Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
QOF HARFINING QIYoMATLARINING QIRONI «G‘AROYIB»DIN
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
QOF HARFINING QIYoMATLARINING QIRONI «G‘AROYIB»DIN
309 Zihe azalda karam aylabon sanga xalloq, Karim xilqat ichinda makorimi axloq. Sipehr gunbadini ravshan etkali zoting, Charog‘ o‘lub, anga qandil arsayi ofoq. Nujum ko‘zlarini gardi markabing yorutub, Gaheki sekritibon charx sohatida Buroq. Rikobing o‘pmagining orzusida oyu kun Berib Buroqing uchun o‘zlariga shakli chanoq. Hilolu mehru shihob o‘ldi na’lu dog‘u alif, Falakka bo‘lg‘ali sendin nasib dardi firoq. Sipehr har kecha yuz ming ko‘zin nedin yummas, Visolingga yana bir kecha gar emas mushtoq. Maqominga yetayin deb Navoiy aylar sayr, Gahe Ajam bila Nerez, gahe Hijozu Iroq. 310 Yordin ayru ko‘ngul mulkedurur sultoni yo‘q, Mulkkim sultoni yo‘q, jismedururkim, joni yo‘q. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 179 Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul Bir qora tufrog‘dekdurkim, gulu rayhoni yo‘q. Bir qora tufrog‘kim, yo‘qtur gulu rayhon anga, Ul qorong‘u kechadekdurkim, mahi toboni yo‘q. Ul qorong‘u kechakim yo‘qtur mahi tobon anga, Zulmatedurkim, aning sarchashmai hayvoni yo‘q. Zulmatekim, chashmayi hayvoni aning bo‘lmag‘ay Do‘zaxedurkim, yonida ravzai rizvoni yo‘q. Do‘zaxekim ravzayi rizvondin o‘lg‘ay noumid, Bir xumoredurki, anda mastlig‘ imkoni yo‘q. Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor Hajrdin dardiyu lekin vasldin darmoni yo‘q. 311 Bo‘lmas ermish dilrabolar ahdi mahkam, ey rafiq, Gar kishi derkim, bo‘lur, tutma musallam, ey rafiq! Har pariyzodeki o‘z majnunig‘a qilmish vafo, Bilki, andindurki, ermas nasli odam, ey rafiq! Mohvashlar shomi zulfi ne uchun oshuftadur, Tutmamish bo‘lsa vafo ahlig‘a motam, ey rafiq! Dard muhlik umrning ta’jili ko‘p, joning uchun Kim, Masihimni ketur boshimg‘a bir dam, ey rafiq! Qo‘ydi bir o‘tlug‘ fatila dog‘ uchun har g‘unchadin, Charx to gulshanni ko‘rdi sabzu xurram, ey rafiq! Gul emas gulbunda qonlig‘ dog‘ erurkim, nastaran Tevruk aylaptur momuq qo‘ymoqg‘a marham, ey rafiq! Bu munaqqash saqf tarixi yozig‘liq chun emas, Ko‘p mashaqqat chektim, ammo qoldi mubham, ey rafiq! Men xud ettim azm mug‘ ko‘yida rasvo bo‘lg‘ali, So‘z eshit, albatta, mendin qolma sen ham, ey rafiq! Ich dag‘i tutqil Navoiyg‘a qadahkim, arzimas Bir nafas hushyor bo‘lmog‘lig‘qa olam, ey rafiq! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling