Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
Borg‘ali ul husn ganji g‘am buzug‘ ko‘nglumdadur,
Ajdaho uyi bizing vayrona bo‘ldi oqibat. 
Soqiyo, may tutki, hajr anduhidin men telbani
Forig‘ etkan sog‘aru paymona bo‘ldi oqibat. 
Chekma un, ohim ko‘r, ey Majnunki, bulbul ko‘p fig‘on
Chekti, o‘rtangan vale parvona bo‘ldi oqibat. 
Butqa gar bosh qo‘ymadim ko‘rgilki dinim tuhfasi
Dayr piri ollida jurmona bo‘ldi oqibat. 
Deding avvalkim Navoiy, seni gah-gah tirguzay,
Hech bilmankim sanga, jono, na bo‘ldi oqibat. 
73 
Jahdim andoqdur yetishgaymenmu deb vaslingg‘a bot
Kim, qabul etman og‘ir deb chiqsa egnimdin qanot. 
Sabr tog‘i birla qilmoq po‘ya bo‘lmas, ey ko‘ngul,
Tashla ul yukni yetishmak istasang vaslig‘a bot. 
Shahsuvorimning buroqi po‘yasidin qoldi barq 
Kim, aning fe’li shitob ermish, munung rasmi sabot. 
Ko‘p Masihodin dam urma, qil hayotingni tufayl
Angakim, topmish Masih aning tufaylidin hayot. 
Mehr yuz ko‘rmay o‘chashdi pardadin chiqqach yuzung,
Olg‘ali qo‘ymas sarig‘ yuzin qora yerdin uyot. 
Chun yudi ko‘zlar savodin ashk yorut yuz ochib 
Kim, diramsiz elga boy el farzdur bermak zakot. 
Ey Navoiy, xoki poyi vasfida shirin so‘zung
Bor biaynih to‘tiyo ichinda solg‘andek nabot. 
74 
Tiyra kulbamga kirib, jono, o‘lumdin ber najot,
Zulmat ichra Xizrg‘a ul nav’kim obi hayot. 
Soda ko‘nglum ichra la’lingning xayoli tushgali,
Shishaedurkim, aning ichiga solmishlar nabot. 
Orazing mehrida og‘zingdur gadolig‘ qilg‘anim,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
Haq seni xurshid qilmish, zarrae bergil zakot. 
To ko‘nguldin bosh chiqarmish har taraf paykonlaring,
Qush bolasidek bo‘lubturkim, bo‘lur temurqanot. 
Vasl ummidig‘a tilarmen umr, lekin voykim,
Sensizin ko‘rsam, tirikmen, o‘lturur meni uyot. 
Istasangkim, ul quyosh chiqqach sanga qilg‘ay tulu’,
Ey ko‘ngul, g‘am sayli yetkach, tog‘dek tutqil sabot. 
Ishqing o‘tin gar Navoiy desakim aylay raqam,
So‘zidin kuyar qalam, qurur qora, erir davot. 
75 
Ko‘zum ucharki, humoyun yuzungni ko‘rgay bot.
Biaynihi anga kirpiklar o‘lmish ikki qanot. 
Bezansa dardu balo shohidi halokim uchun,
Mijam tarog‘durur, eski tuganlarim mir’ot. 
Labing xayolida ashkim erur hayot suyi,
Firoqing ichra qorarg‘an ko‘zum anga zulmot. 
Zakot o‘lur edi yuzung jamoli naqdig‘a mehr,
Tajammul ahlig‘a yuzdin bir o‘lsa erdi zakot. 
Desangki, jonima o‘t solmag‘aysen, ey soqiy,
Takallum etma mayolud lab bila hayhot! 
Qolurlar og‘zin ochib ishq ahli po‘yamdin,
Sog‘ elga kulgu erur telba aylagan harakot. 
Labingki, jon beradur ahli dard qoni uchun,
Navoiy qonig‘a gar mayl etar mumiddi hayot. 
76 
Ey ko‘ngul, yor o‘zgalar domig‘a bo‘ldi poybast,
Senga mushkil holatu bizga qatiq ish berdi dast. 
Vasl torin chekti ul, men dag‘i chektim ohkim,
Rishtani uzdiyu bo‘ldum hajr tufrog‘ig‘a past. 
Necha bosh qo‘ydum yo‘lida, vahki, qildi poymol,
Za’flig‘ jismimg‘a zulfi toridek solib shikast, 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling