Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
175
Cheksa olamni olur shohi falak miqdor tiyg‘. 
FYe HARFINING FITNALARINING FUSUNI «G‘AROYIB»DIN 
303 
Kechti umrum naqdi g‘aflat birla nodonlig‘da hayf,
Qolg‘ani sarf o‘ldi anduhu pushaymonlig‘da hayf. 
Jong‘a bir dushvorlig‘ qo‘ymay riyozat ranjidin,
Sarf bo‘ldi naqdi avqotim tan osonlig‘da hayf. 
Bog‘ladim paymonadin paymon, fig‘onkim, aqlu din
Bo‘ldi bu paymonavu ul sustpaymonlig‘da hayf. 
Ey musulmonlar, bilingkim, bo‘ldi umrum hosili
Nafsi kofir fitnasidin nomusulmonlig‘da hayf. 
Hayfkim, naf’ aylamas har nechakim tortib ilik,
Desam o‘z ahvolima bu nav’ hayronlig‘da hayf. 
Andoq ish qilkim, pushaymon bo‘lmag‘aysenkim, emas
Hech osig‘ chun ish xato bo‘ldi pushaymonlig‘da hayf. 
Har ne o‘tkan so‘zlarim chindur desam yolg‘on erur,
Chin budurkim, degamen umr o‘tti yolg‘onlig‘da hayf. 
Chun yengilrakdur hisob o‘lg‘anda sultondin gado,
Hayfkim, bo‘lg‘ay gado avqoti sultonlig‘da hayf. 
Ey Navoiy, voqif erman xalqdin, bori mening
Kechti umrum naqdi g‘aflat birla nodonlig‘da hayf. 
304 
Zor jismimda qiliching zaxmi har yon muxtalif,
Har biridur sarf qadding hasratidan bir alif. 
Tol niholida emas yafrog‘ki tillar tortibon,
Sarvi ozodim uchun quluqqa bo‘lmish mu’tarif. 
Qoshu ko‘zin ko‘rgali, ey shayx, bildim, makri bor
Har siyahpo‘sheki mehrob ichra bo‘lg‘ay mu’takif. 
Anbarin xat birla ul yuz bo‘ldi olam ofati,
Olam ofatsiz emas xurshid bo‘lg‘ach munkasif. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
176
Soqiyo, ul kavsaroso bodadin bir jur’a tut 
Kim, meni hayrong‘a bo‘lg‘ay kashf sirri lav kushif. 
Bodayi maqsud jomi zavqidin tab’im yuzin,
Vah, necha doyim xumori jahl tutqay munxasif. 
Jon berib olsang, Navoiy, bok emas ul bodadin
Kim, erur yuhiyl-izom avsofi birla muttasif. 
305 
Yashurun g‘amzang qilichikim qilur ko‘ksum shikof,
Buki, maxfiydur, anga go‘yo qoshing bo‘lmish g‘ilof. 
Qoshlaring ne saf chekib bo‘lmish qorovul kirpiking
Kim, ko‘ngul sultoni xaylig‘a emas hojat masof. 
Mehr anglab oshiq o‘ldum so‘ngra yetsa ko‘hi g‘am,
Ne ajab ishq ibtidosi «ayn» erur, poyoni «qof». 
Qoshi ko‘nglum o‘g‘risidur roki’ o‘lmog‘lig‘ ne sud,
O‘g‘ri bosh solg‘ach quyi bordur dalili e’tirof. 
Ishq aro Majnunni der ba’zi fuzun, ba’zi meni,
Lek holim anglag‘an topmas mahalli ixtilof. 
Bo‘l safo ahlig‘a hamdam, yor vaslin istasang,
Aksini solg‘aymu soqiy bo‘lmag‘uncha boda sof. 
Ey Navoiy, gar qilur ko‘nglung haram tavfini qasd,
Qat’ etib dashti fano maqsad harimin qil tavof. 
306 
Ko‘rguzur hijron hurufi nuqtasin jon har taraf,
Sensizin ya’niki qo‘ymish dag‘i hijron har taraf. 
Uyla shiddat birla charx aylar meni sargashtakim
Zaxm ko‘p tandin yog‘ar shudrun kebi qon har taraf. 
Ko‘nglum ahvolin ne deykim, sharhig‘a bir tildurur
Ko‘kragimdin bosh chiqarg‘an no‘gi paykon har taraf. 
Tashladim yetkach junun xayli tuganlar taxtasin,
Ya’ni ochtim mehmonlar ollida xon har taraf. 
Ashk qonlig‘ ko‘zni eltur uylakim, su lolani,
Bo‘lmasa yo‘linda moni’ xori mujgon har taraf. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling