Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
169 Labingdin elni tirguzmak meni o‘lturdi filvoqi’. Chu tiyg‘ing kirdi qonimg‘a farah bo‘ldi manga afzun, Nechukkim mayg‘a su mamzuj o‘lur ko‘prak bo‘lur nofi’. Labingg‘a jon bo‘lur moyil, tanim xoki rahing bo‘lsa, Ajab ermas bo‘lur chun barcha ashyo aslig‘a roji’. Nechuk zunnor bog‘lab boda ichmay, ey musulmonlar Ki, piri dayr har ishkim qilur bormen anga tobi’. Navoiy faqr ko‘yida taalluq kufri mahz ermish, Bir Olloh do‘stdin nekim, nasibing bo‘lsa, bo‘l qoni’. 292 Dog‘ uza dog‘din ovora ko‘nguldur zoyi’, Ne qora kunlar anga voqi’ erur filvoqi’. Tiyrboroni g‘aming qildi zirih jismimni, Gar zirih bu esa ko‘p bo‘lg‘usi o‘qdin moni’. Hajr o‘ti dudi ko‘zumdin ne ajab to‘ksa sirishk, Chunki, tun xaylig‘a anjum sipahidur tobi’. La’li shavqida sarig‘ yuzni yashurdi qon yosh, Garchi safrog‘a chuchuk sharbat emastur dofi’. O‘rtanur ishqida parvona, chekar un bulbul, Ul guli sham’jabin ishqida menmen jomi’. El nasibi chu azal qismatida topti raqam, Senki sa’y ortuq etarsen nechuk o‘lg‘ay nofi’. Ul quyosh har kishiga toli’ erur, vah netayin Kim, Navoiyg‘a bu nav’ o‘lmadi bir kun toli’. 293 Vasl shomi xilvatimda yoqsalar nogoh sham’, Rashkdin jonimni gohe soya o‘rtar, gohe sham’. Ravshan etsa uyni dilxohim, yorutmang sham’kim, Sham’i bazmim bo‘ldi chun dilxoh, emas, dilxoh sham’. Urmasun ko‘p lof kuymakdinki, hijron tunlari To‘zmas erdi ollida tortay desam bir oh sham’. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 170 Rishtayi joni kuyar ashki oqib, jismi erib, Tiyra shomim zulmidin bo‘lmish magar ogoh sham’. Ohim andoq tiyra qildi ko‘knikim, topmas o‘zin, Gar quyoshdin yoqmasa Isoyi Ruhulloh sham’. Topsa hirmon zulmati ichra ne tong hayvon suyin Kimgakim, bo‘lsa hidoyat nuridin hamroh sham’. Hajr aro istar jamoling ham Navoiy, ham ko‘ngul Kim, tilarlar tiyra tunlarda gadovu shoh sham’. 294 Yuziga ko‘zguni har dam qilur ul siymbar moni’, Aningdekkim quyosh ruxsorig‘a bo‘lg‘ay qamar moni’. Jahonni ul quyoshning barqi husni o‘rtagay erdi, Garonsiz bahri ashkim bo‘lmasa erdi agar moni’. Quruq jismimni g‘am tiyg‘idin asrar dard ila shavqung Yig‘ochqa kesmagidin uylakim bo‘lg‘ay samar moni’. Qabul etman qanot egnim uza chiqsa og‘ir debkim, Yo‘lungda barqdek po‘yamg‘a bo‘lg‘ay bolu par moni’. Ko‘zum uzra hubobi ashk ul yuz moni’ ermas, Biaynih shishadekkim, bo‘lmas aylarga nazar moni’. Dema zohidki, taqvog‘a ne moni’durki, bordurlar Shabobu bodavu ishqu jununum sarbasar moni’. Og‘iz birla qadu qoshu ko‘zung zuhdumg‘a qo‘ymaslar, Nechuk qilg‘ay kishi bir ishki, bo‘lg‘ay bu qadar moni’. Ko‘ngul baytulharomi tavfig‘a moni’ xavotirdur, Safarg‘a Ka’ba sari uylakim bo‘lg‘ay xatar moni’. Navoiy jonig‘a tan garde ermish moni’i maqsud, Nasimi vasl eskach fayz bog‘idin ketar moni’. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling