Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
47 Yotsa gohe chirmashib, o‘ltursa gohe yondashib. Zulfi el ko‘nglin parishon aylamakka jam’ o‘lub, Turfaroq bukim, ko‘ngullarni yig‘arg‘a tarqashib. Mumkin ermas tortmoq paykonlarinkim, jism aro Har biri maskan tutupturlar so‘ngakka o‘rnashib. Chiqti zulfin solg‘ach ul chohi zanaxdondin ko‘ngul, Ankabut ul nav’kim, torig‘a chiqqay yormashib. Hajr xayli ko‘nglum ichra mo‘rdek aylab hujum, Garchi vasl ummidi yetkanda chibindek butrashib. Kuydumu ul zulf tobi rishtai jonimdadur, Sham’ toridekki kul bo‘lg‘anda turmish chirmashib. Soqiyo, qilsang himoyat g‘olib o‘lg‘um buylakim, G‘am bila ko‘nglum talashurlar ikavlon qarmashib. Qil havola durdkashlar jonibi, ey mayfurush, May chu har soat to‘kulgay jo‘sh urub kuptin toshib. Oshurub haddin Navoiy ham niyozu ajzini, Yor istig‘novu nozi har necha haddin oshib. 62 Kezarmen ko‘yida yillar nazar holimg‘a solg‘ay deb, Agar o‘ltursa qonim rangi tufrog‘ida qolg‘ay deb. Ko‘ngulga yuz tuman nish ursa hijron, aylaman nola, Visoling no‘shidin ul zaxmlar bir kun o‘ngalg‘ay deb. Ko‘ngulga novaking to kirdi behad hifzin aylarmen Ki, bu shisha ichinda ul dag‘i nogah ushalg‘ay deb. Ko‘ngulni ko‘yida yuz ranj ila mehnatqa topshurdum Ki, gar ko‘rsa bu sur’at birla shoyad ko‘nglum olg‘ay deb. Sirishkim qoni qildi ko‘yining sufrog‘in og‘ashta, Itiga shoyad ul balchig‘ bila bir uy yasalg‘ay deb. Haram vaslin tilarsen po‘ya ur mardona, ey solik, Qadam ohista chekma bag‘ring ul yelmakda tolg‘ay deb. Navoiy benavolig‘ birla doyim may ichar, bir kun Navo naqshini davron mutribi bazmida cholg‘ay deb. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 48 63 Dam-badam jomi tarab g‘ayr ila ul moh chekib, Men yiroqtin boqibon, qon yutubu oh chekib. Ne g‘amim it kebi o‘lmakdin, agar eltur esa Bo‘ynuma ip solibon ko‘yiga ul moh chekib. G‘arazim buki, unutturmag‘amen o‘zni anga, Ko‘yiga kirmagim afg‘on gahu begoh chekib. Ko‘ngluma hajr agar dard o‘qi yog‘dursa, ne tong, Gar chiqarur esa paykonini dilxoh chekib. Men adam yo‘lig‘a borman, meni lekin elitur Og‘zi shavqida ko‘ngul o‘ziga hamroh chekib. Mayi asfarki to‘kulmish qo‘yubon yuz ichsam, Qahraboni ko‘runguz jilva qilur koh chekib. Jur’asin bersa Navoiyg‘a erur o‘lgucha bas, Bazmi aysh ichra tarab sog‘arin ul shoh chekib. 64 Ne maxlasim bor aning ishqidin kanora qilib, Ne to‘ymog‘im bor aning husnig‘a nazzora qilib. O‘charga ishq o‘ti chora qil deding, ey shayx, Bo‘lurmu qismatim o‘lg‘an balog‘a chora qilib. Boshimda tiyg‘i yarasin necha debon so‘rmang, Kishi bo‘lurmu boshining tukin shumora qilib. Ko‘ngulki itti qilib tiyra xonumonimni, Qovay agar yana kelsa, yuzini qora qilib. Ko‘ngulni yara qilib ulki tikti ko‘ksimni, Yoqamni tikmak erur ko‘kragimni pora qilib. Dedimki, maykadadin xonaqah yo‘lin tutayin, Netayki, ul sari yo‘l bermas istixora qilib. Navoiy etti nihon ishqin, ey fig‘on bila ashk, Aning bu aybini naylarsiz oshkora qilib. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling