Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
Shimib yutsam gahe hayvon suyidek zavqdin ko‘rgach,
Tarashshuh bodadin gul yafrog‘i yanglig‘ dudog‘inda. 
Gahe ko‘z surtarimda, yo‘qsa har yon shodlig‘ ashkim,
Gul uzra qatra shabnamlar kebi siymin saqog‘inda. 
Gahe bexudlug‘umdin seskanib tutsam adab rasmi
Beliga chirmashurda shavqning ifroti chog‘inda. 
Ne kelsa tongla kelsun, bir tun usruk yotsa ham xushtur
Kishi gul chog‘i bir gul xirmanin tortib quchog‘inda. 
Qachon davron manga bir buyla ishratni ravo ko‘rgay
Ki, o‘rgatmish meni o‘rtarga hijron dardu dog‘inda. 
Navoiy, sen kimu ishrat mayi bilmasmusenkim, it
Agar qon ichsa ham boshi keraktur o‘z yalog‘inda. 
29 
Yor tutar ko‘nglumda gardundin judo bo‘lg‘an balo,
Jondadur devona ko‘nglumdin xato bo‘lg‘an balo. 
Istamankim, ishq mendin o‘zgani qilg‘ay asir,
Hech kishiga bo‘lmasun, yo rab, manga bo‘lg‘an balo. 
Shod yuzlanmang balolar bizgakim bo‘lmas xalos, 
Bu ko‘ngul zindoni ichra mubtalo bo‘lg‘an balo. 
Vaslida rashk o‘lturur, hajrida — g‘am, vahkim, manga
Vasl aro bo‘lg‘an balodur hajr aro bo‘lg‘an balo. 
O‘ltururlar hamdaming bo‘lsam, o‘larmen, bo‘lmasam,
Bo‘lmag‘an, jono, sening birla balo, bo‘lg‘an balo. 
Nosiho, oshiqlig‘imni man’ qilding, bilmading
Kim, nasihat birla daf’ o‘lmas qazo bo‘lg‘an balo. 
Chun balosiz kom yo‘q topmas baqo komin magar
Kimki, ani o‘rtamas oti fano bo‘lg‘an balo. 
Ey Navoiy, toki bordi yor, bildim hajr emish
Shiddat ichra har baliyatdin sivo bo‘lg‘an balo. 
30 
Xil’atin aylabmudur ul sho‘xi siyminbar qaro,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
Tun savodi birla kiygandek mahi anvar qaro. 
Ul pariy hindusimen men telbakim, uryon tanim
Tifllar toshidin iynak bo‘ldi sartosar qaro. 
Ashkdek oqti qora su ko‘zlarimdin hajrida, 
Tong yo‘q idborim chu bo‘lmishdur manga axtar qaro. 
Kosh o‘yub yoqsang qora bo‘lg‘an ko‘zumning mardumin,
Xoli maygunungni qilg‘ancha qo‘yub anbar qaro. 
Ishq raf’ o‘lg‘ach ko‘ngulga yo‘qturur juz tiyralik,
Ul sifatkim shu’lasi o‘chkach bo‘lur axgar qaro. 
G‘ayrdin qilg‘il zamiring safhasin pok, ey faqih,
Tobakay qilmoq firebu makr ila daftar qaro. 
Dudi ohidin qora ermas Navoiy kulbasi 
Kim, qiliptur xonumonin bir pariypaykar qaro. 
31 
Ham ramad tekkan ko‘zungga chashmi bedorim fido,
Ham uchuq chiqqan labingg‘a joni afgorim fido. 
Ashkkim, andin tomar, giryon ko‘z aning sadqasi,
Qong‘akim mundin chiqar bu chashmi xunborim fido. 
Ul ko‘zu bu labg‘a umrum bog‘u gulzorindag‘i
Nargisu gul bargi, yo‘qkim, bog‘u gulzorim fido. 
Ko‘zu og‘zingdin ketarga boru yo‘q oshubu ranj
Sabru ishqim sadqa, ya’nikim, yo‘qu borim fido. 
Gar ko‘ngul ohu ko‘zung ollida loyiq bo‘lmasa,
Itlaringga bo‘lsun, ey sho‘xi sitamgorim, fido. 
Jon agar shirin labingg‘a o‘lgali darxo‘r emas,
Aylay alfozing uchun, ey talx guftorim, fido. 
O‘zlugumning qaydidin bir may bila qilding xalos,
Vah ne dey, ey mug‘, sanga but birla zunnorim fido. 
Boda mir’otida shohid aksi zohir bo‘lmadi,
Bodavu shohidqa bo‘lmay naqd pindorim fido. 
Ey Navoiy, demakim jonu ko‘ngulni naylading,
Ayladim javlon qilib chiqqanda dildorim fido. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling