Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


  Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar  www.ziyouz.com


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

50 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
Ishqdin yonsa tanim so‘rma sabab,
Kuysa xoshok yolindin ne ajab. 
Sekridi, chunki samanding dedi aql
Barq bo‘lmish bu quyoshqa markab. 
Xo‘blar maktab aro xayli nujum,
Ul quyosh o‘rtada mohi maktab. 
Zaqaning chohu aning ostida xol,
Chohning nuqtasi, ey no‘shin lab. 
Husn aro ishvau noz el ko‘nglin
Oncha olmaski hayo birla adab. 
Nega matlub tilarsen, chunkim
Ne talabdur sanga, ne dard talab. 
Hajr aro xasta Navoiyyu fig‘on, 
Ey visol ahli, sizu lahni tarab. 
51 
Og‘zining sirri manga ma’lum agar ermas ne ayb,
Hech kimga zarrae chun bermamish haq ilmi g‘ayb. 
Oshiqu shaydolig‘imni man’ etar zohid, ko‘rung
Kim, hunar ham bor emish nodon kishi ollida ayb. 
Yoshurun qolg‘aymu ko‘ksum jaybidek chok o‘lg‘ani
Xossakim, hajr ilgidin ko‘ksum kebi chok erdi jayb. 
Ko‘zlaring birla labing andog‘ki urdi din yo‘lin,
Ne balolardin Bilol o‘tkay, ne sahbodin Suhayb. 
Zarrag‘a sadyak esa og‘zing manga yo‘q hech shak,
Chehrang o‘lg‘andek quyoshning dah sadi yo‘q hech rayb. 
Pirsiz kezma bu vodiy ichrakim, topmas Kalim
Tiyra shomin ravshan amr etmay anga xidmat Shuayb. 
Ey Navoiy, sendek etkan zoyi’ ayyomi shabob,
Sudi yo‘q anjum kebi ashki nadomat shomi shayb. 
52 
Bovujudikim adam bo‘ldum g‘amidin qayg‘urub,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
Hech og‘zining so‘rog‘in la’lidin topman so‘rub. 
Jonki, qat-qat qon bo‘luptur, dog‘i ishqing ketmagay,
Lola bargidek ani bir-bir sovursang kuydurub. 
Novaking ko‘nglumda qilmish xona bovar qilmasang
Ko‘ksuma ilgingni kelturkim, turuptur bilgurub. 
Ishqidur jon pardasida ravshan ettim, do‘stlar,
Necha kuygaymen harir ichinda o‘tni yashurub. 
Barqdek po‘yamni ayb etmang salomat ahlikim,
Mundog‘ o‘tekim, tutashibdur manga bo‘lmas turub. 
Istama tahsinki, shokirmen ne kelsa ollima, 
Shukr qilmay naylay olursen qazoni yozg‘urub. 
Chun Navoiy jonig‘a marham erur paykonlaring
Qosh, yoqsa marhame o‘qung yonimg‘a o‘lturub. 
53 
Xoki poyi bo‘ldi joni xoksorim qon yutub 
Kim, chiqib la’lini o‘pkay rishtai zulfin tutub. 
Zulfin ochqanda zanax chohig‘a tushkay ming ko‘ngul,
Qo‘ymasa ul choh uza ruxsori sham’in yorutub. 
Ishqi muhriq dashtini qat’ aylamak dushvor erur,
Kirmasam, ohim yeli birla havosin sovutub. 
Kuygali roziymenu hajrig‘a yo‘q, vahkim, meni
Ayladi roziy isitmoqqa o‘lumdin qo‘rqutub. 
Deb emish bir kun kelib ko‘ngli yarasin butkaray,
Kelsa butqil, ey ko‘ngul, bu so‘zga xud bo‘lmas butub. 
Dahr bo‘stonida qilmoq sayr aylab hoyuhuy
Harza kezmakdur hayoting qushlarini urkutub. 
Jomi vaslingdinki, elni tirguzursen, bil yaqin
Kim, Navoiy o‘lgusi xunobayi hijron yutub. 
54 
Vah, ne qotildur kelur oyini qatlu kin solib,
Oshiq o‘lturmak uchun har qoshig‘a yuz chin solib. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling