Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


KOF HARFINING KOFIRLARINING KAMOLI «G‘AROYIB»DIN


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

KOF HARFINING KOFIRLARINING KAMOLI «G‘AROYIB»DIN 
322 
Ey, deb sifatingda ahli idrok,
Lav loqa la-mo xalaqt-ul-aflok. 
Aflok nechukki xoki rohing
Ul yo‘ldaki, ojiz o‘ldi idrok. 
Desam aflok erur tufayling
Basdur guvahim hadisi «lav lok». 
Tubiy bila shoxi sidra keldi,
Qadring chamanida ikki xoshok. 
Kim tutsa shafoating umidi,
Bebokligidin anga ne bok. 
Chun shomi urush qaytting bot,
Subh etti yoqani g‘ussadin chok. 
Vasfingda ne aytqay Navoiy,
Juz ajz ila uzri mo arafnok. 
323 
Vah, nedur maydonda har yon azmi javlon aylamak,
Bizga yetkach o‘zga yon ohangi maydon aylamak. 
Zulfdin chavgon chekib el boshini go‘y etkali,
Ko‘z yoshimni go‘ydek har sari g‘alton aylamak. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
186
Qon aro jismim bo‘yab, dersenki, ishqim tarkin et,
Bu ekin olamda kofirni musulmon aylamak. 
Tan g‘uborinda yoshurdum dog‘i ishqinkim, emas
Ayb muflisdin diram tufroqqa pinhon aylamak. 
Ko‘kta gar anjum emas ohim o‘qining yarasi
Shomlar nedur shafaqdin ko‘nglakin qon aylamak. 
Charx sidq ahlin g‘amin istarki, bo‘lmish subh ishi
Ashkdin kavkab sochib choki giribon aylamak. 
Gar Navoiy jismini ishq istamas toshdin figor,
Bas nedur ani junun ko‘yida uryon aylamak. 
324 
Ishq aro vasling tilab hajringda bo‘ldum dardnok
Xasta yanglig‘kim, hayot ummididin bo‘lg‘ay halok. 
Yo‘q ajab gar ul quyosh navqangg‘a boqmas, ey ko‘ngul,
O‘tqa ne g‘am garchi kuygan nola aylar dardnok. 
Tekkanin yetkach ochar paykoni ko‘ksum chokining,
Ul kalid o‘lmish, ajal darvozasi go‘yo bu chok. 
Aylar erduk pok ishq o‘tig‘a kuymak orzu, 
Shukr lillah oqibat kuydurdi ishqing bizni pok. 
Soldi may ul hur shavqin ko‘ngluma, ey bog‘bon,
Berding o‘xshar parvarish kavsar ziloli birla tok. 
Ishq aro do‘zaxdin, ey nosih, meni qo‘rqutmakim,
Hajr o‘tin ko‘rgan samandarg‘a sharardin qayda bok. 
To taning avji hayot ustidadur sen xok bo‘l,
Istasangkim avj tutqaysen taning bo‘lg‘anda xok. 
Ey Navoiy, shomi g‘amdin ayru yo‘qtur subhi vasl,
Oq erur, lekin qorartur har neni rang etsa zog. 
325 
Kelgusi ul sarvi siyminbar guli serobdek 
Kim, tanimda har zamon titrar ko‘ngul siymobdek. 
Vah, ne yanglig‘ axtari sa’d erdikim qilg‘ach tulu’


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling