Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
Chun o‘tub ishq ahlidin oshubi sabru fahm o‘lub, 
Chun yetib zuhd ahlig‘a toroji aqlu din solib. 
El sarikim yuzlanib qindin chiqarib tiyg‘i kin,
Chun manga markab surub boshimg‘a tiyg‘i kin solib. 
Bu sarig‘ ruxsora birla qon yoshimdin yod qil,
Ichsang oltun jom ichinda bodayi rangin solib. 
Sensizin, ey umr, chun mumkin emas oromu sabr,
Borma hardam bizni mundog‘ bedilu g‘amgin solib. 
Har tarafkim, gom urub yuz porso yo‘lin urub,
Har qayonkim, ko‘z solib yag‘movu qatl oyin solib. 
Bog‘i husnungkim gul ochti rang-rang, ey mug‘bacha,
Go‘yi ichting mayg‘a bargi lolau nasrin solib. 
Shar’siz xoshok aro xashxoshdekdur, ey hakim,
Ko‘kka chiqsang jaybing ichra subhayi parvin solib. 
Dardu g‘am qolib, Navoiy joni chiqti oqibat,
Hajr elindin xonumonin bordi ul miskin solib. 
55 
Xanjaring jonimg‘a yetti ko‘kragimga sanchilib,
Novaking yonimg‘a o‘lturdi iyodatqa kelib. 
Kirib o‘tgan o‘qlaring jon pardasin resh etgali
Safhadekturkim qirilg‘ay sahv xatlar yozilib. 
Yugurur har kirpikimga ortilib bir qatra yosh,
Sho‘x yoshlardekki o‘ynarlar chubuq markab qilib. 
Ushbu hijron kechasin tush ko‘rsam erdi nogahon, 
O‘lgay erdim vahmdin, albatta, zahram yorilib. 
Na’lim ichra dog‘ uchun qo‘yg‘an fatila dud ila, 
Dard o‘chog‘inda tutaydur anda o‘ti yoqilib. 
Ul quyosh birla borur el soyadek, men xoksor, 
Vahki, qolurmen izining tufrog‘idek ayrilib. 
Sirri vahdat chun fano dayrida sig‘mas lafz aro, 
Nevchun oyo xonaqah ichra tuganmas aytilib. 
Nuktayi tavhidni bilgan qila olmas bayon 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
Kim, bayon qildim desa bilgilki qilmaydur bilib. 
Ey Navoiy, mayda soqiy la’lidin ermish furug‘,
Kayfiyatni chunki fahm etting netarsen oyilib. 
56 
So‘zi hajring ichra har dam za’flig‘ jismim yonib,
O‘tqa tushgan qil masalliq o‘rtanurmen to‘lg‘anib. 
Ochqil o‘tlug‘ orazing, ey sham’kim, parvonadek
O‘rtanay boshing uza bir necha qatla aylanib. 
Solg‘asen olamg‘a o‘t, gar gul sovug‘i tobidin
G‘unchadek gulshang‘a chiqsang hullalarg‘a chirmanib. 
Biym erurkim, ofarinishdin chiqarg‘aysen damor,
Bazmdin usruk chiqib maydong‘a chopsang otlanib. 
Yor ila xo‘y aylagan ko‘nglum erur ul nav’ qush
Kim, kishidin ayrila olmas kichikdin o‘rganib. 
Moldin umrungg‘a osoyish agar yetmas ne sud,
Nuh umrin hosil etsang, ganji Qorun qozg‘anib. 
Qabrim uzra qo‘yg‘asiz tosheki, za’f ayyomida
Ul pariy ko‘yida yotmishmen boshimg‘a yastanib. 
Ey Navoiy, tushta gar ko‘rmak ani mumkin esa,
Barcha gar xud so‘ngg‘i uyqudur, netarsen uyg‘anib. 
57 
Xasta jonim za’fin angla, ko‘nglum afg‘onin ko‘rub,
So‘rma ko‘nglum yarasin, fahm et ko‘zum qonin ko‘rub. 
Vaslida la’li uza xolin ko‘rub kuygan kebi,
O‘rtanurmen jonda emdi dog‘i hijronin ko‘rub. 
Vodiyi sabrim dag‘i xoru xasak qildim gumon,
Ko‘nglum atrofida haryon no‘gi paykonin ko‘rub. 
Angladim qilmish ko‘zi olg‘an ko‘ngul saydig‘a qasd,
Har tarafdin charga tuzgan xayli mujgonin ko‘rub. 
Yeru ko‘kta istabon paydo emas Xizru Masih,
Qochtilar go‘yo dudog‘ing obi hayvonin ko‘rub. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling