Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
Ushshoq aro, yo rabki, Navoiyg‘a maqome 
Bergilki, sening hamdinga bo‘lsun tili go‘yo. 
4 
Ey hamd o‘lub mahol fasohat bilan sanga,
Andoqki, qurb taqvovu toat bilan sanga. 
Topmoq ajib fikru tahayyul bila seni,
Yetmak mahol aqlu farosat bilan sanga. 
Chun koyinot zubdasi ojiz ko‘rub o‘zin,
Hamd ayta olmas oncha balog‘at bilan sanga. 
Izhori ajz bizdin adab tarkidur, base
Yuz ming qusuru nuqsu kasofat bilan sanga. 
Har tiyra ro‘zgorki, vaslingg‘a yo‘l topib
Sendin, yetib charog‘i hidoyat bilan sanga. 
Lutfung rafiqim o‘lmasa ne hadki yetkamen
Boshdin ayog‘ gunohu zalolat bilan sanga. 
Lutf aylagilki mumkin emas qilmasang qabul,
Yetmak tamomi umr ibodat bilan sanga. 
Chun sendin o‘zga yo‘q panahim qochmayin netay
Jurmu gunahdin ohu nadomat bilan sanga. 
Isyoni ko‘p Navoiyningu yo‘q uyotikim,
Istar yetishsa muncha xijolat bilan sanga. 
5 
Iloho, podshoho, kirdigoro,
Sanga ochug‘ nihonu oshkoro. 
Sabur ismi bila qilsang tajalliy,
Qilib Namrudg‘a yuz ming mudoro. 
Qachonkim zohir etsang «tanzi’-ul-mulk»,
Sikandarning bo‘lub mag‘lubi Doro. 
Yo‘lung muhlik toshi yoquti ahmar,
Eshiging tiyra gardi mushki soro. 
Suho bo‘lsa shabistoningda toli’,
Bo‘lub nuri quyoshdek olamoro. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
Navoiy nafs zulmotig‘a qolmish, 
Sen o‘lmay Xizri rah chiqmoq ne, yoro?! 
Qiyomatda gunohin afv etarga
Rasulingni shafi’ et, kirdgoro. 
6 
Ey, nubuvvat xaylig‘a xotam baniy Odam aro,
Gar alar xotam, sen ul otkim, erur xotam aro. 
Yuz eshiging tufrog‘ig‘a surta olg‘aymenmu deb,
Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro. 
Anjum ichra orazing me’roj shomi uylakim,
Tushsa durri shabcharog‘e har taraf shabnam aro. 
Ne uchun kiymish qora haryon solib jaybig‘a chok,
Furqatingdin Ka’ba gar qolmaydurur motam aro
Sof ko‘nglida yuzung mehrini go‘yo asramish,
Tush chog‘i har kun quyosh aksi emas Zamzam aro. 
Mash’ale bo‘lmish malak ilgida ravzang boshig‘a,
Oy charog‘i kechalar bu nilgun toram aro. 
Qum emas Bathodakim, mehri jamoling hajridin 
Zarra-zarra jismi bir-birdin to‘kuldi g‘am aro 
Yo‘l emas, Yasribda yirtibdur yuzin tirnog‘ ila
Maqdaming to yetmadi ul vodiyi xurram aro. 
Itlaring maxsusu mahzundur Navoiy, koshki
Kirsa bu mahrum ham ul zumrayi mahram aro. 
7 
Zihe javlongahing aflok uza maydoni «av adno»,
Buroqingg‘a to‘quz gunbad bu to‘qquz gunbadi xazro. 
Qilib chun xay gulobi mayl na’layning, bo‘lub andin
Malak ra’nolarining jabhasig‘a charx sandalso. 
Esib rahmat nasimi chun damodam sunbulung sari,
Bo‘lub ruhoniylar jaybi labolab anbari soro. 
Falak qolib buroqingdin, emas vasfi falaksur’at,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling