Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
43
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 37 Chobukekim, har taraf maydon aro aylar shitob, Barqi lomi’dur samandi gardi andoqkim sahob. O‘qi rashkidin erur ko‘ksum aro ko‘nglum qushi, Ul kabutarkim, qabaq ichinda qilg‘ay iztirob. Otsa o‘q ul qoshi yo yuz pech urar jon rishtasi Kim, manga hirmonu aning o‘qig‘a yetkay tanob. Nogahon otqaymu deb bir o‘q qabaq shakli bila Boshi ustiga kelur maydonda har kun oftob. Ul quyoshtin boshqa kim otqay qabaq, vah, ko‘rmaduk Axtari sa’deki, har dam zohir etkay bir shihob, Jon berurmen qayrilur chog‘da ko‘rub belida pech, O‘lsa tong yo‘q ulki, joni rishtasig‘a tushsa tob. Kimki sarkashrak, havodis o‘qig‘a ko‘prak hadaf, Ushbu holatni qabaq ahvolidin qilg‘il hisob. Ey Navoiy, chun o‘qi har dam falak mayli qilur, Sen oti gardiga qoni’ bo‘lki, bordursen turob. 44 Havo xush erdiyu ollimda bir qadah mayi nob, Ichar edim vale g‘amdin qadah-qadah xunob Ki, hozir erdi o‘shul sarvu nargisi maxmur, Valek rag‘mima qilmas edi qadahg‘a shitob. Manga ne zahrayi ulkim, desamki, bir qadah ich, Ne onsiz ichkali may, ne qarori toqatu tob. Bu g‘ussa birla ichim qon bo‘lub nechukki qadah, Ko‘zumga har nafas ashk evrulur misoli hubob. Chu angladiki borur ixtiyor ilgimdin, Kulub qadah kebi lutf ayladiyu qo‘ydi itob. Qadahni ichtiyu yuz loba birla tutti manga Ki, aning ichkani-o‘q qildi meni masti xarob. Chu soqiy etti qadah ko‘zgusida jilvayi husn, Ne ayb oshiqi mayxora ko‘ngli bo‘lsa yabob. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 38 Navoiy vasl bihishtida shukr qil bu nafas Ki, yana chekmagasen hajr do‘zaxida azob. 45 Yuz so‘zumdin biriga bermas javob ul no‘shlab, Og‘zini yo‘qtur desam voqi’ki, hech ermas ajab. Nuqtayi xoling nedin shirin labing ustidadur, Nuqta chun ostin bo‘lur har qaydakim yozilsa lab. Vasl ne yanglig‘ muyassar bo‘lg‘usidur, chun erur Dilbarim nozuk mizoju men bag‘oyat beadab. Tar quyosh derlar yuzungni garm bo‘lub chekma tiyg‘, Elga jurme yo‘q, inar chun osmondin har laqab. La’ling olsa choklik bemor ko‘nglumni ne tong Ey malohat naxli, chunkim xastasiz bo‘lmas rutab. Zindadil Majnunning o‘lmish ko‘ngli chun Laylog‘a hay, Bas ne osig‘ ani haydin qovlamog‘lig‘, ey arab. Tolib ulkim topmasang dag‘i bu baskim, aylamas Bir nafas g‘ofil seni matlub yodidin talab. Qahr barqi birla rahmat yomg‘uri gar buyladur, Emin ermas Bul’alo, navmid emastur Bulahab. Gar navo topsa Navoiy lablaringning zikridin, Tong emastur, chun mudom afzun bo‘lur maydin tarab. 46 Subhi davlat yuzung, ey tavsani gardun sanga ashhab, Boshing ustidagi dur uylaki, tong boshida kavkab. Poymol etkan uchun markabi javlonda boshimni Uzr uchun qildim aning na’lini yuz birla muzahhab. Mehr turkin qilibon past, falak raxshidin o‘tti, Olloh-olloh, bu ne rokibdururu, vah, bu ne markab. Ne qatig‘ holki, hajring kechasi ting‘ali qo‘ymas, Yer elin ashk ila anduh, ko‘k elin na’ravu yo rab. Iti mehmonlig‘ uchun emdi qadam qo‘ysa bo‘lurkim, Ko‘ngul o‘t qildi muhayyovu bag‘ir tu’ma murattab. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling