Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com kutubxonasi
166
Masihoyin agar
minbarda zohir qilsa dam voiz,
Nabiy o‘rnig‘a urmoq behayolig‘dur qadam voiz.
Aning bu jur’atig‘a bo‘lmag‘an bo‘lsa junun bois,
Nedin solib oyog‘ ilgin chekar un dam-badam voiz.
Oyog‘ minbarg‘a qoqib aylamak dastorin oshufta,
Nedur gar zarqi mahz ermasdurur sar to qadam voiz.
Agar jomi g‘urur
ichmakka majlis tutmamish, nevchun
Nazoyirxon ila o‘z lahnin aylar zeru bam voiz.
Maloda qichqirib may man’in elga aylamak ne sud,
Erur chun xilvat ichra may icharga muttaham voiz.
Karam targ‘ibi aylar majlis ahlig‘a fig‘on aylab
Ribo
vajhini eldin olmasa, aylar karam voiz.
Magarkim osmonning zinasi bo‘ldi anga minbar
Ki, anda chiqqan o‘z g‘ayri gumon aylar adam voiz.
Qadah ol dayr piridinki,
bu dayri fano ichra
Qilurlar zarq yaxshi anglasang ham shayxu ham voiz.
Navoiy tong emas bu va’zdin mayxonag‘a borsa
Ki, shod etkay o‘zinkim, ko‘p anga yetkurdi g‘am voiz.
287
Bu nag‘ma erdimu yo‘q ersa ofat,
ey hofiz
Ki, bazm ahlig‘a solding qiyomat, ey hofiz.
Ulustin oldi unung hush, sen salomat bo‘l,
Gar
itti elga tariqi salomat, ey hofiz.
Nechaki nag‘mang erur mustaqimu lahning tuz,
Valek eldin olur istiqomat, ey hofiz.
Ne hush mulkida
topqay iqomat ulki dame,
O‘qurda topsa yoningda iqomat, ey hofiz.
Magar Masih ila Dovudsen nafas bilakim
Hayotu
mavt erur ul alomat, ey hofiz.
Qilib tilovat islom eliga qasd etma
Ki, tengri ollida topqung nadomat, ey hofiz.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com kutubxonasi
167
Magarki
Hofizi Sheroz senki, bir sog‘ar
Tutub Navoiyg‘a qilding karomat, ey hofiz.
Do'stlaringiz bilan baham: