Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
17 Qamar yorub jamolingdin, emas na’ting qamarsiymo. Yuzungdin anjum, anjumdin quyosh nur iktisob aylab Aningdekkim, quyoshdin oyu oydin qiyrgun g‘abro. Falak vodiylari qat’ig‘a azming chun surub markab, Xirad paykiga ham avval qadamda ranj o‘lub paydo. Rafiqing toyir andoqkim Sulaymon ollida hudhud, Buroqing soyir anjum shohi ustinda sipehroso. Qilib bu sayr aro ma’shuq vasli ko‘yida manzil, Tilab sargashta ushshoqig‘a ham rahmat uyin ma’vo. Navoiy xush ko‘rar olamni oting zikridin, yo‘qsa, Anga do‘zax aro o‘tdekdurur dunyovu mo fiho. 8 Har gadokim, bo‘ryoyi faqr erur kisvat anga, Saltanat zarbaftidin hojat emas xil’at anga. Kim fano tufrog‘ig‘a yotib qo‘yar tosh uzra bosh, Taxt uza ermas muzahhab muttako hojat anga. Shah yurub olam ochar, darvesh olamdin qochar; Ham o‘zung insof bergilkim, bu ne nisbat anga Har ne, shah maqsudidur, darveshning mardudidur! Ko‘r ne himmatdur munga, ne nav’ erur holat anga. Faqr ko‘yi tufrog‘in shah mulkiga bermas faqir, Mulk ko‘rkim, teng emas tufrog‘ ila qiymat anga. Shah sipah cheksa, faqir ahvolig‘a yetmas futur, Bu vale chekkach nafas, barbod o‘lur hashmat anga. Shah emastur bir nafas osuda do‘zax vahmidin, Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga. Shahg‘a sidq ahli damidin mash’ali davlat yorur, Mehrdekkim, subh anfosi ochar tal’at anga. Shohg‘a shahlig‘ musallamdur, agar bo‘lg‘ay mudom, Shohlig‘ tarkin qilib, darvesh o‘lur niyyat anga. Mumkin ermas shahlar ichra buyla niyatlig‘, magar Shohi G‘oziykim, muyassar bo‘ldi bu davlat anga. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 18 Shohlar darveshiyu darveshlar shohiki, bor Shohlig‘ suvrat anga, darveshlik siyrat anga. To shahu darvesh bo‘lg‘ay aylagil, yo rab, ayon, Shohdin xidmat munga, darveshdin himmat anga. Gar Navoiy so‘z uzatti faqrdin ermas demang, Bo‘lmag‘uncha hukm shahdin qayda bu jur’at anga?! 9 Ul parivashkim, bo‘lubmen zoru sargardon anga, Ishqidin olam menga hayronu men hayron anga. O‘qlaringdin dambadam taskin topar ko‘nglum o‘ti, Bordurur bir qatra su go‘yoki har paykon anga. Bir dilovardur ko‘ngulkim, g‘am sipohi qalbida, Ohi novak, toza dog‘idur qizil qalqon anga. Novakining parru paykonida rangin tus erur Yoki ko‘nglumdin chu parron o‘tti yuqmish qon anga. Nomai shavqum ne nav’ ul oyg‘a yetkay, chunki men El otin o‘qur hasaddin yozmadim unvon anga. Xizri xattingning ajab yo‘q sabzu xurram bo‘lmog‘i, Labbalab chunkim berur su chashmayi hayvon anga. Ey xusho, mug‘ ko‘yikim, rif’at bila ziynatda bor Mehr anga bir shamsavu ko‘k toqidur ayvon anga. Istamish bulbul vafo guldin magarkim joladin Bag‘ri qotmish g‘unchaning, baskim erur xandon anga. Qilmamish jonin fido jonong‘a yetmas der emish, Ey Navoiy, ushbu so‘z birla fido yuz jon anga 10 Sinsa ko‘nglumda o‘qung surtub isig‘ qondin anga, Pay masallik chirmag‘aymen rishtayi jondin anga. Bodayi la’ling mizoji ruhparvardur base, Go‘yiyo mamzuj etibsen obi hayvondin anga. O‘qi ko‘nglum shu’lasin gah sokin etti, goh tez, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling