub, xunoba yut, 
72 
Ohkim, ul oshno begona bo‘ldi oqibat,
Hajridin bexudlug‘um afsona bo‘ldi oqibat. 
Aqlu donish lofini urg‘an ko‘ngul yig‘lay yuruy,
Ul pariyvash hajrida devona bo‘ldi oqibat. 
Qatra-qatra shodlig‘ ashkinki sochtim vaslida,
Barcha hijron qushlarig‘a dona bo‘ldi oqibat. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling